Uzauto motors


Download 330.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana26.03.2023
Hajmi330.98 Kb.
#1297749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ustav uz

7-MODDA. 


JAMIYATNING AKSIYALARI 
7.1. 
Jamiyat oddiy va imtiyozli Aksiyalarni ularni chiqarish to’g’risidagi qarorda, 
mazkur Ustav va Qonunchilikda belgilangan tartibda, muddatlarda va shartlarda chiqarishga haqli. 
Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav 
kapitalining) yigirma besh foizidan oshmasligi kerak. 
7.2. 
Jamiyatning barcha joylashtirilgan Aksiyalari oddiy, nominal, hujjatsiz shaklda 
chiqarilgan deb hisoblanadi. 
7.3. 
Jamiyat tomonidan joylashtirilgan Aksiyalarning umumiy soni har birining nominal 
qiymati 5 000 (besh ming) So‘m bo‘lgan 270 000 000 (ikki yuz yetmish million) dona oddiy 
egasining nomi yozilgan aksiyalarga teng. 
7.4. 
Jamiyat Aksiyalarni Jamiyat Aksiyadorlari o’rtasida ochiq va yopiq obuna yo’li 
bilan joylashtiradi, yopiq obunani o’tkazish imkoniyati Qonunchilik bilan chegaralangan holatlar 
bundan mustasno. 
Aksiyalarning ochiq obunasi faqat tashkil etilgan qimmatli qog’ozlar savdolarida 
o’tkaziladi. 
7.5. 
Jamiyat Aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni Qonunchilik
va mazkur Ustavda nazarda tutilgan tartibda chiqarishi mumkin. 
Aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qog’ozlarning chiqarilishi mazkur 
chiqarilishni to’xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar jamiyat tomonidan bartaraf etilmagan, 
shuningdek mazkur chiqarilishdagi aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qog’ozlarning 
oltmish foizidan kam qismi ularni chiqarish to’g’risidagi qarorda belgilangan muddatda xususiy 
joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. 
Tashkil etilgan qimmatli qog’ozlar savdolarida aksiyalar va boshqa emissiyaviy qimmatli 
qog’ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda ularning chiqarilishi, joylashtirish hajmidan qat’iy 
nazar, amalga oshgan deb e’tirof etiladi. 
7.6. 
Aksiyalarga haq to’lash quyidagi shaklda amalga oshirishi mumkin: 

Pul mablag’lari bilan; 

Mulkning har xil turlari bilan

Huquqlar, shu jumladan pul bahosiga ega bo’lgan mulkiy huquqlar, shu jumladan 
Intellektual mulk ob’ektlariga bo’lgan huquqlar bilan. 

Download 330.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling