7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Tovarlar yetkazib berish uchun savdolar
Download 91.02 Kb.
|
7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanlov asosida tashkil etiladigan savdo turlari savdolar ishtirokchi-lariga kо‘ra
- Xizmatlar kо‘rsatish uchun savdolar
Tovarlar yetkazib berish uchun savdolar –davlat va xususiy sektor uchun sanoat va boshqa tovar mahsulotlarini xarid etishda ishlatiladi. Savdoning predmeti bо‘lib, asbob-uskunalarni ishlab chiqish, tayyorlash, yetkazib berish, montaj va uni ishga tushirish, shuningdek, yetkazib berilgan tovarlarni keyingi ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq qо‘shimcha vazifalar, masalan, texnik xizmat kо‘rsatish, ta’mirlash, personalni о‘qitish va sotuvdan keyingi xarajatlar. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va mol yetkazib beruvchidan iborat.
10-chizma Tanlov asosida tashkil etiladigan savdo turlari savdolar ishtirokchi-lariga kо‘ra
Bajariladigan ishlar uchun savdolar – pudrat savdolari sifatida ma’lum bо‘lib, qurilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda pudratchilarni yollash hamda kerakli xizmatlarni bajarish, masalan, kafolat muddati davomida obyektni ta’mirlab borish, personalni ekspluatatsiya xizmatlariga о‘qitish va boshqalardan iborat. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va pudratchilardan iborat. Xizmatlar kо‘rsatish uchun savdolar – texnik-iqtisodiy, ekologik va turli ekspertiza, loyiha ishlari, qurilish loyihalari, ishlarni sifatini nazorat etish, ma’lum tadqiqotlarni amalga oshirish kabilar uchun injener, yuridik, moliya-iqtisodiy va boshqa xizmatlarga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Savdo ishtirokchilari – buyurtmachi va maslahatchilardan iborat. Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, savdolar turli xil tusga ega. Sanab о‘tilgan savdolar uchun, dunyo amaliyotida о‘ziga xos tender va shartnoma hujjatlari mavjud bо‘lib, uning tarkibi va ma’nosi, yirik xalqaro moliya tashkilotlari (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa hamjamiyati komissiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va hakozolar) tomonidan ishlab chiqilgan yо‘riqnomalar, har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, meyoriy va uslubiy kо‘rsatmalari bilan muvofiqlashgan. Savdo predmetining turlichaligidan, baho va sifat omillarini turli nisbatlaridan foydalanuvchi baholash usullari mos ravishda ishlatiladi. Tender savdolari tarixida, faqatgina, eng past sо‘ralgan baholarga asoslanib g‘olibni aniqlash davrlari ham yuz bergan. Ushbu tanlov usuli judda oddiy va samarali bо‘lgan. Ammo, buyurtmachilar eng past narxlar bu talab etiladigan sifat emasligini tezda tushunib yetganlar, va faqatgina, savdoda ishtirok etayotgan mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va maslahatchilar buyurtmachiga о‘zlarining yuqori sifat kо‘rsatkichlari bilan oldindan ma’lum bо‘lgan holatgina bundan mustasno. Shu sababdan, tender savdolarining rivojlanib borishi bilan, buyurtmachilar tanlov hujjatlarida sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha qator talablarni qо‘yishga majbur bо‘ldilar va ushbu kо‘rsatkichlar kо‘pchilik holatlarda tanlovning asosiy mezoni bо‘lib qolmoqda. Xalqaro moliya tashkilotlarining yо‘riqnomalari va tovar hamda xizmatlarni xarid qilish bо‘yicha namunaviy hujjatlarida, yirik xaridlar uchun tenderlarni amalga oshirishda baho omili bilan bir qatorda sifat omillariga ham katta e’tibor berish talab etiladi. Miqdoriy ifodalash mumkin bо‘lmaydigan xarid turlari uchun tanlovlarda sifat omilining nisbati ancha yuqoridir. Boshqacha qilib aytiladigan bо‘lsa, xarid predmetini qanchalik aniq va tо‘liq ifodalash mumkin bо‘lsa, bunday holatlarda baho omilining nisbati sifat omiliga qaraganda yuqori bо‘ladi. Tender takliflarini baholash amaliyotida baho va sifat nisbati quyidagicha ifodalanadi, masalan, 70:30, 80:20 va hakazo. Ayrim olingan savdo turlari uchun bunday nisbat buyurtmachi tomonidan tender hujjatlarida oldindan belgilab qо‘yiladi va natijalarni baholashda majburiy mezon hisoblanadi. О‘z navbatida, savdo natijalarini baholashda boshqa baholovchilar dunyo amaliyotida qо‘llanilib kelingan tajribalarga asoslangan nisbatlarni aks ettiruvchi о‘z uslubiyotlaridan foydalanishadilar. Download 91.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling