Uzatish xarakteristikalar, ikki qutbli sxemalar, parallel va ketma ketli rezonans, quvvatni maksimal uzatish va o‘zaro induksiya


Download 188.82 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi188.82 Kb.
#1133325
Bog'liq
6-Mustaqil ishi

Uzatish xarakteristikalar, ikki qutbli sxemalar, parallel va ketma ketli rezonans, quvvatni maksimal uzatish va o‘zaro induksiya.

  • Ikki qutbli to‘g‘rilagich sxemasi yordamida har xil qutbli ikkita to‘g‘rilangan kuchlanish olish mumkin Sxemaning ahamiyatli tomoni shundaki, unda umumiy chiqish (erga ulanish) ga nisbatan sxemaning chiqishida ikkita har xil qutbli kuchlanish olish mumkinligidadir. Ushbu sxemani o‘ziga xos shaklda ulangan ikkita ikki yarim davrli ko‘priksimon to‘g‘rilagich sifatida qarash mumkin. Sxema ikki qutbli ta’minot manbalarida keng qo‘llaniladi. Manfiy kuchlanish stabilizatorlari, ikki qutbli stabilizatorlar (umumiy chiqishga nisbatan simmetrik musbat va manfiy kuchlanishli), ko‘p kanalli (bir nechta turli chiqish kuchlanishi qiymati bilan ta’minlaydigan) stabilizatorlar ham ishlab chiqariladi. Uchta chiqishli stabilizatorlarning katta qismi chiqish kuchlanishining o‘rnatilgan qiymatlari bo‘yicha 5 V dan 24 V gacha qilib tayyorlanadi. Integral stabilizatorlarning qo‘llanilishi stabillangan ta’minot manbaini qurish masalasini 85 ancha soddalashtiradi. Ikkita uchta chiqishli stabilizatordan foydalanib, ikki qutbli ta’minot manbaini qurish mumkin (4.17- va 4.18-rasm). Xuddi shunday 4.18- rasmdagi sxema o‘xshash manfiy kuchlanish stabilizatorli ikki qutbli TMni qurish mumkin.

Ikki qutbli to’g’irlagich sxemasi.

Kuchlanishlar rezonansi. R, L va C lar ketma–ket ulangan holatdagi rezonansni kuchlanishlar rezonansi deb ataladi. Elektr zanjirida reaktiv unsurlardagi kuchlanishni ta’minot ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortib ketishi quyidagi shart qanoatlantirganida o‘rinli bo‘ladi:Mazkur ifoda (15.10) induktivli va sig‘imli qarshiliklarga ulanish nuqtasidagi kuchlanishni to‘liq zanjirning ta’minoti ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortish karraligini ifodalaydi. Q ga teskari bo‘lgan hamda rezonansli xossalarni tavsiflovchi quyidagi kattalik d= konturning so‘nishi deb ataladi.


Download 188.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling