Uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimi aholi turar joylari, m a’muriy va ishlab chiqarish binolari, noishlabchiqarish va ijtimoiy sohada foydalanilayotgan binolar, inshootlar, hududlar va uzatuvchi magistrallarga xizmat ko'rsatuvchi, foydalanishni tashkil etuvchi, qurilish-ta’mirlash, transport, energiya ishlab chiqaruvchi va boshqa turli tovar va xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalardan tashkil topgan, keng qamrovli faoliyatining pirovard natijasi inson hayot faoliyatini tashkil etuvchi, shahar infratuzilmasini rivojlantiruvchi va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi soha hisoblanadi. Kommunal xo‘jaligi ma’lum bir chegaraga ega bo‘lgan hududda(shahar, shaharcha, aholi yashash markazlari va boshqalar) shakllangan, ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari yig‘indisidan tashkil topadi. Uning tarkibiga aholi, korxonava tashkilotlar hayotiy ehtiyojini qondiruvchi muhandislik tizimlari(suv ta’minoti va oqovasuv tizimi, issiqlik, elektr energiyasi, gaz ta’minoti tizimlari), turarjoy binolari hududida sanitariya va ozodalikni ta’minlash (hududni tozalash, qattiq maishiy chiqindilami to‘plash, tashish va qayta ishlash), ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish (bino va inshootlarni ta’mirlash, y o i va yo‘laklar qurish-ta’mirlash, hududni ko‘kalamzorlashtirish va boshqalar) xizmatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |