Uv rejasida "Texnologiya" fanining qo’yilishi va uning tarixiy taraqqiyoti
Download 78.39 Kb.
|
texnolgik ta\'lim metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning shiori: Mehnat tagi rohat
- Ishning borishi
Rivojlantiruvchi maqsad; Dars davomida o ‘quvchilarda mavzu asosida BKMlarni hosil qilish
Dars turi: ochiq dars , no ‘annanaviy dars Darsda qo ‘llaniladigan metodlar: ‘’Klaster’’ , ‘’ Tushunchalar tahlili r’’, ‘’O`yin’’ , ‘’ Qiziqarli rebus’’ Darsning jihozi: AKT , slayd ,darslik, gazlamalardan namunalar, tikuvchilikka oid ish qurollari, lupa. Laboratoriya ishi uchun jihozlar Darsning shiori: Mehnat tagi rohat. Darsda o ‘quvchilarga singdiriladigan kompetensiyalar; Milliy va umummadaniy, kommunikativ, o ‘z- o ‘zini rivojlantiruvchi, matematik savodxonliklarini oshiruvchi. DARSNING BORISHI. Tashkily qism: Salomlashish va davomat. O ‘qituvchi; Aziz o ‘quvchilar darsni boshlashdan oldin kelinglar bir-birimizning qo ‘limizdan tutaylik va bir-birimizga yaxshi tilaklar bildiraylik. Masalan men senga salomatlik tilayman va h.k. Mana bir-birimizga yaxshi tilaklar bildirdik Endi darsimizni mana shunday yaxshi kayfiyatda boshlasak ham bo ‘ladi. YANGI MAVZU BAYONI Bizga o ‘tgan darsdan malumki har qanday gazlamalar ikkita ipdan to ‘qiladi Bular bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplar Bo ‘ylama iplar tanda ip , ko ‘ndalang ip arqoq ip deyiladi. Bugungi darsimizda gazlamalarning bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarini ,ularning o ‘ng va teskarisini aniqlashni o ‘rganamiz Jumladan gazlamalardagi bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarning yo ‘nalishini gazlamaning milkidan ya’ni gazlamaning ikki chetidagi lentasidan , bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarning cho ‘zilishidan ,tez tortish natijasida chigargan tovushidan ,bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplarning ko ‘rinishidan bilish mumkin. Bu jarayonni amalda bajarib ko ‘ramiz. Ishning borishi 1.Gazlama cho‘zib ko ‘riladi, uning qaysi tomonga ko ‘proq cho ‘zilishi aniqlanadi 2. Gazlama parchasini tez-tez tortib ko ‘rib ,qaysi vaqtda jarangli qaysi vaqtda jarangsiz ovoz chiqarilishi aniqlanadi. 3.Gazlama parchasiga lupa orqali qarab, bo ‘ylama va ko ‘ndalang iplar ko ‘rinishi aniqlanadi.Bunda gazlamalarning bo ‘ylama ipi ingichkaroq va silliq , ko ‘ndalang ipi esa yo ‘g’onroq va tukliroq ekanligini ko ‘rishimiz mumkin. 4. Olingan natijalarni berilgan jadvalga qayd qilib boramiz.
MUOMMALI SAVOL Agar gazlamaning ikki tarafi ham bir xil bo ‘lsa gazlama o ‘ngi qanday aniqlanadi?( javob; gazlamaning milkidan yani milkning chap tarafida tugunchalar ko ‘proq bo ‘ladi ) Gazlama gullari mik tomonda joylashgan bo ‘lsa bu gazlamadan qanday kiyim tikish mumkin ?( kofta- yubka va to ‘gri bichimli ko ‘ylak) . Darsimizda tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarning xosslarini laboratoriya usulida o;rganib chiqamiz Ishni bajarish tartibi. 1.Paxta tolali gazlama parchasi yoqib ko ‘rsatiladi. Bunday tolali gazlamalar lovullab yonib o ‘zidan oq tutun chiqarishini korishimiz mumkin. 2.Kimyoviy tolali gazlama parchasi yoqib ko ‘rsatiladi Bunday tolali gazlamalar ko ‘mirga o ‘xshab yonishini va undan go ‘lak hosil bo ‘lganini ko ‘rishimiz mumkin Endi gazlamalarning o ‘ng va teskari tomonlarini aniqlashni o ‘rganamiz va olingan natijalarni jadvalga qayd qilib boramiz. Gazlamalarning o ‘ngi va teskarisi gulining bosilishiga , silliqligiga ,tuki va tozaligiga yoki gullar yo;nalishiga qarab aniqlanadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi. 1.Gazlama nechta ipdan to ‘qiladi va ularning nomlari ?
Ekranda metodlar tartibi ko ‘rsatiladi va tushuntiriladi. ‘’Klaster ‘’ metodi gazlamalar turlarini yozish ‘’ Tushunchalar tahlilir’’metodi 4 ta ustunchaga o ‘tilgan mavzularga oid so ‘zlarni yozish. 1-chi o ‘quvchi 2-chi o ‘quvchi 3-chi o ‘quvchi 4-chi o ‘quvchi
3‘’O`yin’’ metodi-------2ta o ‘quvchi doskaga chiqariladi .Bunda xaridor parta ustidagi gazlama nomini ,narxini sotuvchidan so ‘raydi va1m 80sm xarid qilishini aytadi. Sotuvchi; bu gazlama chit ekanligini va1metri 6800 so ‘m deydi Savol ; Xaridor sotuvchiga15000 so ‘m bersa sotuvchi xaridorga necha so ‘m qaytarishi kerak ? 4‘’Rebusni yechamiz ‘’ metodida guruhlarga RASMLI REBUS yoki REBUSNI rasmlarda izohlab berishlari kerak. bo ‘ladi. Masalan ‘’PAXTA’’ so ‘zidagi harflarga mos rasmlar chiziladi. 1.Piyola 2.Anor 3.Xat yoki xo ‘roz 4. Telefon 5.Ayiq yoki asalari O ‘qituvchi dars davomida har bir topshiriqning o ‘quvchilar tomonidan qay darajada bajarib borilayotganin ragbat va jarima kartochkalari bilan izohlab boradi. Mana maktabimizda rus tili fan oyligi o ‘tmoqda. Shu jumladan hozir doskaga ikkala guruhdan qur’a tashlash usulidan foydalanamiz va ikkitadan o ‘quvchi chiqib, rus tilida texnologiyaga oid bo ‘lgan so ‘zlardan 4 tadan yozishlari kerak. Qaysi guruh ishtirikchilari 1-chi bo ‘lib topshiriqni bajarsa yana 1 ta rag‘bat kartochkasiga ega bo ‘ladi. Dars yakunida guruhlarning ballari hisoblanadi va g’olib guruh e’lon qilinadi. G’olib guruh o ‘quvchilariga ‘’5’’ ikkinchi guruh o ‘quvchilariga ‘’4’’ bahoni kundaliklariga qo ‘yib beradi. Download 78.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling