4-Amaliy mashg’ulot. Yo`L qurilishda shartnoma munosobatlari, tender va tanlov savdolari talabgorga qo`yiladigan malaka talablari


Download 199.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi199.73 Kb.
#1528388
  1   2
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot (6) (2)



4-Amaliy mashg’ulot. YO`L QURILISHDA SHARTNOMA 
MUNOSOBATLARI, TENDER VA TANLOV SAVDOLARI 
TALABGORGA QO`YILADIGAN MALAKA TALABLARI 
Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga quyidagi malaka talablari 
qo`yiladi: 
tanlov savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma 
mablag`larning yoki ko`rsatib o`tilgan mablag`larni berishga bank kafolatnomasi
ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo`lgan mehnat resurslari va 
mutaxassislarning mavjudligi; (O`zR VM 28.11.2008 y. 261-son Qarori tahriridagi 
xatboshi) 
shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala huquqiy layoqat va vakolatlar; 
ustav sarmoyasining miqdori
tanlov ob’ektiga o`xshash ob’ektlarda ishlash tajribasining mavjudligi; 
o`z kuchlari bilan ilgari bajarilgan ish hajmlari to`g`risidagi ma’lumotlar; 
tanlov ob’ektida o`z kuchlari bilan bajariladigan ishlarning mo`ljallanayotgan hajmi 
(foizlarda). 
Tanlov savdolarida qatnishish talabgoriga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan boshqa 
talablar ham qo`yilishi mumkin. 
Agar tanlov savdolari predmeti hisoblanadigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan bog`liq 
faoliyat qonun hujjatlariga muvofiq lisenziyalanishi kerak bo`lsa belgilangan tartibda berilgan 
tegishli lisenziyaga ega bo`lgan talabgorlar tanlov savdolarida qatnashishga qo`yiladi. 
Tanlov komissiyasi talabgor (oferent)dan uning malaka ma’lumotlariga muvofiqligini 
tasdiqlovchi dalillarni hujjatli shaklda taqdim etishni talab qilishga haqlidir. 
Talabgorlarga tanlov savdolarida qatnashishga malaka talablari tanlov hujjatlari tarkibida 
ko`rsatib o`tiladi. 
Malaka talablariga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni 
baholash tanlov hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Tanlov komissiyasi: 
talabgorlarning o`z intellektual mulkini yoki tijorat sirini muhofaza qilish 
huquqini buzishga; 
talabgorlar (oferentlar)ning tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan malaka 
ma’lumotlariga nisbatan mezonlar va talablarni belgilashga haqli emas. 
Quyidagilarning: 
ta’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda 
ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bog`liq bo`lgan 
qurilish tashkilotlarining; 
markazlashtirilgan kapital qo`yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan 
ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Qurilish-pudrat 
tashkilotlari reestriga kiritilmagan qurilish tashkilotlarining tanlov savdolarida 
qatnashishi taqiqlanadi. 
Buyurtmachining tor ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlari ochiq tanlov 
savdolarida umumiy asoslarda qatnashadilar, yopiq tanlov savdolarida esa tanlov 
savdolari tashkilotchisi kamida ikkita chet qatnashchini taklif qilishi shart. 
Malaka ma’lumotlari to`g`risida noto`g`ri axborot aniqlangan taqdirda tanlov 
komissiyasi qarori bilan talabgor (oferent) bundan keyin tanlov savdolari tartibotida 
qatnashishdan chetlatiladi. 


Malaka ma’lumotlari to`g`risida tanlov savdolari natijasiga ta’sir qilmaydigan 
unchalik muhim bo`lmagan noaniqliklar mavjud bo`lgan axborotni taqdim etgan 
talabgor (oferent)ga tanlov komissiyasi qarori bilan aniqlangan noaniqliklarni uning 
ofertasini ko`rib chiqish davomida tuzatishiga ruxsat etilishi mumkin. 
Qayta tashkil etish (bo`linish, birlashish), tugatish yoki bankrotlik bosqichida 
bo`lgan, mulki xatlab qo`yilgan talabgorlar tanlov savdolari tartibotlarida 
qatnashishga qo`yilmaydi. 

Download 199.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling