Islom dini tarixi va falsafasi reja: Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit. Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari


Download 23.24 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi23.24 Kb.
#1562477
Bog'liq
13-mavzu islom dini tarixi va falsafasi reja Islom dini paydo


ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI
REJA:
1.Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit.
2.Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari.
3. Qur’on, sura, oyat tushunchalarning ma’nosi islom madaniyatidagi
o‘rni va ahamiyati.
4.Hadislarni o‘rganish va tarqalish jarayoni.
5.Tasavvuf tushunchasining mazmun-mohiyati va uning tarixi, g‘oyalari.

5.1 Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.


«Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi.
Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610-yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622-yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.
630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari - Movarounnahr (daryo ortidagi yerlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi.
— "Islom uyg‘onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, yaxlit jug‘rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar.
Islomning lug‘aviy ma’nosi "Buyuruvchining farmoni va ta’qiqiga e’tirozsiz bo‘ysunish hamda uni buyurilgandek bajarish", demakdir. Islomning istilohniy ma’nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg‘ambarlar insonlarga Islom dinidan ta’lim berganlar. Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg‘ambar yo‘llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to‘g‘ri yo‘ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir.
Shariat - to‘g‘ri yo‘lga solmoq, qonunchilik yo‘naltirmoq, ibodat yo‘llari, hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib bermoqdir.
Qur’on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi deyiladi.
Hanafiylik, No‘mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o‘ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fiqh paydo bo‘lishining ilk davridayoq, ikki yo‘nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo‘lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra’y), ikkinchi - Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq - maktablar o‘z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo‘lib qolgan huquqiy an’analar bilan belgilanadi.
Hanafiya Islomdagi eng ko‘p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767-yillarda yashagan. Ma’lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo‘lgan, Payg‘ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas’ud (vaf. 653-y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaro sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738-y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo‘lgan.
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo‘lib, qoida-qonunlarni qiyos va
5.3 .Islom dining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilolari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoga arab yurishlari 643-644-yillarda boshlangan bo‘lsa ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurashdan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida O‘rta Osiyo ikki qismga bo‘lindi:
1) Movarounnahr («Ikki daryo oralig‘i») va
2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv jarayonlari turli xilda kecha boshladi.
Movarounnahrning islomlashuviga quyidagi ikki omil bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Abu Muslim (747-755) qo‘zg‘oloni davrigacha O‘rta Osiyoda islomdan oldingi davr hukmdorlari (ixshid, buxor-xudot va boshqalar) o‘z mavqelarini saqlab turdilar. Jumladan, ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq yig‘ish vazifalarini bajardilar. Ummaviy hukmdorlari mamlakat ichki ishlariga bevosita aralashmasdan, mahalliy sulolalardan o‘lpon olish bilan cheklanardilar. Ba’zida bu o‘lpon mahalliy aholidan yig‘ilgan jiz’ya (boshqa din vakillaridan yig‘iladigan soliq) sifatida qabul qilinar edi O‘rta Osiyoda uzoq vaqt davomida (VIII-XIII asrlar) davlat tuzumi Bag‘doddagi holatni takrorlar edi. Yaxshi ma’lumki, Payg‘ambar vafotidan (632-y.) so‘ng davlat hayotida dunyoviylik prinsipi ustun bo‘lib keldi. Ammo islom dinini birinchi navbatda hukmron doiralar tarafidan yagona din (monodin) deb e’tirof etish jamiyat hayotida ulamolar mavqeining yuqori bo‘lishiga tabiiy tarzda olib keldi. Chunki din qoidalarini ishlab chiqish davlat tasarrufida emas, balki yetarli diniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaharliklar – ulamolar qo‘lida edi. Ular, albatta, bu qoidalarni ta’birlash davomida o‘z tabaqasi manfaatlarini esdan chiqarmas edilar. yoki og‘ir va ziddiyatli hollarda shahar ahli qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, hokimu sultonlarni «diniy shiorlar» ostida tartibga chaqirib qo‘yishi ham mumkin edi Mo‘g‘ullar istilosi (1218-1221) natijasida O‘rta Osiyoda o‘rnatilgan siyosiy tuzum oldingilaridan tubdan farq qiladi. Unga Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida shakllangan davlatchilik prinsiplari o‘rniga Markaziy Osiyo ko‘chmanchilik an’analari asos qilib olindi. Barpo etilgan yangi tuzumda dinga, xususan ulamolarga bo‘lgan munosabat butunlay boshqacha edi. O‘rta Osiyo siyosiy hayotida shaharlik aholi ahamiyati pasayib, yangi aholi tabaqasi – chig‘atoylar roli oshib bordi5.4. Qur’on islom dining muqaddas kitobi. Hadislar. Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va hadis to‘plamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ig‘odasini topgan.
Qur’oni Karim ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammadga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob Yer yuzi musulmonlarining dasturulamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur’oni Karim sahifalarini bir kitobga jamlash xalifa Abu Bakr davrida boshlanib xalifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to‘rt nusxada ko‘chirilgan. Ana shu ko‘chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlab kelingan, hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog‘liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanmoqda. Bunday muqaddas kitobning yurtimizda bo‘lishi Ollohning bizning yurtimizga bo‘lgan inoyati deb bilmoq lozim. Qur’oni Karimda 114 sura, 6236 ta oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz Qur’oni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o‘tmishda bir orzu edi, xolos.
Islomning kishilar ongi va turmuSh tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o‘rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik -xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, movlid, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo‘lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, g‘ol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig‘inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan.
Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to‘plami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda Muhammad alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon ettirilgan.
Payg‘ambar s.a.v. davri (610-632). Bu davrda Payg‘ambar s.a.v. hali hayot edilar. Vahiy kelishi davom etayotgan bir davr edi. Ixtilofli va muammoli masalalarni shaxsan u zotning o‘zlari orqali hal etilardi. Muhammad s.a.v. payg‘ambar bo‘lish bilan birga davlat boshlig‘i ham edilar. Barcha huquqiy masalalar, sud jarayonlari, ijro bevosita u zotning boshchiliklarida bo‘lar edi.
Sahobalar davri. Payg‘ambar s.a.v. vafotlaridan keyingi davrda Islom xalifaligi hududi tez sur’atlar bilan kengaya bordi. Andalus, Eron, Iroq, Suriya, Movarounnahr, Misr, Shimoliy Afrika musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Musulmonlar u yerlarga qozilar va faqihlarni yubora boshladilar. Bir-biridan uzoq bo‘lgan yerlarda mustaqil fiqh markazlari paydo bo‘ldi. Bu markazlar bir-biridan ilmiy jihatdan deyarli farq qilmas edi. Madina, Makka, Misr, Kufa, Basra va Shom kabi mahalliy markazlarning urf-odatlari, ehtiyoj va shart-sharoitlari boshqa-boshqa edi. Fiqhni tadbiq etuvchi sahobalar yetuk qobiliyatli, ochiq fikrli va keng dunyoqarashga ega edilar. Ular biror fiqhiy qonun-qoidani joriy etishda albatta o‘sha yer aholisining urf-odati va shart-sharoitlarini hisobga olar edilar. Shu sababdan fiqh ilmi tezlik bilan xalq ziyolilari orasiga singib ketdi.
Sahobalar davrida quyidagi fiqh markazlari shakllandi :
A) Madina maktabi;
B) Makka maktabi;
V) Kufa maktabi;
G) Misr maktabi;
D) Shom maktabi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan ilm markazlarida ta’lim berish uslubi o‘sha o‘lkaning mavjud madaniyati va urf-odatlaridan kelib chiqqan holda bir-biridan bir oz bo‘lsada farq qilar edi. Shuningdek, ibodat va muomala masalalaridagi ijtihodlar (ijtihod – faqihning biror masala yuzasidan chiqargan fatvosi) ham turli shakllarda edi. Bu holat ma’lum o‘lkalarda turli mazhablarning paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Al-Qur’on; As-Sunna; Al-Ijmo‘; Al-Qiyos; Al-Istihson.
Imom Abu Hanifa. Hanafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-A’zam Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (699-767) – g‘orslardan bo‘lib, Umaviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan taba’a tobe’inlardandir. Manbalarda uning otasi Sobit asli Xurosondan ekanligi qayd etiladi. «Abu Hanifaning o‘zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan, shunga ko‘ra, u tobe’inlardan», degan ma’lumotni uchratish mumkin. Uni «ahli ra’y Imomi»,«ahli Iroq faqihi»,«hanafiy mazhabi sohibi» kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug‘ullanish edi. Yoshlik chog‘idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxa’iy va ash-Sha’biydan olgan. Abu Hanifaning yetuk shogirdlaridan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (709-805), Abu Yusuf (731-769)larni alohida aytib o‘tish zarur.
Umuman olganda yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo‘lgan fiqh maktablari, bu maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman bo‘lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg‘ambar s.a.v. davrlaridan toki taqlid davriga bo‘lgan tadrijiy rivojlanishini o‘rganish bizga:
VII-XII asrlardagi ilmiy muhit;
O‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib borgan muhim shaxslar;
XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati;
Buxoro va Samarqand shaharlaridagi an’anaviy fiqh maktablarining o‘ziga xos qirralarini ochish va ularning ahamiyati;
XI-XII asrlardagi faqihlar sulolalarining Movarounnahr fiqh maktabida tutgan o‘rni qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar olishimiz uchun imkon beradi.
Tasavvuf. Asli tasavvuf so‘zi «so‘fiy» so‘zidan, «so‘fiy» so‘zi esa arabcha «so‘f» so‘zidan yasalgan. So‘f deb arablar jundan bo‘lgan matoni aytadilar. Dastlabki davrlarda so‘fiylik yo‘lini tutgan kishilar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tikilgan chakmon (u hirqa deb ham aytilgan) yoki po‘stin kiyib yurishni odat qilganlar. Shuning uchun ularni jun chakmon kiyib Yuruvchilar, ya’ni so‘fiylar deb ataganlar. So‘fiy boshqa odamlardan o‘zini pok va g‘aribona turmuSh kechirishi, doimiy toat-ibodatda bo‘lishi va faqat ilohiy ruhga qo‘shilishni maqsad qilib qo‘yishi bilan tubdan farq qiladi. So‘fiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo‘lmasligi kerak. Yagona istak bu Ollohning diydoriga etishishdan iborat. Faqirlik tuyg‘usiga ega inson na birovga banda-yu, na birovga xoja, u yolg‘iz Ollohga banda, u yolg‘iz Ollohga ehtiyoj sezadi. Hamma narsadan voz kechish, oxir oqibatda o‘zlikdan kechish – so‘fiylik ta’limotining ma’nisi mana shu. Buyuk so‘fiy Boyazid Bistomiy aytadilarki: o‘zingdan o‘tding, Ollohga yetding. Hazrat xoja Bahouddin aytadilarki: Bizning hech narsamiz yo‘q, lekin hech narsadan kamimiz yo‘q. O‘sha «hech»... narsa ketidan yugurib g‘am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go‘riston, agar o‘lsak hech bir motam kerak emas.
Tasavvuf - so‘fiylik insonni o‘rganar ekan, avvalo, kishining ko‘ngliga, diliga tayanadi, ko‘ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko‘ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Olloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.
Movarounnahr tasavvuf ta’limotida Xoja Bahouddin Naqshbandning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligini ham qayd etishimiz lozim. Naqshbandiya ta’limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy ma’no va mohiyatga, hayotiy mazmunga ega.
Naqshbandiya ma’naviy-axloqiy ta’limotida hurfikrlikka keng o‘rin berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o‘z mehnati evaziga halol yashash, noz-ne’matlarni ko‘pchilik bilan baham ko‘rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko‘rishni afzal bilganlar.
Bahouddin Naqshband:”Aybsiz odam yo‘q, shuning uchun agar aybsiz do‘st axtarsak do‘stsiz qolamiz”, - der edilar.
Odamlarga yaxshilik qilish eng yuksak insoniy burch ekanligini ta’kidlab, sham kabi bo‘lgin va odamlarga yorug‘lik ber, o‘zing esa qorong‘uda bo‘l, degan ekanlar.
Xoja Bahouddinning «Ko‘ngil Ollohda bo‘lsin-u, qo‘ling esa ishda» hikmatlarining inson ma’naviy dunyosi takomilidagi ahamiyati beqiyosdir.
Tasavvuf tariqatlari haqida so‘zlaganda Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya haqida ham to‘xtab o‘tishni maslahat beramiz. Biz Najmiddin Kubro siymosida faqat tariqat boshchisini emas, balki o‘z vatanini, xalqini dildan sevgan ingsonni ham ko‘ramiz. 1221-yilda bosqinchi mo‘g‘ul galalari qadami Xorazmga etib boradi. Muhammad Xorazmshoh mamlakatni, fuqaroni o‘z holiga tashlab qochadi. Shu qaltis damlarda Urganchni himoya qilishga 76 yoshlik Najmiddin Kubro boshchilik qiladi va jangda qahramonlarcha shahid bo‘ladi. Uning siymosi xalq qahramoni sifatida asrlar osha yashab kelmoqda.
Adabiyotlar:
1. Abdusamedov A.E. Dinlar tarixi. Toshkent: UzMU, 2004. -208 b.
2. Yuldoshxujaev X. Raximjonov D. Komilov M. Dinshunoslik (ma’ruzalar matni). -Toshkent: ToshDSHI nashriyoti, 2000.
3. Muminov A. va boshq. Dinshunoslik (darslik). -Toshkent: «Mehnat», 2004.
4. Ochildiev A. va boshqalar. Dinshunoslik asoslari (oq‘uv qo‘llanma). - Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matbaa birlashmasi, 2013.
5. Xasanov A. va boshqalar. Islom tarixi (darslik). - Toshkent: Toshkent islom universiteti matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.
6. Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Mansurov A. - Toshkent: SHarq, 2016.
7. Rahimjonov D. Muratov D. Obidov R. M.Alimova. Hadisshunoslik (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. — 268 b.
8. Nizomiddinov H. Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari va Islom/ Nizomiddinov H.F., Hasanov A. - Toshkent: UzR FA davlat Adabiyot muzeyi, 2006. - 152 b.
9. SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Sunniy aqiydalar – Toshkent: Hilol-Nashr, 2015. – 544 b.
10. Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To‘ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: SHarq, 2014. – 536 b.
Download 23.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling