Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi


Download 37.44 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi37.44 Kb.
#1190058
Bog'liq
Aziza Aka



Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
05.09.2022 Farg’ona shahar
Biz, Farg’ona viloyati, Farg’ona 25 Jo’ydam MFY, ANORZOR (Jo’ydam) ko’chasi, 41-uyda doimiy ro’yxatda turuvchi To’xtasinov Husniddin Toxirovich ( JSHSHIR: 32106834310052 ) pasport seriyasi va raqami: AB8461874 (bundan buyon matnda ijaraga beruvchi deb yuritiladi) bir tomondan va Farg`ona viloyati. Dag`ara tumani. Kapasaroy MFY. Xislat ko`chasi manzilda doimiy ro’yxatda turuvchi Abdukarimov Azizbek Abdujabbor o`g`li (JSHSHIR: 5253007020062) pasport seriyasi va raqami AB6287596( bundan buyon matnda ijaraga oluvchi deb yuritiladi ) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

  1. Shartnoma predmeti

  1. Men, ijaraga beruvchi mulk huquqi asosida menga tegishli bo’lgan manzilida joylashgan uy-joyni Ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga berdim, men ijaraga oluvchi ushbu uy-joyni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun qabul qildim.

  2. Ijaraga berilayotgan uy-joy quyidagilardan iborat: umumiy foydalanish maydoni 193.53 m kv, Ijara maydoni 10 m kv tashkil etadi.

  3. Ijaraga beruvchi yuqorida ko’rsatilgan uy-joyni Ijaraga, ya’ni 05.09.2022 yildan 30.06.2023 yilgacha topshiradi.

  1. Ijara haqi

  1. Ijaraga berilgan uy-joydan foydalanish uchun ijara haqi tomonlar kelishuviga asosan har oy uchun 300000 so’m (uch yuz ming so’m)ni tashkil qiladi. Ijaraga oluvchi o’tkan oy uchun to’lovni har oyning 5-kuniga qadar Ijaraga beruvchiga to’lashi shart.

  2. Ijaraga oluvchi berilgan uy-joydan foydalanish uchun belgilangan ijara haqi to’lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzsa Ijaraga beruvchi tomonidan shartnomani bir tomonlama bekor qilishga va ijaraga berilgan uy-joyni bo’shatib berishni Ijaraga oluvchidan talab qilishga haqli.



  1. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

  1. Men, Ijaraga oluvchi ijaraga olingan uy-joyni vazifasiga muvofiq ravishda foydalanishni, o’z holatida saqlanishini ta’minlashni, uni yaxshi holda tutishni va sanitariya va yong’indan saqlash qoidalariga to’liq rioya etishni, ijara haqini o’z vaqtida to’lab turishni o’z zimmamga olaman.

  2. Men, Ijaraga beruvchi sovuq suv, issiq suv, elektr energiyasi, gaz va maishiy chiqindilardan foydalanganlik uchun, shuningdek uy-joy bilan bog’liq bo’lgan boshqa to’lovlarni o’z vaqtida tegishli tashkilotlarga o’z vaqtida to’lashni o’z zimmamga olaman.

  3. Men , Ijaraga beruvchi mulk huhuqi asosida tegishli mulkni ijaraga berganligim va buning natijasida daromad olayotganim uchun qonun qonun hujatlarida belgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida tegishli davlar soliq xizmati organiga to’lab borini o’z zimmamga olaman.



  1. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal etish

  1. Ushbu shartnoma talablarini lozim darajada bajarmagan yoki bajarishdan bo’yin tovlagan taraf qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.

  2. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki unga o’zgartirish kiritish taraflarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi, nizo kelib chiqqan taqdirda sud tartibida hal qilinadi Shartnomani taraflardan xar biri istalgan vaqtda bekor qilishga haqli.


Yakuniy qoidalar

  1. O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 80, 176, 191 va 192-moddalari mazmuni va mohiyati biz taraflarga tushunarli.

  2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 60-moddasi va taraflarning kelishuviga asosan ijaraga berilgan uy-joyda Ijaraga oluvchi o‘zi hamda Kenjaboyev Jaxongir Sulton o`g`li, Komiljonov Behzodbek Muzaffarbek o`g`li, Nematjonov Mirjamol Mirzoxidjon o`g`li, Soyibjonov Kamronbek Zoxidjon o`g`li, Raxmonazarov Omadbek Ravqat o`g`li, Abdullajonov Diyorbek Qudratjon o`g`li bilan birgalikda yashaydi.

  3. Men, Ijaraga beruvchi mazkur shartnoma imzolangunga qadar ijaraga berilayotgan uy-joy boshqa shaxsga o’tkazilmagan, garovga qo’yilmagan, nizoda yo’q va ijaraga berilishi taqiqlanmaganligini kafolatlayman.

  4. Mazkur shatnoma taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib imzolandi, ulardan bir nusxasi davlat soliq hizmati organida saqlanadi, qolgan nusxalar taraflarga beriladi.


Tomonlarning yashash manzillari:

Ijaraga beruvchi
Farg’ona viloyati, Farg’ona 25 Jo’ydam MFY, ANORZOR (Jo’ydam) ko’chasi, 41-uy
Ijaraga oluvchi
Farg`ona viloyati. Dag`ara tumani. Kapasaroy MFY. Xislat ko`chasi

Tomonlarning imzolari:

Ijaraga beruvchi ( F.I.O )
To’xtasinov Husniddin Toxirovich

Imzo:
Ijaraga oluvchi ( F.I.O )


Abdukarimov Azizbek Abdujabbor o`g`li
Imzo:

Download 37.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling