7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili


BAJARILADIGAN ISHLAR BUYICHA SAVDOLAR


Download 91.02 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi91.02 Kb.
#1637567
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili (1)

BAJARILADIGAN ISHLAR BUYICHA SAVDOLAR

Pudrat ishlarining kompleks tusga ega ekanligi, qator noma’lum va о‘zgaruvchan о‘lchamlarning mavjudligi sababdan ushbu ishlarni batafsil ifodalash ancha murakkab holatdir. Pudrat savdolari bо‘yicha tender hujjatlari ancha katta hajmda bо‘ladi va bir-nechta bо‘limlarni tashkil etadi. Ushbu hujjat tо‘plami – tenderda ishtirok etuvchi talabgorlar uchun yо‘riqnoma, loyiha yechimi (chizmasi), ishlar bajarilishining texnik shartlari, smeta va boshqa hujjatlardan tashkil topadi. Savdolarga tayyorgarlik paytida bunday katta hajmdagi hujjatlarni tayyorlash ancha katta hajmdagi mehnat, qimmat turuvchi va uzoq muddatga chо‘ziluvchi jarayon hisoblanadi. Shunga qaramay, bahoga asoslangan tanlovga imkon beradigan savdolarni tashkil etish maqsadida, buyurtmachilar bajarilishi talab etiladigan ishlarni iloji boricha, batafsil ifodalashga ancha mablag‘ sarflaydilar.
Jahon bankining yо‘riqnomasining 2.52 punktida: “....bajariladigan ishlar bо‘yicha shartnomalar uchun takliflarni baholash faqatgina pul kо‘rinishida amalga oshiriladi....” deb aniq keltirib о‘tilgan. Keyingi 2.58 punktda: “...buyurtmachi, о‘rnatilgan standartlarga mos imkoniyatlar va resurslarga ega bо‘lgan savdo ishtirokchisi bilan shartnoma tuzadi. Bunday taklif: 1) savdo hujjatlarida kо‘rsatilgan talablarga javob berishi; 2) eng past baholash qiymatiga ega bо‘lishi zarur.....”.
Bu yerda ham biz eng past baho (baholash qiymati) tushunchasiga tо‘qnash kelamiz. Ammo Jahon bankining ishlarni xarid qilish bо‘yicha tender namunaviy hujjatlarining (Standard Bidding Documents – procurement of works) 31–punktiga “Takliflarni solishtirish va baholash” e’tibor berilsa, eng past baho, bu yerda pudratchi tomonidan arizada kо‘rsatilgan baho, arifmetik xatolar, kо‘zda tutilmagan xarajatlar kabilarni kо‘zda tutuvchi tuzatishlarni hisobga olish bilan aniqlanadi. Bu ta’rif, pudratchi tomonidan taklif etilishi mumkin bо‘lgan sifat omilini inobatga olish haqida kо‘rsatma bermaydi.
“Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) tomonidan moliyalashtiriladigan xarid loyihalari uchun qoida va prinsiplar” (Procurement Policies and Rules for Projects financed by the European Bank for Reconstruction and Development) hujjatining 3.30–moddasida shunday deyiladi: “... о‘z tanlov arizasiga kо‘ra, baholashning aniq mezonlari nuqtai nazaridan, tanlov hujjatlarida о‘rnatilgan talablarga javob beradigan, hamda iqtisodiy tejamkor va shuning bilan birga, shartnomani tо‘liq bajarishga qodir bо‘lgan tanlov ishtirokchisi bilan shartnoma tuziladi”. Yо‘riqnomaning mazkur moddasining e’tiborli tomoni shundaki, unda nafaqat baho mezoni, balki tanlov ishtirokchisining pudrat ishlarini bajara olish imkoniyati ham baholanadi. Ya’ni baholovchilar pudratchi taklifining texnik jihatlarini (ish jadvali va uni tashkil etish, asbob-uskunalarning mavjudligi va holati, boshqaruv personalning tajriba hamda kvalifikatsiyasi va boshqalar) tahlil etishi lozim. Xalqaro savdolar amaliyotida bunday tahlil-texnik tahlil sifatida ma’lum bо‘lib, bunday tahlil sifat kо‘rsatkichlarini solishtirishdan iborat va u baho omiliga aloqador emas.
Yevropa Komissiyasining 1999 yildagi “Komissiyaning uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlik qilish maqsadida ishlar, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish uchun tuziladigan shartnomalari” (Manual of Instructions. Contracts for works, supplies and services concluded for the purposes of Community cooperation with third countries) yо‘riqnomalar tо‘plami Yevropa Komissiyasining rivojlanayotgan davlatlarda amalga oshirayotgan loyihalarida keng qо‘llaniladi. Mazkur hujjatning 20.10.1 moddasida: ““iqtisodiy jihatdan eng foydali taklif”ni taqdim etuvchi, ya’ni texnik baholash paytida texnik talablarga mos deb topilgan, boshqa takliflardan qimmat bо‘lmagan taklif beruvchi muvaffaqiyatli talabgor deb tushuniladi”. Bu yerda biz, Jahon bankining hujjatlarida uchramaydigan, tender takliflarining texnik baholash haqidagi kо‘rsatmaga duch kelamiz.
Savdolarda, shuningdek, Injener-maslahatchilar xalqaro federatsiyasining (Federation Internacionale des Ingenieurs - Conseils) “Tender jarayonlari” (tendering procedures) nomli hujjati keng qо‘llanilib, ushbu hujjat ishlarni xarid etish savdolarini о‘tkazish tartibini belgilab beradi. Mazkur hujjatning 11.0 moddasi “Takliflarni baholash” deb nomlanib, u talabgor taklifini moliyaviy, texnik va shartnomaviy-ma’muriy baholashni kо‘zda tutadi. Bundan tashqari, 4–modda “Taqdim etiladigan hujjatlar”ni tushuntirib, unda asosiy taqdim etiladigan hajjatlar bilan bir qatorda: subpudratchilar va ular bajaradigan ishlar hajmi haqida axborot, ishni bajarishga jalb etiladigan asbob-uskunalar hamda pudratchining asosiy personali haqida ma’lumotlar pudratchi tomonidan kо‘rsatilishi kerak. Bu turdagi barcha ma’lumotlar sifat kо‘rsatkichlari bо‘lib, ular tender takliflarini baholashda, talabgorning baho taklifi bilan bir qatorda e’tiborga olinadi.

Shunday qilib, Jahon bankining tegishli yо‘riqnomalarida baho kо‘rsatkichi asosida pudratchilar taklifini baholash haqida tavsiya berilsada, boshqa xalqaro hujjatlarda texnik, ya’ni sifat kо‘rsatkichlari asosida ham baholashning zarurligi ta’kidlanadi. Bu savdolarni о‘tkazishda pudratchilarni ham baho, ham sifat omilini e’tiborga olish zarurligini kо‘rsatadi.


Amalda konvertlar ochilgandan sо‘ng, qisqa tekshirish va taklif etilgan baholar e’lon qilinadi va baholovchilar hujjatlarning tо‘liqligi, arifmetik aniqlik, taklif tarkibida qо‘shimcha shartlar va muqobil variantlar borligini tekshirishga kirishadilar. Shundan sо‘ng taklifning tanlov hujjatlarida kо‘rsatilgan shartlarga mosligi aniqlansa, yuqoridagi qoidalarda keltirilganidek, uning baholangan qiymati aniqlanadi va baho kо‘rsatkichlari asosida holat о‘rganiladi. Bunday holatlarda, tajribali baholovchilar juda yuqori va juda past baho taklif etadigan ishtirokchilar arizalarini keyingi kо‘rib chiqishni tо‘xtatadilar. Chunki oxir-oqibatda bunday arizalar yoki baho kо‘rsatkichi bо‘yicha (eng yuqori baho taklifi), yoki sifat kо‘rsatkichi bо‘yicha (eng arzon baho taklifi) nomaqbul deb topiladi. Eng past baho taklifiga nisbatan norasmiy hisoblanadigan bunday amaliy qoidaning mavjudligining о‘zi ham, pudrat ishlarini bajarishda bahoga asoslangan tanlovning hal qiluvchi emasligidan guvohlik beradi.
Ushbu bosqichdan sо‘ng, pudrat ishlarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan, yuqorida kо‘rib о‘tilgan sifat kо‘rsatkichlari kо‘rib chiqiladi va taklifni texnik baholash amalga oshiriladi. Shunday holatlar ham ma’lumki, past baholi takliflar ham asosiy vositalarning yо‘qligi yoki eskirganligi sababli, ba’zan rahbarlik xodimlarining past malakaliligi tufayli muvaffaqiyat qozonmaydilar. Ba’zi holatlarda, pudratchi о‘z taklifida qurilish jarayonini yetarlicha asosli rejalashtira olmagan va uni amalga oshirish uchun zaruriy tashkiliy tuzilma va tadbirlarni oldindan kо‘ra olmaganligi ma’lum bо‘ladi. Ushbu sabablarning barchasi, past baholar taklifi berilishiga qaramay, pudratchi taklifidan voz kechishga olib keladi.
О‘zbekistonda tanlov hujjatlarining texnik qismiga talablarni hamda markazlashtirilgan manbalar (davlat byudjeti mablag‘lari, byudjetdan tashqari jamg‘arma va Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan alohida tarmoqlar va tashkilotlarning maxsus jamg‘armalari, О‘zbekiston Respublikasi Huqumati kafolati yoki uning nomidan jalb etiladigan chet el kreditlari, О‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari) davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar va xizmatlar tanlov hujjatlarini baholash, Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida" 2003 yil 3 iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan "О‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari tо‘g‘risida nizom"ga asosan amalga oshiriladi. Bunday turdagi tanlovda sifat omilining usutvorligini quyidagi: “...savdo ishtirokchilariga qо‘yiladigan talablarga amal qilinganligi (litsenziya, yetarli ish tajribasining borligi, moliyaviy holati, texnika bilan jihozlanishi, savdoning aniq inshootlariga qarab boshqa malaka talablari)”, yoki: “...takliflarni texnik32 va moliyaviy baholashda mezonlarni qо‘llashning xolisligi va ularning ahamiyati” punktlarida kuzatish mumkin.
Pudrat ishlari buyicha tanlovlarni tashkil etishning nazariy va amaliy tajribasi shundan dalolat beradiki, baholar asosida tanlash usuli tanlovlarda g‘olibni aniqlaydigan yagona maqbul usul emas, balki u baholashning sifat omillari bilan birga qо‘llaniladi. Ishlarni xarid qilish bо‘yicha savdolarda baho-sifat nisbati, odatda, 60:40, ayrim hollarda – talabgorlarga kо‘plab qо‘shimcha talablar mavjud bо‘lganda 50:50 ni tashkil etadi.
О‘z-о‘zidan, baho va sifat о‘rtasidagi bunday nisbat shartli bо‘lsada, tender savdolarida yirik hajmdagi pudrat ishlari taklifini baholash, hech qachon talabgor taklif etgan baholar asosida emas, balki baho va sifat deyarli teng kо‘rsatkichlarga ega bо‘lgan, baho va sifat omillarini birgalikdagi tahlili asosida aniqlanadi.




    1. Download 91.02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling