1. Kirish. Qoidalarda qabul qilingan asosiy tushinchalar va atamalar


Download 61.29 Kb.
bet8/9
Sana24.01.2023
Hajmi61.29 Kb.
#1114076
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза №1

47. Quyidagilar:
a) pog’onalardagi qulash prizmalari chegaralarida va pog’anani Yon yuzasidan kon massasi bo‘laklari sirpanib boradigan hududda odamlarni turishlari;
b) pog’onalarda ilashib Yoki osilib turgan kon massalari, shuningdek qor va muzlar mavjud bo‘lganda ishlash taqiqlanadi. Ularni Yo‘qotish imkoni bo‘lmasa xavfli zogadagi barcha ishlar to‘xtatilishi, odamlar chiqarilishi, xavfli uchastka atrofiga ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilishi kerak;
v) kon-transporti jihozi ishlaYotgan paytda kabina va tashqi maydonchada begona shaxslarning turishi taqiqlanadi.
48. Temir Yo‘l ustidan karyerga buldozyer, avtomashina va boshqa g’ildirakli, zanjirli Yoki qadamlovchi mashinalarni o‘tishiga maxsus jihozlangan va ko‘rsatgichlar bilan belgilangan joylarda ruxsat byeriladi.
Konchilik ishlarini bajarish bilan bog’liq ravishda kon-transporti jihozini temir Yo‘l ustidan o‘tishiga korxona bosh muhandisi tasdiqlagan Yo‘riqnoma bo‘yicha zaruriy xavfsizlik choralarini amalga oshirish bilan ruxsat byeriladi.
49. Karyerdagi barcha ishlovchilar dastlabki Yo‘riqnoma Yoki ish joyidagi Yo‘riqdan o‘tishda:
a) ish joyiga olib borishning qabul qilingan tartibi;
b) odamlarning karyerdagi tartibi va harakatlanish qoidalari;
v) Yoppasiga portlatish vaqti va shunga ko‘ra byeriladigan signallar paytidagi, aytilgan signallardan keyingi, shuningdek portlamay Yoki qo‘riqlanmay qolgan portlovchi moddalarni aniqlashdagi harakatlari bilan tanishtirilishlari lozim.
50. Karyerdagi har bir ishlovchi, o‘zi Yoxud Yonidagi ishlovchilar bilan bog’liq holdagi avariya Yoki baxtsiz hodisalarga olib keluvchi faoliyat va faoliyatsizliklarga, shuningdek ehtiYotsizlik qilishga va asoslanmagan tavakkalchilikka Yo‘l qo‘ymaslikka majbur.
51. Karyerdagi har bir ishlovchi xavfni (temir Yo‘l, mashina va mexanizmlar, elektr tormog’i nosozligi, pog’onalardagi mumkin bo‘lgan ko‘chki, qulashlar belgilari, Yong’in chiqishi va shu kabilarni) sezishi bilan, bu haqida ishlar rahbariga Yoki karyer dispetchyeriga xabar byerishga, u ta’sir etadigan odamlarni ogohlantirishga, uni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga majbur.
52. YUqori radiatsiya foniga ega bo‘lgan foydali qazilma konlarini qazib olishda amaldagi «Radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha sanitariya me’yorlari va qoidalari» talablarining bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy-texnikaviy tadbirlar majmuasini amalga oshirish kerak.
Karyerlarni radiatsiya xavfi bo‘lgan korxonalar safiga kiritish, shuningdek ko‘rsatilgan tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash jalb qilgan holda korxona ma’muriyati va sanitariya nazorati organlari tomonidan zaruriyati bo‘lsa ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb qilgan holda bajariladi.
Radiatsiyaviy xavfli korxonalar safiga kiritilgan karyerlarning radiatsion zararlanish xavfi darajasini aniqlash uchun raditsion vaziyatni tekshirish Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan muddatda ammo kamida 3 yilda bir marta o‘tkazilishi kerak.
53. Radioaktivligi yuqori bo‘lgan ma’danlar saralanadigan va yig’iladigan sanoat zonalarini barcha pyerimetri bo‘ylab radiatsiyaviy xavf belgilari va «Kirish (o‘tish) taqiqlanadi» Yozuvlari bor plakatlar bilan belgilash lozim.
Radioaktivligi yuqori bo‘lgan tog’ jinslari va ma’danlar trasnport bilan tashilishi kerak, bu transportni dastlab ishlov byermay va dozimetrik nazoratdan o‘tkazmasdan boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi.
54. Radiatsiyaviy xavfli ishlab chiqarishga kiritilgan karyerlardagi konchilik jihozini ta’mirlashga Yoki metall parchasi sifatida topshirishdan oldin, uni dozimetrik nazoratdan o‘tkazish va zarur bo‘lsa faolligini Yo‘qotish (dezaktivatsiya) kerak. Faolligini Yo‘qotishning (dezaktivatsiya) imkoni bo‘lmasa, unda jihozni «Uran ma’danlarini qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalarni tugatish, vaqtincha to‘xtatish va boshqa Yo‘nalishga o‘tkazishning sanitariya qoidalari»ga (SP-LKP-98) muvofiq ravish-da radiatsiyaviy chiqindilarning maxsus qabristoniga ko‘mish kerak.
55. Karyerlarning yer osti inshootlarini kavlab o‘tish va ishlatishda foydali qazilma turiga qarab muvofiq ravishda «Ko‘mir va slanets shaxtalarida xavfsizlik qoidalari», «Portlatish ishlarida xavfsizlikning yagona qoidalari», «Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalari», «Ma’danli, noma’dan va sochilma konlarni yer ostida qazib olishda xavfsizlik qoidalari» kabilarga amal qilish lozim.
56. Foydali qazilmalar zaxirasini ishlash tugaganidan keyin, shuningdek texnik-iqtisodiy hisob-kitob va boshqa asoslanishlarga ko‘ra konni Yoki uni qismini yanda qazib olish maqsadga muvofiq bo‘lmagan Yoxud imkonsiz bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda byeriladigan litsenziyalarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan xorijliklar tomonidan ham ishlab chiqilgan, «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi, sanitariya nazorati, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari va hudud ma’muriyati bilan kelishilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaga muvofiq konchilik korxonasi tugatilishi Yoki vaqtincha to‘xtatilishi kerak.
Korxona to‘liq tugatilganda yerni tiklash, belgilangan tartibda uni egasiga topshirish ishlari majburiy tartibda loyiha bilan nazarda tutilishi kerak.
Korxona qisman tugatilgan Yoki vaqtincha to‘xtatilganda«Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi, sanitariya nazorati, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari va hudud ma’muriyati bilan kelishuvga ko‘ra yerni tiklash, belgilangan tartibda uni egasiga topshirish ishlarining zarurligi va hajmi loyihada belgilangan bo‘lishi kerak.

Download 61.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling