ҲУҚУҚнинг моҳияти
Download 53.5 Kb.
|
Huquqning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Huquqning mohiyati Reja:
Huquqning tushunchasi va belgilari Huquqning asosiy tamoyillari Huquqning funksiyalari Huquqning mohiyati haqida turli nazariyalar 1. Huquqning tushunchasi va belgilari. Huquqqa yangicha yondoshib, uning mohiyatini to`g`ri tushunish juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq davrida huquq mohiyatiga kommunistik mafkura manfaatidan kelib chiqib ta`rif berilar, talqin qilinar edi. Endilikda huquq va uning mohiyati umuminsoniy, tabiiy va milliy belgilar asosida o`rgatiladi. Huquq jamiyatda insonning ozoddik va adolat g`oyalariga asoslangan kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat tomonidan chiqarilgan bajarilishi barcha kishilar uchun umummajburiy bo`lgan turmush qoidalarining yigindisidir. Jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi: kishilar o`rtasida turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma`rifiy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibra soladi; huquqbuzar shaxslarga nisbatan davlat tomonidan javobgarlik belgilar ekan bu bilan yangi munosabatlarni himoya qiladi: jamiyatda kishilar o`rtasida xulq — atvor qoidalarini mustaqkamlaydi; umuminsoniy axloqqa qarshi hatti — harakatlarni tugatishda muhim xizmat qiladi. Yuridik adabiyotda huquq ikki xil ma`noda ishlatiladi. Obyektv va subyektiv huquq. Obyektiv huquq bu davlat tomonidan chiqariladi. Subyektiv huquq fuqarolarga taalluqli bo`lgan huquq. Masalan, fuqarolarni uy — joyga, mulkka egalik huquqi. Subyektiv huquq obyektiv huquqqa asoslanadi, Huquqning mohiyati — bu jamiyatdagi barcha sinf, millat, guruhlarga xizmat kiladi. Hozirgi vaqtda huquqqa yangicha yondoshilib, uning mohiyatini to`g`ri tushunish uchun u tabiiy va pozitiv (ijobiy) huquqqa bo`lib o`rganiladi. Tabiiy huquq nazariyasining asoschisi gollandiyalik yurist, olim Gugo Grotsiy bo`lib, uning 1625 yilda yozilgan «Huquq haqida urush va tinchlik» kitobida asoslab berilgan. Bu nazariyaga asogan tabiiy huquq insonga tabiat tomonidan berilgan bo`lib, bunga tug`ilishi va yashash huquqi, ozoddik va tinchlik huquqi, mulkka egalik huquqi, uning hayoti va sog`lig`ini jamiyat va davlat tomonidan qo`riqlash huquqlari kiradi. Bu tabiiy huquqlar O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini bir qancha moddalarida mustaqkamlangan. Masalan, yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir (24 — modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega (25 — modda). Xususiy mulk va boshqa barcha mulk shakllari teng huquqli bo`lib, daxlsiz va davlat qimoyasidadir (53 — modda). Pozitiv (ijobiy) huquqqa davlat tomonidan qabul qilingan turli qonunlar, qarorlar, farmon, farmoyishlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar kiradi. Huquqning xususiyatlari uning quyidagi umumiy va maxsus ijtimoiy belgilarida ko`rinadi. Huquqning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 1. Huquq normativ xarakterga ega, ya`ni u jamiyatda kishilarning yashash qoidalarini belgilaydi, o`zgartiradi va bekor qiladi. Shuning uchun huquq jamiyatda kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 2. Jamiyatda huquq insonning ozodlik va adolat to`g`risidagi g`oyalarini o`zida aks ettiradi. Ijtimoiy adolat tamoyili huquq sohalarida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda turli shaklda ko`rinadi. Masalan, mehnat fuqarolar mehnat qilib, uning soni va sifatiga qarab ish haqi olishligi. Fuqarolik huquqida yetkazilgan moddiy zararni undirilishi. Ijtimoiy ta`minot huquqida — fuqarolar mehnat staji va oylik ish qaqiga qarab pensiya olishlik. 3. Huquq davlat tomonidan chiqariladi va uning bajarilishi davlatning zo`rlik kuchi bilan amalga oshiriladi. 4. Huquq jamiyatda kishilarning turmush qoidalarini tartibga soladi. Huquqning bu xususiyati fuqarolarni hayotni barcha sohalarida tenglik va ozodlikni ta`minlaydi. Huquqning maxsus belgilari quyidagilardan iborat: 1. Huquq kishilar irodasining qonunda ko`tarilgan erkidir. Bu erkda ularning turmushini barcha jabhasidagi faoliyati, ya`ni iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma`rifiy sohalari huquq orqali tartibga solinib mustahkamlanadi. 2. Huquq yozma ravishda qonunlar, qarorlar, farmonlar va normativ huquqiy hujjatlar shaklida davlat tomonidan belgilanib qo`yiladi. 3. Huquqni yozma ravishda tartib bilan joylashtirilishi. Davlat konstitutsiyasi, turli kodekslar, qonunlar to`plami va boshqalar. 4. Huquqning dinamikasi — ya`ni davlatni vazifasiga qarab, uning o`zgarib turishi. O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan vaqtda iqtisodiy, siyosiy, ma`rifiy sohalarda islohotlar o`tkazilayotgan vaqtda eski huquqiy normalar bekor qilinib, yangilari qabul qilindi. 2. Huquqning asosiy tamoyillari. Bu quyidagilardan iborat: 1. Huquq barcha xalqning hokimiyatini mustahkamlaydi. Bu tamoyil O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini 7 — moddasida belgilangan bo`lib, xalq davlat hokimiyatining birdan — bir manbaidir. O`zbekistonda davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va Respublika Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar qonuniy vakolat bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi. 2. Mulkning turli shakllariniqo`riqlash va mustahkamlash. Konstitutsiyaning 53 — moddasiga binoan: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma — xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste`molchilarning huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquq jihatdan bab - baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi» . 3. Demokratiya tamoyili. Huquq jamiyatdagi barcha kishilarning irodasini ifodalaydi. Huquqiy normalarni muhokama qilib qabul qilish va qo`llashda barcha O`zbekistonda yashaydigan xalq ularning kasbi, jinsi va millatidan qat`iy nazar, teng qatnashadi. 4. Huquqning baynalminal tamoyili. Bu tamoyil demokratik O`zbekistonning mohiyatidan, uning siyosiy tizimidan baynalminalligidan, barcha fuqarolarning qonun bilan tengligidan kelib chiqadi. Konstitutsiyaning 18 -moddasiga binoan barcha fuqarolarning nasl-nasabidan, ijtimoii va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, tili, dini, kasbi, yashash joyi va boshqa holatlaridan qat`iy nazar, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotning sohalarida teng huquqligini ta`minlaydi. 5. Qonuniylik va uning ustunligi ham huquqning muhim tamoyillaridir. Konstitutsiyaning 15 moddasiga binoan: «O`zbekiston Respublikasida uning Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so`zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish kuradi». 6. Huquqning insonparvalik tamoyili. O`zbekistonda barcha normalari har bir inson to`g`risida, uning salomatligi, moddiy farovonligi va oilasi to`g`risda g`amxo`rlik qiladi. Bu tamoyil huquqbuzarlarga jazo qo`llash, ularni tarbiyalash va tuzatish ishlarini o`z ichiga oladi. 3. Huquqning funksiyalari. Bu uning vazifalaridan kelib chiqib huquqning vazifasi davlatning iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy vazifalarini amalga oshiradi. Huquqning funksiyalari statistik (mustaxkamlovchi), dinamik (rivojlantiruvchi), qo`riqlovchi (negativ) va tarbiyaviy funksiyalarga bo`linadi. Statistik funksiyada huquq kishilar o`rtasidagi turli ijtimoii munosabatlarni tartibga solib mustahkamlaydi, Masalan, kishilar o`rtasidagi qarz va oldi — sotdi shartnomalarini tartibga solinishi. Huquq kishilar o`rtasidagi ijtimoii munosabatlarni rivojlantirib tartibga solsa, bu huquqning dinamik funksiyasi bo`ladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 259 — moddasiga asosan mehnat nizolarining hal qilinishi, Huquq kishilar o`rtasidagi turli ijtimoii munosabatlarni himoya qilsa — bu qo`riqlovchi (negativ) funksiyasi bo`ladi. Turli huquqbuzarlarning jamiyat uchun moddiy va ma`naviy oqibatlariga qarab, intizomiy, fuqarolik, jinoiy va boshqa jazo choralari belgilangan. Bulardan tashqari huquq tarbiyaviy funksiyaga ega. Huquq kishilarga g`oyaviy ta`sir ko`rsatib, ularning jamiyat uchun zararli bo`lgan harakat va harakatsizliklar talab qiladi. Agar fuqarolar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilsa, ularga jazo choralari belgilab ularni tarbiyalaydi. 4. Huquqning mohiyati haqida turli nazariyalar. Bulardan tabiiy huquq nazariyasini yuqorida ko`rib o`tdik. Yana biri bu teologik nazariya. Uning vakillari Aristotel, Akvinsikiy va bonqalar. Bu ta`limot huquqning paydo bo`lishi va mohiyatini xudoga bog`lab iloqiylashtiradi. Xuquq fuqarolarga xudo tomonidan berilgan u abadiy uning bajarilishi barcha kishilar uchun majburiydir deb yuritila tushuntiriladi. Realistik huquq maktabi. Uning vakillari nemis olimi R.Iyering, rus olimi D.A.Muromsev, AQSH olimlari D.Frank va boshqalar. Bu nazariya huquq davlat tomonidan qabul qilingan va barcha uchun umumajburiy bo`lgan turmush qoidalar yig`indisi deb kursatgan. Psixologik maktabi. Uning vakillari Nemis olimi L.Knapp, fransiyalik G.Tard, rus olimlari L.Petrajitskiy va Karkunov bo`lgan. Bu ta`limot huquqniyag paydo bo`lishi va mohiyatini insonning psixologiyasiga bog`laydi. Ular huquq bu kishilarning kechinmalari va hissiyotlar mahuslidan iborat deydi. Markscha - lenincha xuquqning sinfiy nazariyasi materialistik ta`limotga asosan ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi bilan xususiy mulk paydo bo`lib, jamiyat sinflarga bo`linishi sababli huquq paydo bo`lgan xukmron sinf irodasining qonun darajasiga ko`tarilgan erki bo`lib, uning mazmuni jamiyatning moddiy hayoti bilan belgilanadi deb qaraydi. Demak, xuquqning mohiyati sohasida turli nazariyalar mavjud bo`lib, u huquqning mohiyatini turlicha talqin qiladi. Huquq jamiyatda kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni himoya qiladi va rivojlantiradi. Ayniqsa, qozirgi vaqtda O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan sharoitda kishilar o`rtasidagi turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafkuraviy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim vositadir. AdabiyotlarO`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., «O`zbekiston», 2003 Karimov I.A. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. T., «Sharq», 1998. Saidov A. Tadjixanov U. Davlat va huquq asoslari. T., 1999. Xolmo`minov Q. Davlat va huquq nazariyasi, o`quv qo`llanma. Toshkent, 2000. Boboyev H.B., Odilovqoriyev H.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik, Toshkent, 2000 www.ziyonet.uz Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling