7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili


Download 91.02 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi91.02 Kb.
#1637567
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili (1)


7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili
7.1 Tender savdosining turlari va tanlov usullarii va tanlov asosida tashkil etiladigan savdo turlari.
7.2. Tovarlar etkazib berish bо‘yicha savdolar. G‘olibni aniqlash omillari. Xalqaro va milliy yondoshuv.
7.3 Bajariladigan ishlar bо‘yicha savdolar. Baholash omillarining nisbati. Xalqaro va milliy qonunchilik: umumiylik va farqlari.
7.4 Kо‘rsatiladigan xizmatlar bо‘yicha savdolar. Uning о‘ziga xos xususiyati. Baholash omillarining nisbati. Huquqiy kо‘rsatmalar.


7.1 TENDER SAVDOSINING TURLARI VA TANLOV USULLARII VA TANLOV ASOSIDA TASHKIL ETILADIGAN SAVDO TURLARI.

Tender savdolari - dunyo amaliyotida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid etishning asosiy instrumenti sifatida qaraladi. Savdolarni tashkil etishning tartibi va shartlari umumiy qabul qilingan xalqaro meyorlar va qoidalar bilan tartibga solinib turiladi. Ushbu qoidalar yirik xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, donorlik agentliklari tomonidan xarid etish jarayonlarida yaqqol nomoyon bо‘ladi. Bundan tashqari, tenderlar orqali tovarlar va xizmatlarni xarid etish usullari har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, soha meyorlari va boshqa majburiy, tavsiya etiladigan hujjatlar bilan begilab beriladi.


Tender savdosidan kо‘zlangan asosiy maqsad, tovarlar va xizmatlarni past baholarda hamda optimal sifat kо‘rsatkichlari asosida sotib olishdan iborat. Bundan kо‘rinib turibdiki, tender savdolarida g‘olibni aniqlovchi asosiy omil – nomzod taqdim etgan taklifda sifat va baho kо‘rsatkichning nisbati hisoblanadi. Ammo, ushbu ikki kо‘rsatkichning nisbati sovdo predmetidan (tovarlar yoki xizmatlar) va ayrim olingan savdolarni о‘tkazishda ishlatiladigan tender hujjatlari yо‘riqnomalaridan kelib chiqib, turlicha bо‘lishi mumkin.
Tender savdolarida g‘olibni aniqlash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi – baho asosida tanlash (inglizchada, cost based selection - CBS) va sifat asosida tanlash (inglizchada, quality based selection - QBS). Savdo natijalarini umumlashtirarkan, tender tashkilotchilari, ushbu ikki usulni birgalikda qо‘llash orqali xulosa chiqaradilar. Bunda tovarlar yetkazib berish taklifni baholashda baho va sifat omillarining nisbati, xizmatlar kо‘rsatishdagi ushbu omillar nisbatini baholashdan tubdan farq qiladi.
Tender savdolarining, yoki о‘zbek tilidagi nashrlarda uchraydigan “tanlov” asosida tashkil etiladigan savdolarning bir-nechta turlari mavjud (quyidagi 10-chizma).
Savdolar ishtirokchilarga kо‘ra (ochiq, yopiq va boshqalar), ishtirok etishga ruxsat berilishiga kо‘ra (malakaviy tanlov asosida yoki ushbusiz), geografik belgilariga kо‘ra (xalqaro, milliy, mahalliy), tanlab olish jarayoniga kо‘ra (oddiy, soddalashtirilgan) va boshqalar. Shuningdek, savdolarning klassifikatsiyasining yana bir turi bu – uning predmetiga qarab, masalan, tovarlar yetkazib berish uchun, bajariladigan ishlar va xizmatlar kо‘rsatish uchun kabi turilarga bо‘linadi.
Mazkur klassifikatsiya quyidagilarni nazarda tutadi:

Download 91.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling