Uy-joy kommunal


 Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif iste’molchilari bilan hisob-


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/57
Sana15.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1487972
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
1. Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif iste’molchilari bilan hisob-
kitoblar qilish 
Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan sanoat iste’molchilari va 
ularga tenglashtirilgan iste’molchilar tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari, ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish, ammo ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
infratuzilma ob’yektlarini: tsexlar, zavod boshqarmalari, omborlar, garajlar va shu 
kabilar, shuningdek xususiy temir yo‘l kirish joylari va korxona hududini yoritish va 
boshqa ehtiyojlarga, sanoat (zavodning ichki, shaxta, kon va shu kabi) elektr 
transporti uchun sarflangan elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha haq 
to‘lanadi. 
Binolar va xonalarni yoritish uchun hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan uy-joy va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa ehtiyojlari uchun 


sarflanadigan elektr energiyasi uchun sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan 
iste’molchilar bilan hisob-kitoblar iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun 
belgilangan tariflarga binoan, elektr energiyasini hisobga olish priborlari 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Iste’molchining sexlari yoki ob’yektlari tarqoq joylashgan bo‘lsa va umumiy 
taqsimlash elektr tarmog‘iga ega bo‘lmasa, bu sexlar yoki boshqa alohida ob’ektlar 
bilan hisob-kitoblar, iste’molchining o‘zi bilan hisob-kitob qilishda qo‘llanayotgan 
tarifdan qat’i nazar, tegishli iste’molchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Iste’molchi tomonidan avvaldan buyurtma berilgan, yagona elektr energetika 
tizimining eng katta yuklamasida ishtirok etadigan quvvat elektr ta’minoti 
shartnomasida yilning har oy bo‘yicha qayd etiladi va hududiy elektr tarmoqlari 
korxonasi tomonidan hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
aniqlanadigan iste’molchining amaldagi o‘rtacha yarim soatlik eng katta yuklamasi 
bo‘yicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilinadi. 
Yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali davrida 
iste’molchining amaldagi yuklamalarini nazorat qilish soatlari hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasi tomonidan oylar bo‘yicha belgilanadi va shartnomada qayd 
etiladi. 
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yagona elektr energetika tizimining eng 
katta yuklamali soatlaridagi yuklamani nazorat qilish huquqiga ega. 
Nazorat davrlari ertalab 2 soatdan, kechqurun 3 soatdan oshmasligi kerak. 
Iste’molchi bilan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv 
bo‘yicha nazorat qilish davrlari bir soatga oshirilishi mumkin. 
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning 
avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan hisobga olish priborlariga yoki 
yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida yuklamani qayd 
etadigan hisobga olish priborlariga ega bo‘lgan iste’molchilar asosiy to‘lovni har 
oyda, priborlarda qayd etilgan eng katta quvvatning amaldagi miqdori bo‘yicha 
amalga oshiradilar. 


Iste’molchining yagona elektr energetika tizimining eng katta kuchlanishli 
soatlarida amaldagi yuklamasi elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan 
ko‘rsatkichdan 5 foizdan ziyod ortiq bo‘lgan taqdirda, hisob-kitob davrining oxirida 
amaldagi yuklamaning ortiqcha butun qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va 
belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq undiriladi. 
Qo‘shimcha quvvat haqini to‘lash kelgusida har bir aniq holatda hududiy 
elektr tarmoqlari korxonasidan tegishli ruxsatnoma olmasdan elektr ta’minoti 
shartnomasida ko‘rsatilganga nisbatan ortiqcha quvvatdan foydalanish huquqini 
bermaydi. 
Agar Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning 
avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan hisobga olish priborlariga yoki 
yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida yuklamani qayd 
etadigan hisobga olish priborlariga vaqtincha ega bo‘lmagan iste’molchida yagona 
elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida amaldagi yuklama 
buyurtma qilingan yuklamadan past bo‘lsa, to‘lov elektr ta’minoti shartnomasida 
belgilangan yuklama miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Iste’molchi sexlarining joylashish sharoitlari va ularning elektr ta’minoti 
sxemalari bo‘yicha eng katta qo‘shma yuklamaning jami qiymatini aniqlash mumkin 
bo‘lmasa, hisob-kitoblar iste’molchining har bir ta’minlash manbai bo‘yicha alohida, 
avvaldan buyurtma berilgan quvvat bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladigan 
iste’molchi elektr energiyasining bir qismini bir stavkali tarif bo‘yicha 
subiste’molchiga yetkazib bersa, u hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ushbu 
subiste’molchilarni yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamasida 
qatnashuvchi yuklamasi qiymatiga kamaytirilgan quvvat miqdori uchun haq to‘laydi. 
Quvvatning kamaytirilishi hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Subiste’molchining katta yuklamasini qayd qiluvchi hisobga olish priborlari 
mavjud bo‘lmagan taqdirda ularning amaldagi yuklamasi yilning tegishli yil davrlari 


uchun subiste’molchi kuchlanishining sutkalik jadvallari asosida aniqlanishi va elektr 
ta’minoti shartnomasida qayd etilishi kerak. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling