ҲУҚУҚий муносабатлар


Download 87.9 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi87.9 Kb.
#1619863
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14.Fuqarolik jamiyati

Mavzu: Davlat va huquqning rivojlanish va istiqbol yo‘llari

Reja

  • Fuqarolik jamiyati tushunchasi, belgilari, tarkibiy elementlari.
  • Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari.
  • Huquqiy davlat nazariyasi.
  • Huquqiy davlatning asosiy belgilari va printsiplari.
  • Huquq ustunligi kontseptsiyasi.
  • Davlat va huquq nazariyasining zamonaviy holati va muammolari.

Fuqarolik jamiyati tushunchasi, belgilari, tarkibiy elementlari.
Davlat va jamiyat qadimdan bir-biri bilan o'zaro uyg'unlikda rivojlanib kelayotgan ijtimoiy hayot birliklari hisoblanadi. Davlat kishilik jamiyati shakllanishining muayyan bosqichida vujudga kelgan. 0‘z o'rnida fuqarolik jamiyati insoniyat tomonidan asos solingan davlat va jamiyat hayotining eng oliy shaklidir.
Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar va ta’limotlar XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab hayotga joriy etilayotgan bo‘lsa-da, ushbu hodisa va uni tashkil etgan tarkibiy unsurlar azal-azaldan insoniyat tafakkuriga begona bo'lmagan.
Fuqarolik jamiyati tarixiy taraqqiyotning, insoniyat sivilizatsiyasi madaniy-ma’rifiy yuksalishining yetuklik darajasidir. Mazkur jamiyat ijtimoiy munosabatlarning oqilona huquqiy tartibga solinganligi, umuminsoniy demokratik qadriyatlar va institutlar qaror topganligi, adolatli qonunlar tizimi shakllanganligi, davlat va barcha fuqarolik jamiyati institutlari xalq va fuqarolar manfaati uchun faoliyat ko'rsatadigan, fuqarolari komillikka, yuksak ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy sifatlarga erishganligi bilan ta’riflanadi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish, eng avvalo, inson, jamiyat va davlatning o‘zaro ma’rifiy aloqadorligi bo'lib, unda inson, uning huquqlari v a manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega. Bunday jamiyatda mavjud bo'ladigan ijtimoiy muhit davlatning qonunlar doirasida faoliyat ko'rsatishiga, o'z navbatida, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari to'la-to'kis ta’minlanishiga sharoit yaratadi.

Download 87.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling