4-Amaliy mashg’ulot. Yo`L qurilishda shartnoma munosobatlari, tender va tanlov savdolari talabgorga qo`yiladigan malaka talablari
Yo`l qurilishda tanlov savdolari va ularni o`tkazish tartibi
Download 199.73 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-amaliy mashg\'ulot (6) (2)
Yo`l qurilishda tanlov savdolari va ularni o`tkazish tartibi. TANLOV SAVDOLARINI O`TKAZISHGA TAYYORGARLIK Tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari to`g`risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi yoki potensial pudratchilarga (etkazib beruvchilarga) tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma jo`natadi. Tanlov savdolari o`tkazilishi to`g`risidagi e’londa yoki tanlov savdolarida qatnashishga taklifnomada quyidagi ma’lumotlar bo`lishi kerak: tanlov savdolari tashkilotchisining nomi va manzili; tanlov savdolari predmetini mablag` bilan ta’minlash manbalari; tanlov savdolari predmetining tavsifi va uni sotish joyi; tanlov savdolari predmetini sotish muddati; talabgorlarga qo`yiladigan asosiy shartlar; tanlov hujjatlarini sotib olish joyi va uning uchun to`lov miqdori; ofertalarni taqdim etish joyi, oxirgi kuni va vaqti; ofertalarni ochish joyi, kuni va vaqti. Tanlov savdolari va /yoki talabgorning malakasini oldindan aniqlash to`g`risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida chop etiladi. Buyurtmachining qaroriga ko`ra xorijiy pudratchilar (etkazib beruvchilar) tanlov savdolarida qatnashishga taklif etilishi mumkin. Bunda mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilari, xizmatlar ko`rsatuvchilari) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan narx preferensiyalari shuningdek qonunchilikka muvofiq kichik biznes sub’ektlari uchun ajratiladigan kvotalar miqdorlari to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lgan e’lon, qoidaga ko`ra, eng ommaviy davriy nashrlarda, gazetalarda, web-caytda va /yoki BMTning Development Business nashrida, shuningdek xorijiy mamlakatlarning elchixonalari orqali taklifnomalar jo`natish vositasida amalga oshiriladi. (O`zR VM 01.04.2011 y. 100-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) Ofertalarni taqdim etish muddati e’lon ommaviy axborot vositalarida berilgan kundan boshlab kamida o`ttiz kunni yoki taklifnomalar jo`natilgan kundan boshlab o`ttiz besh kunni tashkil etishi kerak. (O`zR VM 28.11.2008 y. 261-son Qarori tahriridagi band) Meliorasiya ob’ektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari ob’ektlari uchun ofertalarni taqdim etishning eng qisqa muddati ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab 15 kunni yoki taklifnomalar jo`natilgan kundan boshlab 20 kunni tashkil etadi. (O`zR VM 28.11.2008 y. 261-son Qarori tahriridagi xatboshi) Tanlov savdolari o`tkazilishi to`g`risidagi e’lon faqat tanlov hujjatlariga ijobiy ekspert xulosasi mavjud bo`lgan taqdirdagina chop etilishi mumkin. Download 199.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling