Uyali telefon tarixi


Download 41.39 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi41.39 Kb.
#1390680
1   2   3   4   5
Bog'liq
UYALI TELEFON TARIXI

Birinchi «kichkintoy»

Amerikaliklar esa qo‘l qovushtirib o‘tirishmadi. Maqolamiz boshida aytib o‘tganimizdek, 1973 yilda Motorola kompaniyasi hajmi va shakli jihatdan ancha ixcham apparat yaratishga muvaffaq bo‘lgandi. To‘g‘ri, bu birinchi «kichkintoy» hozirgi qo‘l telefonlariga umuman o‘xshamas edi. Bo‘yi 25 sm, eni 15 sm va qalinligi 5 sm, o‘zi 1 kg bo‘lgan bu telefonga Dyna-Tac deb nom berishgan. Old qismida 12 ta tugmacha bo‘lib, ulardan 10 tasi raqamlar, qolgan 2 tasi qo‘ng‘iroq qilish va aloqani tugatish uchun xizmat qilgan. Ekran ham, qo‘shimcha funktsiyalar ham unda mavjud emasdi. Dyna-Tacning akkumulyatori 35 daqiqaga yetgan, ammo buning uchun batareykani kamida 10 soat zaryadlash kerak bo‘lgan. Shu sababli, aloqa sifati nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramay, ommaviy ishlab chiqarish uchun uni hali ancha takomillashtirish lozim edi. Va AMPS standartidagi birinchi ommaviy uyali telefon oradan o‘n yil o‘tgach, 1983 yilning 6 mart kuni yuzaga keldi. Biroq keyin tashabbusni yana yevropaliklar qo‘lga oldi. 


Mikroprotsessorlar yaratilgach, skandinav olimlar o‘zlarining NMT standarti ustida yana ish boshlab yuborishadi. Tizimni takomillashtirish jarayonida 40 dan ortiq firmalar ishtirok etadi. Ularning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari natijasida, ko‘p o‘tmay yangi aloqa tizimining baza stantsiyalari, aloqa uzatgichlar va mobil telefonlar yaratiladi. Tadqiqotlarda eng faol qatnashgan kompaniya Ericsson edi. Qizig‘i shundaki, skandinavlarning ilk mobil telefoniya tizimi avval Saudiya Arabistonida ishga tushiriladi. Keyinroq NMT-450 tizimining premerasi o‘zining tarixiy vatanida bo‘lib o‘tadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, 1983 yildan boshlab hozirgi avlod uyali aloqasi tarixining ilk sahifalari ochildi.

Darhaqiqat, NMT-450, keyinroq esa NMT-900 standartlari Ericsson Hotline va Curt singari ixcham, hajmi jihatdan hozirgi apparatlarni eslatuvchi birinchi mobil telefonlarni yaratish imkonini berdi. Dastlab bu apparatlarni politsiya xodimlari uchun 300 dona ishlab chiqish ko‘zda tutilgan, ammo keyin reja birdan o‘zgaradi va ular ommaviy ravishda ishlab chiqarishga qo‘yiladi. Aynan shu davrga kelib, mobil telefonlar sohasida keskin raqobat ham paydo bo‘ldi. Bozorga yangi o‘yinchi — Nokia kompaniyasi o‘zining Mobira Cityman apparati bilan kirib keldi.



Download 41.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling