Uyg’ur xalq musiqa an’analari. Milliy raqslari, cholg’ulari
Download 16.51 Kb.
|
уйғур мус
: Uyg’ur xalq musiqa an’analari. Milliy raqslari, cholg’ulari Uyg’ur xalqining tarixi, madaniyatini o’rganuvchi G’arb olimlari uyg’urlarning madaniy saviyasini juda yuqori baholaydilar. Volьfram Eberxordning yozishicha: “O’rta asrlarda uyg’urlar xitoy she’riyatiga, adabiyotiga, musiqasi va tasviriy san’atiga katta ta’sir ko’rsatganlar. Er. 7-13 asrlarida SHarqiy Turkiston bo’ylab sayohat qilgan Xitoy elchilari Syuanь Chan, Van Yan De va CHan CHunьlarning hisobotlarida uyg’urlar istiqomat qilayotgan hududlarda madaniyat juda qudratli darajada ekanligini qayd etganlar. Uyg’urlar – qadimgi etnos bo’lib, Xitoyning SHimoliy hududlarida qadimdan yashab kelganlar. Ularning asosiy yashash joyi Sinьtszyan bo’lib, Xunani, Pekin, Guanchjouda ham yashaganlar. Xitoy hududidan tashqarida uyg’urlar kamchilikni tashkil etadi. “Uyg’urlar” so’zi “birlashuv” degan ma’noni anglatadi. Qadimgi Xitoy tarixiy yilnomalarida “uyg’ur” nomining turli variantlari uchraydi: “xueyxu”, “xueyxe”, “uyg’urlar”. “Uyg’urlar” nomi Sinьtszyanь viloyatining hukumati tomonidan 1935 yili qabul qilingan. Uyg’urlar turkiy tillar majmuiga kiruvchi uyg’ur tilida so’zlashadilar. Mazkur xalqning asosiy yashash joylari Janubiy Sinьtszyanning hududlaridir: Kashi, Xo’tan, Oqsu, Urumchi shahri, SHimoliy Sinьtszyanning Ili viloyati. Uyg’ur millatining kelib chiqishi masalasi ancha murakkabdir. Millat shakllanishida sak qabilalari (SHarqiy Eron tilli guruh), yuyajilar, tsyanlar (Qadimgi Tibet qabilalari) va xanьtslar (Turfon viloyati)ning ahamiyati katta. 8 asrning 4–yillarida uyg’ur qabilalari hozirgi Sinьtszyan hududiga ko’chib o’tganlar (chorvachilik bilan shug’ullanuvchi ko’chmanchi qabilalar). Sekin – asta uyg’urlar Janubiy Sinьtszyan hududida joylashdilar. Uyg’ur millatining shakllanishidagi 1 – bosqich shu davrga to’g’ri keladi. Bayziqlik deb nomlanuvchi g’or ehromlarida devoriy tasvirlar saqlangan bo’lib, unda uyg’urlar aks ettirilgan. O’sha davrlarda yashovchi uyg’urlar mangoloid irqiga xos bo’lgan tuzilishga ega bo’lganlar. Hozirgi kunlarda esa uyg’urlar sariq – oq irqiga mansub bo’lgan tuzilishga egalar. Uyg’urlarning avlod – ajdodlari shomonchilik, zardushtiylik, buddaviylik dinlariga sig’inishgan. 10 – asrning o’rtalarida Qoraxoniylar davrida Islom dini keng tarqalib, 16 – asrning o’rtalarida Sinьtszyanda dinlar almashinuvi sodir bo’ldi. Yorkend xonligi davrida uyg’urlar asosan Janubiy Sinьtszyan hududida yashaganlar. Jung’or xonligi davrida esa uyg’urlar Ili daryosining vodiylariga ko’chib kelib, yerlarga ishlov bera boshladilar. Ammo ko’chib kelganlarning soni ancha kam edi. Umuman olganda TSinь sulolasining davri boshlangunga qadar uyg’urlar Janubiy Sinьtszyanьda yashadilar. Hozirgi Urumchi shahrida yashovchi uyg’urlar 1864 yili Turfondan migratsiya qilgan uyg’urlarning avlodlaridir. Uyg’ur xalqi o’troq tarzda yashashgan va asosan dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Zamonaviy uyg’urlar o’zlarining avlod – ajdodlaridan ancha farqlanadilar. Uyg’ur xalqi vakillari buddaviylik, (manixeystvo) diniga mansub edilar. Hozirda esa Islom dini ustun turadi. Islom dini tarqalishining dastlabki davrida uyg’urlar so’fiylik yo’nalishiga tegishli bo’lganlar, keyinchalik esa Sunna mazhabiga o’tganlar. Nikoh faqatgina bir din vakillariga ruxsat berilgan, o’zga din vakillari bilan turmush qurish ta’qiqlangan. An’anaga ko’ra, ota–onaning roziligisiz turmush qurilmagan. Avvallari to’y marosimlari uch kun davom etgan, hozirda esa bir kun davomida o’tkaziladi. Uyg’ur xalqining badiiy o’ymakorlik san’atida musiqa cholg’ularini tayyorlashga alohida o’rin ajratiladi. Uyg’ur xalq musiqa cholg’ulari turli – tumanligi, tovush va bezaklarning o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Download 16.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling