Uyali telefon tarixi
Download 41.39 Kb.
|
UYALI TELEFON TARIXI
Bir tarmoq ostida
Keyinroq — 80-yillarning oxiriga kelib telekommunikatsiya kompaniyalari butun Yevropa bo‘yicha yagona aloqa standarti yaratish taklifi bilan chiqadi. Dastlab har bir tomon o‘zining standartini ilgari sura boshladi. Skandinaviya va Benilyuks mamlakatlari NMT standartini, Germaniya C-Netz, frantsuzlar Radiocom-2000, italyanlar esa RTMI/RTMS standartini yagona tarmoq sifatida ko‘rishni xohlardi. Nihoyat, bir to‘xtamga kelish uchun G‘arbiy Yevropadagi davlat telekommunikatsion korxonalari GSM — Group Speciale Mobile tarmog‘ini shakllantiradi. GSM ishtirokchilari telefonlar va ularning stantsiyalarini ishlab chiqarishda yagona yondashuvni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ladilar. Yangi tizim o‘zida avvalgi barcha tarmoqlarning barcha ijobiy jihatlarini mujassamlashtirardi. Shunday qilib, uyali aloqaning ikkinchi avlodi bo‘lmish GSM dunyoga keladi. Uni ro‘yobga chiqarish uchun yana bir necha yil kerak bo‘ldi va 1990 yildagina Finlyandiyaning Radiolinia kompaniyasi dunyodagi birinchi GSM tarmog‘ini ishga tushiradi. Bir yil o‘tgach, xuddi shunday tarmoqlar boshqa skandinav mamlakatlarida ham paydo bo‘ladi. Garchi boshida GSM-operatorlar va abonent terminallari juda qimmat bo‘lsa-da, ular faoliyat ko‘rsata boshlaganidan so‘ng bir yil ichida Skandinaviya davlatlarida ulanganlar soni 1 milliondan ortib ketdi. Telefon ishlab chiqarish sanoati ham tobora rivojlanib borar va bu ularning hajmi, og‘irligining kamayishiga, yangi imkoniyatlar ochilishiga turtki bo‘ldi. 1996 yilda Nokia nafaqat qo‘ng‘iroq qilish, balki elektron pochta, faks yuborish va internetga ham ulash imkonini beruvchi birinchi Communicatorni tanishtirdi. Huddi o‘sha yili Motorola og‘irligi 90 gram bo‘lgan afsonaviy telefon-kitobcha StarTac-GSMni ishlab chiqara boshladi. Ozgina vaqt o‘tgach, Philips bitta zaryad bilan 350 soat ishlay oladigan Philips-Sparkni ommaga namoyish qildi. 1998 yilda Yaponiyaning Sharp kompaniyasi sensorli, ya’ni «sezuvchi» ekranli Sharp PMC1 Smartphone bilan hammani hayratga soldi. 1999 yildan boshlab uch o‘lchamli tasvirni ko‘rsata oluvchi Motorola L7089 va Ericsson T28s apparatlari paydo bo‘ldi. Aynan o‘sha yil Nokia-7110 modelida WAP (rasmlar, musiqani yuborish imkonini beradigan tizim) texnologiyalari o‘z aksini topdi. Download 41.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling