1. Kirish. Qoidalarda qabul qilingan asosiy tushinchalar va atamalar
Download 61.29 Kb.
|
Маъруза №1
MA’RUZA № 1 MAVZU: KIRISH. QOIDALARDA QABUL QILINGAN ASOSIY TUSHINCHALAR VA ATAMALAR. QOIDALARNING QO‘LLANISH SOHASI VA TARTIBI. Mashg’ulot rejasi: 1. Kirish. 2. Qoidalarda qabul qilingan asosiy tushinchalar va atamalar 3. Umumiy qoidalar KIRISH Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davkontexnazorat Xay’atining 1996 yil 12 yanvardagi 1-sonli baYoni bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 30 yanvarda 169-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan «Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishda xavfsizlik qoidalari»ning asosiy qoidalarini hisobga olgan holda ishlab chiqildi. Qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan qoidalarni qayta ishlash zarurligi hakidagi O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi (26.07.2007 y. 19-578 - sonli xat), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (17.07.2006 y. 20-17-23/14 - sonli xat), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining(28.07.2006 y. 06/53-9 – sonli xat, 22.05.2007 y. 06/1-717 - sonli xat) qarori asos bo‘ldi. Qoidalarni qayta ishlashda keyingi yillardagi respublikaning qonun hujjatlari, texnika va foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olish texnologiyasida sodir bo‘lgan o‘zgarishilar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidagi mafaatdor vazirliklar, idoralar va qayta ishlovchi korxonalarning muhozalari va takliflari hisobga olindi. Mazkur qoidalarning talablari korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda (mulk shaklidan qat’iy nazar), foydali Qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishda band bo‘lgan mansabdor shaxslar va ijrochilar tomonidan bajarilishi uchun, shuningdek ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish va boshqa tashkilotlar va muassasalarning xodimlari uchun majburiy. Mazkur qoidalr kiritilishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davkontexnazorat Xay’atining 1996 yil 12 yanvardagi 1-sonli baYoni bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 30 yanvarda 169-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan «Foydali qazilma konlarini ochiq usul bilan qazib olishda xavfsizlik qoidalari»ning amal qilishi to‘xtatiladi. Download 61.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling