Uyat” konsepti tadqiqi andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish (o`zbek tili )ta`lim yo`nalishi
Download 28.71 Kb.
|
2 5289826745619319665
Rus tilshunosi V.A.Maslova milliy madaniyat ma'lum bir til uchun milliy madaniy konsept hisoblanishini ta'kidlaydi. Misol uchun, o‘zbeklar uchun non, koreyslar uchun guruch, ruslar uchun kartoshka. Kartoshka konsepti ruslarda nochorlikni bildirsa (сидеть на одной картошке” iborasi misolida), beloruslar uchun ikkinchi non, odatiy milliy taom ma'nosini bildiradi. Bu holat tegishli til jamoasi tafakkurida konseptning qay tarzda namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligini aytib o‘tadi. Konsept strukturasi tushuncha va obrazli elementdan iborat. Yu.S.Stepanovning fikriga ko‘ra, har bir konseptning tushunchali elementida quyidagi qatlamlar va komponentlar mavjud: 1) o‘zida muhim belgini aks ettiradi; 2) bir yoki bir necha qo‘shimcha va passiv belgilarni aks ettiradi; 3) o‘zida konseptning ichki shaklini aks ettiradi. Konsept tushunchasi o‘rganish va tadqiq etish bo`yicha quyidagi fikrlarni bildiradi : —so‘zning sema tarkibini aniqlab (bunda izohli lug‘atlardan foydalangan holda va so‘zning kelib chiqish tarixiga nazar solgan holda tahlil qilinadi); — sinonimik qatorni aniqlash orqali (bunda kalit so‘z va unga ma'nodosh so‘zlar bir-biriga solishtirilgan holda tahlil qilinadi); —derivatsion (so‘z yasalishi)tahlili orqali; —maqol, matallarda va badiiy, ilmiy, falsafiy, publitsistik matnlarda qo‘llanish holatiga ko‘ra va shu kabi boshqa tahlillar natijasida, o‘ziga xos metodlar orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy tilshunoslik fanida mavjud bo`lgan konseptni aniqlash muammosi, konsept va til birliklari o`rtasidagi munosabatlar muammosiga bevosita bog`liqdir. Konsept mohiyatini tushunishga bo`lgan har qanday urinish «tushuncha», va «ma`no»ni o`z ichiga olgan bir qator atamalarning mavjudligini amalga oshirishga olib keladi.Konsept atamasi tilshunoslik tadqiqotlarida XX asrning birinchi yarmidan paydo bo`la boshladi. Bu atama ingliz tiliga oid so`z bo`lib, (conssept), rus tilida ponyatie (tushuncha) atamasi bilan tarjima qilinadi. Keyinchalik bu atama tushuncha atamasi bilan aralashtirib yuborila boshlangach, uning tom ma`nodagi mazmunini aniq shakllantirishga qaratilgan ishlar tadqiq qilina boshlandi «Konsept» tushunchasi kognitiv fan va lingvokulturologiyaning asosidir. Ammo, «konsept» atamasi chet elda ham, mahalliy tilshunoslikda ham keng qo`llanilishiga qaramay, hozirda uning yagona izohi yo`q. Hozirgi kunda tilshunoslikda konsept atamasini aniqlash uchun bir qancha yondashuvlar mavjud: Yu.S. Stepanov konseptni shunday ta`riflaydi: “inson ongida madaniyat o`chog`i, bu madaniyat shaklida insonning aqliy olamiga kiradigan narsa” [4] Shuningdek, Yu. S. Stepanov ta`kidlaganidek, “konsept” bu “ma`lum bir so`z bilan birga keladigan g`oyalar, tushunchalar, bilimlar, uyushmalar, tajribalar to`plami”. (Cognition-bilish, cognize-tushunmoq, bilmoq cognitive-bilishga oid, cognitation-aql, tafakkur). Insonnig dunyoni,voqelikni bilishi, uni idrok etishida uning faoliyati natijasi hisoblangan tafakkurning o`rnini alohida ta`kidlash kerak. Kognitiv tahlilning tadqiqot obyekti bilimlar haqidagi tasavvurlar strukturasi va ularning turli kognitiv jarayonlar (tushunish, tahlil, til axborotining qurilishi) da til imkoniyatlarini sharhlash, shu bilan birga ularning paydo bo`lishini o`rganish kabilarni o`z ichiga oladi. Kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy (mental) strukturalarning lisoniy ifodasini ochib beruvchi mexanizmlar qurshovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o`ringa chiqadi. Konsept lingvokulturologiyada eng faol qo`llanuvchi birlik sanaladi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o`ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilsak. 1. Konseptning lisoniy moddiylashuvi ong va til tizimi o’rtasidagi hamkorlikning mahsuli hisoblanadi. Konsept shakllanishining boshlang’ich nuqtasi voqelik bo’lagi (predmed) haqidagi tasavvur – obrazning yuzaga kelishidir. Bu obraz oddiy sxema yoki shakl bo’lib qolmasdan, balki mazmunli hodisadir. Lekin, voqelik – ong – lisoniy belgi o’rtasidagi bunday uzviylikni oddiy takrorlash ko’rinishida talqin etmaslik kerak. Sababi, ong voqelikni lisoniy belgi vositasida oddiygina aks ettirmaydi, balki sub’yekt uchun muhim bo’lgan belgi-xususiyatlarni ajratadi, hamda ular asosida idrok etilayotgan ob’yekt (predmed, hodisa) ning namunaviy modelini yaratadi. 2. Konseptning lisoniy moddiylashuv jarayoni muhim mental bosqichni bosib o’tadi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo bo’lgan zahotiyoq uni amalga oshirish uslubi izlanadi. Reja hamda «so’zsiz » model nolisoniy yoki « botiniy nutq » jarayonida yuzaga keladi. Xullas, botiniy nutq jarayonida konsept, birinchidan, ma’lum mazmun shaklini olsa, ikkinchidan, lisoniy belgi tanlovi bosqichiga tayyorgarlik ko’radi. 3. Tilshunos uchun eng muhimi tafakkur birligi bo’lgan konseptning tilda (aniqrog’i nutqda) aks etishini ta’minlovchi strukturalar, harakatlar, qoidalarni aniqlashdir. Izlanishlarimiz natijasida biz o`zbek tilida uyat ma`nosini quyidagi til birliklari orqali ifodalanishi mumkinligini aniqladik .
Download 28.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling