Uyquning buzilishlari
Gigienik to`liq qimmatli uyqu deyilganda odam yoshiga mos ravishda uyquning davomliligi va chuqurligi aniq belgilangan vaqtda uxlash va uyg`onish tushuniladi. Organizmni to`liq qimmatli dam olishida faqatgana uyquning davomliligi emas balki uning yetarli chuqur bulimi ham muhim o`rinni egallaydi. Chuqur uxlamaslik organizmni yetarli dam olishini ta`minlamaydi. Yetarli uxlamaslik odamni ojiz qilib qo`yadi, ishchanlik qobiliyatini kamaytiradi, turli fojialarga sabab bo`ladi. Hozirgi kunda aholining ko`p qismi 1,5-2 soat kam uxlaydi. Hayotning jadalligi, markaziy nerv sistemaga axborotlarni nihoyatda ko`p kelishi uxlashga xalaqit beradi.
Odamning to`yib uxlamasligi, uyqu qarzdorligini ortirib yuboradi, buning oqibatida aqliy va jismoniy ish faoliyati susayib ketadi. Uyqu qarzdorligidan qutilish uchun odam yetarli darajada uxlapsh kerak.
Mutaxasisslar uyqu buzilishining 15 dan ortiq turini ajratadilar. Ulardan eng havflisi uxlab yotganda vaqti bilan nafasning to`xtab qolishidir. Bu xolat ko`krak yoshdagi bolalarda ko`proq uchraydi, bu bolalarni to`satdan o`lib qolishiga sabab bo`ladi. Uyqu bo`zilishlariga katta ijtimoiy muammo deb qarash ularni o`rganish va davolashga yetarli ahamiyat berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |