Uyosh kadastri quyosh rаdiаtsiyasi
Download 0.84 Mb.
|
1 2
Bog'liq4-amaliy mashg’ulot Yer yuzаsidаgi quyosh rаdiаtsiyasi.
Quyosh kadastri
Quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tashayotgan energiya yig‘indisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyosh kadastri hisoblanadi. Quyosh kadastri to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi ko‘rsatgichlarga asosan yig‘iladi: - quyosh radiatsiyasining gorizontal tekislikka tushayotgan oylik va yillik yig‘indilari; - gorizontal tekislikka to‘g‘ri normal-urinma holatida tushayotgan quyosh nurlari; - quyoshning nur sochish vaqti. Umuman quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tushayotgan energiya yig‘indisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin: - aniq geografik nuqtadagi ma’lumotlarni hisoblash yo‘li-analitik usul bilan; - qisqa muddatda aniq geografik nuqtada, asbob va jihozlar bilan o‘lchash orqali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot olish bilan; - qabul qilingan yagona usul bilan ko‘p yillik o‘lchashlar o‘tkazgan meteorologik stansiyalarining ma’lumotlari yig‘ilgan ma’lumotnomalardan ma’lumot olish bilan. Quyosh energiyasidan foydalanishni hisoblashda asosan, quyosh nurining 1 m2 maydonga berayotgan energiya iqdori hisobga olinadi. Koinotning atmosfera qatlamidan yuqori qismiga tushayotgan quyosh radiatsiyasining energiyasi 1,395 kVt/m2 ni tashkil qiladi va bu miqdor quyosh doimiysi deb ataladi. Ammo bu miqdor yer yuzasiga yetib kelguncha har xil qarshiliklarga uchraydi hamda yilning fasli va hisob qilinayotgan hududning kengligiga nisbatan uning miqdori o‘zgarib turadi. Masalan, Yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining o‘rtacha intensivligi: - Yevropa mamlakatlarida – 2 kVt soat/m2; - Tropik va Osiyo mamlakatlarida – 6 kVt soat/m2 ga teng. O‘zbekiston Respublikasi serquyosh mamlakatlardan hisoblanadi. Bir yilda o‘rtacha: - 300 kun quyoshli kun hisoblanadi; - 2980-3130 soat temperaturaning o‘rtacha miqdori +420 oS ni, kunning uzunligi 14-16 soatni tashkil qiladi (2.4-rasm); - cho‘l hududlarida temperatura + 700oS gacha ko‘tariladi; - har bir m2 maydonda 1 yilda 1900-2000 kVt gacha quyosh radiatsiyasi hosil bo‘lishi mumkin. 4.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasida hududning kengligi va yilning fasliga nisbatan kunning yorug‘ vaqti Materialshunoslik institutining “Quyosh” ob’ektida bir necha noyob ilmiy qurilmalar mavjud va ular zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, bu yerdagi ilmiy laboratoriyalarda muhim ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Mana shunday noyob ilmiy qurilmalardan biri Quvvati 1000 kVt bo‘lgan Katta Quyosh Sandonidir (KQS). Bunday salobatli qurilma dunyoda 2 ta bo‘lib, ikkinchisi Fransiyaning Odeyo hududida joylashgan. KQS da o‘tgan yillar mobaynida 150 ortiq oksid materiallar sintez qilindi. Bu materiallar funksional, konstruksional va yuqori temperaturali keramika asosini tashkil qiladi va muhim bo‘lgan kerakli hossalarga egadirlar. KQS avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan murakkab optik-mexanik kompleks bo‘lib, prabolik konsentrator, texnologik minora va geliostatlar maydonidan tashkil topgan. Qurilma Toshkent shaxridan 50 km uzoqlikda, Parkent tumanida joylashgan. Hududning geografik kengligi 41.320, uzunligi 69.740 (sharqiy), dengiz sathidan balandligi esa 1050 metrni tashkil etadi. 4.5-rasm. Katta Quyosh qurilmasining umumiy ko‘rinishi Geliostatlar maydoni 8 ta terrasada joylashgan, o‘lchami 7.5x6.5 m bo‘lgan, bir-hil konstruksiyali 62 ta geliostatdan iborat. Har bir geliostat, o‘lchami 0.5x0.5m bo‘lgan 195 ta alohida ko‘zgudan (fseta) tashkil topgan. KQS geliostatlari maydonidagi fasetalarning umumiy soni 12090 ta. KQS hududida 2013 yildan zamonaviy avtomatik meteorologik stansiya ishlay boshladi. Bu stansiya quyosh radiatsiyasini o‘lchash uchun zamonaviy, yuqori aniqlikdagi piranometrlar va pirgeliometrlar bilan jihozlangan. Stansiyada turli meteorologik kattaliklardan (temperatura, bosim, ko‘rish uzoqlik masofasini o‘lchash, yog‘ingarchilik miqdori, shamol tezligi va yo‘nalishi) tashqari, global gorizontal radiatsiya, gorizontal diffuz radiatsiya va normal radiatsiya o‘lchanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling