57. Karyerlarda qurilish-montaj va maxsus qurilish ishlarini bajarganda amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga rioya etish lozim.
58. «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bo‘lgan jihozni tuzilishi, o‘rnatilishi va ishlatilishi tegishli qoidalar talablariga javob byerishi kerak.
59. Karyerlardagi plakatlar va boshqa ogohlantiruvchi Yozuvlar ikki tilda – o‘zbek va rus tillarida bajarilishi kerak.
60. Karyerlardagi hamma baxtsiz hodisalar va avariyalar «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va boshqa xodimlar sog’lig’iga etkazilgan zararlarni tekshirish va hisobga olish to‘g’risidagi nizom» va «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bo‘lgan ob’ektlarda baxtsiz hodisalar keltirib chiqarmagan avariyalarni texnik tekshirish va hisobga olish to‘g’risidagi Yo‘riqnoma» ga muvofiq ravishda tekshirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi va hisobga olinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |