ҲУҚУҚий муносабатлар
Siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar
Download 87.9 Kb.
|
14.Fuqarolik jamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari
3. Siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar: siyosiy partiyalar; ijtimoiy-siyosiy harakatlar; inson huquqlarini himoya qiluvchi institutlar va boshqalar.
0‘z navbatida, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat hayotidagi o‘rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon boiadi: - aholini turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadi;
Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy asoslari Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab hamda serqirra ijtimoiy hodisadir. Shu bois uni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy asoslar bo'yicha ta’riflash mumkin. Iqtisodiy asos. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikka keng yo‘l beruvchi va unga asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga hamda erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muhiti va munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yaratishga katta hissa qo'shgan nemis faylasufi Gegel, ushbu jamiyatni ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushungan. U bunda ikki asosiy prinsipni ajratib ko'rsatgan: birinchidan, shaxslar o'z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladi; ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga keltiradiki, bunda har kirn boshqa shaxsga bog'liq bo'ladi. Xususiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy tuzilma bo'lmish fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan iboratdir. Bunday munosabatlarga ishlab chiqarishdagi raqobat va unda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi. Fuqarolik jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yo'l ochuvchi munosabatlar shakllangan taqdirda zohir bo'ladi. 0‘zbekistonda ham xususiy mulkchilikka asoslangan munosabatlar tizimi qaror topmoqda, tadbirkorlikka, kichik va o'rta biznesga keng yo'l ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishini xususiy mulkning qat’iy mavqega ega bo'lishi bilan bog'laydi. Download 87.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling