O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
«IQTISODIY XAVFSIZLIK » KAFEDRASI
Fan: “MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT”
ORALIQ NAZORAT
Yozma Ish varianti-15
Bajardi: J.D.Umarkulov
Tekshirdi: A.T.Umirov
Toshkent-2023
Yozma Ish Varianti-15 - Yozma Ish Varianti-15
- 1. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish.
- 2. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
- 3. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish. - Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha oʻsishini ta’minlasa ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jahon narxlari Pw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan boʻlar edi. Mamlakat farovonligidagi mutlaq yoʻqotish esa «b» sohasidangina iborat boʻladi. Ayni paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin boʻladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan soʻng ularni bekor qilish qiyin boʻladi, raqobat muhiti yoʻqoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pulkredit siyosatlari qoʻllaniladi. Ushbu siyosatlarni qoʻllashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq farovonligini oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |