Uyga vazifa 14 iyun chikago konvensiyasi
Download 62.05 Kb.
|
Uyga vazifa 14 iyun
Oldingi tahrirga qarang.
yukni oluvchining imzolari va shtamplari bilan tasdiqlangan uchinchi va to‘rtinchi nusxalari tashuvchiga topshirildi. Uchinchi nusxasi to‘lovchi-avtotransport buyurtmachisi bilan hisob-kitob qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi va tashish uchun hisobotga ilova qilinadi. To‘rtinchi nusxasi transport ishini hisobga olish, haydovchiga ish haqi yozish uchun asos bo‘lib hisoblanadi va yo‘l varaqasiga ilova qilinadi. (7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son) 8. Tovar-material boyliklarning omborxona hisobi yuritilmaydigan, biroq o‘lchash va tarozida tortish yo‘li bilan hisobga olish tashkil etiladigan tovar xususiyatiga ega bo‘lmagan yuklar bo‘yicha tovar-transport yukxati uch nusxada yoziladi: birinchi nusxasi hisobotga ilovaga qilinadi va tashuvchining yukni jo‘natuvchi bilan hisob-kitob qilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi; ikkinchi nusxasi transport ishlarini hisobga olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi va yo‘l varaqasiga ilova qilinadi; uchinchi nusxasi yukni jo‘natuvchida qoladi va bajariladigan tashish hajmlarini hisobga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 9. Yukning saqlanishi ta’minlanishi sharti bilan bir xildagi yuklarning bir yukni jo‘natuvchidan ayni bir xil masofadagi bir yukni yukni oluvchi manziliga tashilishi avtomobil tomonidan bir smena mobaynida bajariladigan butun ishga yig‘ma holda bitta tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi mumkin. 10. Avtomobil transportida yuklarni naqd hisob-kitob qilish evaziga tashish yo‘l varaqasi bo‘yicha amalga oshiriladi, unga transport xizmatlariga haq to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (kirim orderi) ilova qilinadi. 11. Yuk avtotransporti tomonidan bajariladigan yuk tashishlarning barcha turlarida uning ishi uchun haq to‘lash shartlaridan qat’i nazar tovar-transport yukxati raymiylashtirilmagan yuklarni yukni jo‘natuvining taqdim etishi, tashuvchilarning esa uni tashish uchun qabul qilib olishi taqiqlanadi. 12. Yuklarni avtomobil transportida tashishga tovar-transport yukxati avtotransport ishi uchun hisob-kitob qilishning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun zarur bo‘lgan barcha rekvizitlar to‘ldirilgan holda avtomobilning har bir qatnashiga yuk jo‘natuvchi tomonidan har bir yukni oluvchi uchun alohida tuziladi. 13. № 1-t va № 2-tm shakllaridagi tovar-transport yukxatining “Yuk to‘g‘risidagi ma’lumotlar” bo‘limida qatorlar yetarli bo‘lmagan taqdirda berilayotgan tovar-moddiy boyliklarning katta miqdordagi nomlari va tavsiflarini to‘ldirish uchun tovar-transport yukxatiga ilova qilinadigan birlamchi hisobga olish hujjatlari (hisob-faktura, tovar yukxati yoki boshqa shakllar) ilova qilinadi. Ushbu hollarda tovar-transport yukxatining ushbu bo‘limida ilova qilinadigan hujjatlarning nomi, tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi, ularsiz tovar-transport yukxati haqiqiy hisoblanmaydi. 14. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra avtomobillar guruhi tomonidan tashiladigan yuk hajmini aniqlashda buyurtmachi bajarilgan ishning butun hajmiga tovar-transport yukxati rasmiylashtiradi va tashuvchiga beradi. Ushbu holda har bir avtomobilning ishini alohida hisobga olish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi. 15. Yo‘l varaqalari to‘rt turga bo‘linadi, ulardan: a) 4-s namunaviy shakl (ishbay) 4-ilovaga muvofiq yuklarni avtomobil transportida tashishda shartnomaviy tariflarning ishbay narxlari bo‘yicha haydovchi ishiga haq to‘lash shartlarida yuklarni tashishda qo‘llaniladi; b) 4-p namunaviy shakl (soatbay) 5-ilovaga muvofiq soatbay shartnomaviy tariflar bo‘yicha avtomobil ishiga haq to‘lash shartlarida yuklarni avtomobilda tashish ishlarni bajarishda qo‘llaniladi; v) 4-m shakl (shaharlararo) 6-ilovaga muvofiq yuklarni avtomobilda shaharlararo tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq yuklarni shaharlararo tashish bo‘yicha ishlarni yuk avtomobilida bajarishda qo‘llaniladi. Ushbu shakldagi yo‘l varaqasining old tomonida qizil rangda bosmaxona usulida “shaharlararo tashishlar” yozuvi qayd etiladi; g) 1-shakl (xalqaro) 7-ilovaga muvofiq xalqaro qatnovda yuklarni tashish bo‘yicha ishlarni yuk avtomobilida bajarishda qo‘llaniladi. 16. Yo‘l varaqalari ularni berish vakolatiga ega shaxs tomonidan haydovchi imzosi asosida faqat, o‘tgan ish kunining yo‘l varaqasini haydovchi tomonidan topshirilishi sharti bilan beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Yuklarni shaharlararo va xalqaro tashishlarda 4-m va 1-shakllardagi yo‘l varaqalari bundan uzoqroq muddatga haydovchi tashishni bir sutkadan ortiq muddat davomida bajargan taqdirda beriladi. Beriladigan yo‘l varaqasida avtomobil tegishli bo‘lgan tashkilotning shtampi bo‘lishi shart. (16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2019-yil 7-martdagi 3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1382-1, 25.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/1382-1/2811-son) Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar tashuvchilarga yuk avtomobillarini tasdiqlangan shakldagi yo‘l varaqasisiz yo‘nalishga chiqarish qat’iyan taqiqlanadi. 17. Tovar-transport yukxati va yo‘l varaqalari rasmiylashtirilishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javob beradilar va blankalar sarfi to‘g‘risidagi oylik hisobotni buxgalteriyaga topshiradilar. 18. Tovar-transport yukxati va yo‘l varaqalarida tuzatishlar qilinishi va o‘chirib-yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 19. Ma’lumotlar buzilishi natijasida korxonaga zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. (19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 20. Tovar-transport yukxatlari va yo‘l varaqalari rekvizitlarini to‘ldirish mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq izchil ravishda amalga oshiriladi. 5. Konosament - bu jo'natuvchi va tashuvchi o'rtasida tuzilgan tovar yoki yukni tavsiflovchi shartnoma.Hujjatda jo'natuvchi va buyurtmachining manzili, etkazib berish usuli, har qanday maxsus ko'rsatma yoki etkazib berish muddati, yuk to'lovlari, buyurtma ma'lumotlari bilan tavsiflar va jo'natuvchi va tashuvchining imzolari ko'rsatilgan. Download 62.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling