ЎҚувчилар билим сифатини ошириш ва синфда интизомни мустаҳкамлаш


Download 158 Kb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi158 Kb.
#1453875
  1   2   3   4
Bog'liq
15 O\'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash


Mavzu: O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash


Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism.

  1. Sinf jamoasini tashkil qilishning maqsad va vazifalari

  2. O’quvchilarning bilim sifatini oshirishida ta’lim muassasasining o’rni

  3. O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH


Mavzuning dolzarblligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.
Yurtboshimizning xalqparvar siyosati natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida kun sayin jiddiy o`zgarishlar bo`lmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma‘naviy rivojining yangi omillari xalqning milliy o`z-o`zini anglashda samarali ta‘sir ko`rsatayapti. Mamlakatimiz hayotining barcha tomonlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy kuch-qudratini ma‘naviy jihatdan tiklash, g`oyaviy jihatdan yangilash va o`z-o`zini anglashdan iborat muhim vazifalarni qo`ymoqda. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratilmoqda. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me‘yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta‘limda o‘qitishga alohida e‘tibor qaratilib, bugun zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish qayd qilinadi.
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Darhaqiqat, yangilangan ta‘lim tizimini joriy etishda har bir o‘qituvchi o‘zining faniga va barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasiga oid axborotlarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil qo‘llay bilish mahorati oqibatidagina ta‘lim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida tashkil eta olishi mumkinligi sir emas. Bu esa ta‘lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi.
Bu borada prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning: “Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste`dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e`tibor berishga bog'liq bo'ladi.
Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Yoshlarimizni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim. Bunda maktab tarbiyasi alohida o‘rin tutadi1” – degan so’zlari ham barchamiz uchun muhim dasturulamal bo’lishi lozim.

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling