She’riy san’atlar


Download 443.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana07.03.2023
Hajmi443.97 Kb.
#1244393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
she\'riy san\'at

IRSOLI MASAL.She'rda maqol, matal, hikmatli so'zlarni muayyan 
maqsad bilan ishlatish usuliga irsoli masal (ar."masal keltirmoq", 
"maqol kiritish") deyiladi. 
Misollar: Ayoqingga tushar har lahza gisu
Masaldurkim: "Charog' tubi qarong'u" 
ISTIORA  
Istiora arabcha so‘z bo‘lib, «qarz olish» ma’nosida keladi. Istiora ikki 
narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqli 
ravishda, o‘xshatish vositasi va o‘xshatish sababi qo‘llanmaydi.
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.(Atoyi)
«La’l» tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh ayni paytda, yor 
labidan chiqadigan iliq so‘zni ham anglatadi. Yorning labi qon kabi 
qip-qizil bo‘lgani uchun ham la’lga o‘xshatiladi. U ko‘chma ma’noda 
so‘zni ham anglatadi. Modomiki, la’l qimmatbaho tosh ekan, u so‘zni 
anglatganida nihoyatda mo‘tabar va qadrli so‘z nazarda tutiladi. 
Demak, bu yerda o‘zi ishlatilmagani holda so‘zning inson ko‘ngli 
uchun naqadar aziz va qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda. Matnda lirik 
qahramon ayni mana shunday noyob va nodir qadr-qimmatga mushtoq 
kishi sifatida ko‘rsatilgan. La’l – oshiq uchun kutilgan so‘zning 
qayerga ketib qolganini hech kim bilmaydi. Ehtimolki, «so‘z»ning 
o‘zi qo‘llanganida bayt bunchalik ta’sirli va yoqimli bo‘lmagan bo‘lar 
edi.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
Ushbu baytdagi istora «sarvi ozod» birikmasi orqali aks etgan. U yor 
qaddini, qomatini nazarda tutadi. Mazkur ifoda yor qaddining 
go‘zalligini, o‘ziga yarashib turishini to‘la va ta’sirchan ifoda etishi 
bilan kitobxon uchun ham manzur va ma’qul bo‘laveradi.
Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo‘llangan istiora yanada 
go‘zal va ta’sirchandir:
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.
Aslida, bu baytda bir necha istioralarning ketma-ket qo‘llanganini 
kuzatishimiz mumkin: «oy», «muhabbat tuxmi», «o‘t» so‘zlari shu 
vazifani bajarib kelgan. Oy – yuzi oyga o‘xshaydigan yor timsoli. 
Faqat o‘xshatish qo‘shimchalari bo‘lmagani uchun u dabdurustdan 
tushunilmasligi mumkin. Ammo «oy»ning osmon jismi emas, balki 
insonni, alohida shaxsni anglatib kelayotgani sezilib turibdi. Shuning 
uchun adabiyotshunoslar istiorani qisqartirilgan o‘xshatish deb ham 
aytishadi. «Muhabbat tuxmi» «muhabbat» degan abstrakt ot bilan 
«tuxum» («urug‘ donasi») konkret otining birikuvidan hosil bo‘lgan. 
U insondagi nozik va qadrli bir tuyg‘uni anglatib turibdi. Ammo shu 
holatida u «ishq» yoki «muhabbat» so‘zlariga qaraganda yoqimliroq 
va go‘zalroqdir.
«O‘t» bu yerda «olov» so‘zi bilan sinonim tarzda qo‘llanmoqda. 
Uning asosiy vazifasi ma’shuqa yuzidagi rangni ko‘rsatishdan iborat. 
Bu «olov rangi»dir. Yuzdagi qizillikning mana shu tarzdagi ifodasi 
go‘zallikning ham o‘ziga xos ifodasi sifatida ko‘zga tashlanadi. 

Download 443.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling