7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili


TOVARLAR YETKAZIB BERISH BО‘YICHA SAVDOLAR


Download 91.02 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi91.02 Kb.
#1637567
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu Tender savdolarida g‘olibni aniqlashga ta’sir etuvchi omillar tahlili (1)

TOVARLAR YETKAZIB BERISH BО‘YICHA SAVDOLAR

Tovarlar ham miqdoriy ham sifat kо‘rsatkichlarini ifodalash oson
bо‘lgan xarid predmeti hisoblanadi. Tovarlar sotib olish uchun tuzilgan tender hujjatlari “Texnik kо‘rsatkichlar” nomli hujjatni о‘z ichiga olib, unda sotib olinishi mо‘ljallanayotgan tovarning barcha kо‘rsatkichlari, uning tо‘liq tavsifnomasi, sifat parametrlari kо‘rsatiladi. Talabgorlar uchun yо‘riqnomada tovarni yetkazib berish usullari va tovar bilan bog‘liq zaruriy xizmatlar bо‘yicha talablar tо‘liq kо‘rsatilgan bо‘ladi. Shu nuqtai nazardan, bu turdagi savdolar xaridni qanday bо‘lishi zarurligini tо‘liqroq aks ettiradi va unda о‘zgaruvchan va noma’lum о‘lchovlardan nisbatan kamroq foydalaniladi. Mazkur holat, bir qarashda, sifat omilini alohida inobatga olishga zarurat yо‘q, faqatgina baho omili birlamchi degan xulosani beradi va bu, kо‘pchilik hollarda, qaysidir kо‘rinishda tender hujjatlarida о‘z aksini topadi.

Shunday bо‘lsada, Jahon bankining “Jahon tiklanish va taraqqiyoti bankining (JTTB) qarzlari va Jahon rivojlanish assotsiatsiyasi (JRA) kreditlari hisobiga xarid” yо‘riqnomasining 2.48 punktida shunday kо‘rsatadiki: “....shartnoma eng past bahoni taklif etgan ishtirokchiga taqdim etiladi”. Yо‘riqnomaning keyingi 2.51 punktida: “....bahodan tashqari boshqa omillar ham aniq kо‘rsatilishi shart....va taklifni eng past baholarda ekanligini aniqlash maqsadida, ularni (omillarni) hisobga olish tartibi. Tovarlar va asbob-uskunalarni yetkazib berish takliflarini kо‘rib chiqishda quyidagilarga e’tibor berish lozim... obyektgacha bо‘lgan masofada ichki tashish xarajatlari miqdori va sug‘urta qilish xarajatlari. foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar miqdori, quvvati va boshqa uskunalarga mos kelishi, ehtiyot qismlarning mavjudligi va texnik xizmat kо‘rsatish imkoniyatlari..., shuningdek, xodimlarni о‘qitish, texnik xavfsizlik va atrof-muhitga ta’siri birlamchi darajada e’tibor berilishi lozim”.


Xuddi shunday kо‘rsatmalar Jahon bankining namunaviy tender hujjatlarida ham о‘z ifodasini topgan (WB Standard Bidding Documents). Ushbu hujjatning 26.4 punktida “buyurtmachi tomonidan talabgorning hujjatlarini baholashda, bahoga qо‘shimcha tarzda.... quyidagi omillarning biri yoki bir-nechtasi inobatga olinishi shart...: a) buyurtmachining mamlakatida tovarni yetkazib berish bilan bog‘liq ichki transport, sug‘urta va boshqa xarajatlar..., b) yetkazib berish muddatlari..., v) tо‘lovni amalga oshirishda jadvaldan chetga chiqish..., g) komponentlar, zaruriy ehtiyot qismlar va xizmat kо‘rsatish qiymati, d) buyurtmachining mamlakatida ehtiyot qismlar va sotishdan keyingi xizmat kо‘rsatishning mavjudligi..., ye) ekslpluatatsiya va xizmat kо‘rsatish uchun kо‘zda tutilayotgan xarajatlar miqdori..., j) asbob-uskunaning ishonchlilik darajasi va quvvati...va boshqa о‘ziga xos omillar...”.
Yuqorida keltirilgan ikkala yо‘riqnoma ham, agar buyurtmachi uchun muhim bо‘lsa, tovarlar yetkazib berishda nafaqat baho, balki sifat omillarini ham inobatga olish zarurligini ta’kidlamoqda.
Tovarlarni yetkazib berishda sifat omillarini hisobga olish Jahon banki yо‘riqnomasining 2.51 punktida “baholash qiymatining eng past miqdorini aniqlashda, baholab bо‘lmaydigan omillarni iloji boricha pul kо‘rinishida yoki yalpi miqdor kо‘rinishida aniqlanadi...”. Eng past baholarni aniqlashda, baholovchilar, talabgor mol yetkazib beruvchining baholariga ma’lum summalarni qо‘shib hisoblaydilar (о‘rtacha yillik ekspluatatsiya xarajatlarini qо‘shib hisoblash mumkin) yoki pul kо‘rinishida ifodalab bо‘lmaydigan omillarni inobatga olish uchun tuzatish koeffitsiyentlaridan foydalanadi.
О‘zbekiston Respublikasida davlat ehtiyojlari uchun tovarlar xaridini amalga oshirishda tender savdolarida g‘olibni baholash, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli qaroriga ilova qilingan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bо‘yicha tender savdolari о‘tkazish tо‘g‘risida nizom”ga asosan amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda kuzatilganidek, tovarlar yetkazib berish uchun tuziladigan tenderlarda baho aniqlovchi tusga ega ekanligini kuzatish mumkin: “...taklif etilgan narxlarning о‘rtacha jahon va konsalting firmasi yoki Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini о‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazi yoki Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosalari bо‘yicha bozor konyunkturasida yuzaga kelgan narxlarga mosligiga asosan amalga oshiriladi” (yuqorida qayd etilgan Nizomning 10-moddasi).
Ammo, baho tanlovning yagona omili emasligi va albatta sifat kо‘rsatkichlari ham inobatga olinishiga e’tiborni qaratish lozim “...taqdim etilgan tender takliflarining qо‘shimcha texnik, tashkiliy va tijoriy ustunliklari hamda tender qatnashchisining obrо‘-e’tibori ham e’tiborga olinishi mumkin”.
Alohida e’tiborli xususiyat shundaki, Respublikada tender savdolari bо‘yicha talabgorlar taklifini baholashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga baho imtiyozlari taqdim etilgan: “...agar tenderda xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari ishtirok etsa, bu korxonalarga tovarlar va xizmatlar davlat xaridi... tender savdolarida ishtirok etganda 20 foizgacha miqdorda narx imtiyozlari beriladi” (yuqoridagi Nizomga maxsus X-I bо‘lim kiritilgan bо‘lib, ushbu bо‘limning 55-punktida mahalliy ishlab chiqaruvchilar о‘rtasida g‘olibni aniqlashda baho imtiyozlarini taqdim etish shartlari keltirilgan).
Yuqoridagi Nizomning quyidagi ikki punkti, tender g‘olibini aniqlashning ustuvor mezoni baho omili ekanligini kо‘rsatadi: “mamlakatimizning boshqa korxonalari - ishlab chiqaruvchilariga nisbatan, lekin qо‘shimcha qiymat solig‘i summasiga qо‘shib hisoblagan holda import tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish) bо‘yicha eng yaxshi narxdan oshmaydigan olib kirishda qо‘shimcha qiymat solig‘i tо‘lashdan ozod qilish bо‘yicha imtiyoz qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bо‘yicha eng yaxshi narxni taklif etgan mamlakatimiz korxonasi-ishlab chiqaruvchisi tender g‘olibi deb aniqlanadi”. Yoki: “...mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri muzokaralar natijalariga kо‘ra, qо‘shimcha qiymat solig‘i summasiga qо‘shib hisoblagan holda kо‘rsatilgan eng yaxshi narxdan oshmaydigan narxni taklif etish mumkin bо‘lmagan taqdirda, import tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar kо‘rsatish) bо‘yicha eng yaxshi narx taklif etgan tender ishtirokchisi tender g‘olibi deb e’lon qilinadi”.
Shunday qilib, tovarlar yetkazib berish bо‘yicha tender savdolari bо‘yicha xulosa eng past baholar asosida chiqarilib, u mol yetkazib beruvchi arizasidagi baholar (baho omili), hamda baholashning boshqa koeffitsiyent kо‘rsatkichlari va tuzatish summasini (sifat omili) inobatga oladi. Baho va sifat kо‘rsatkichlari о‘rtasidagi nisbat, buyurtmachi mamlakat shart-sharoitlari, sotib olinayotgan tovar xususiyatlari va qator boshqa holatlarni inobatga olib, kо‘pchilik hollarda 80-70 (baho) va 20-30 (sifat) nisbatda bо‘ladi. Tovarlar sotib olish bilan bog‘liq tenderlarni tashkil etishda, ishtirokchi talabgorlar taklifini baholashda faqatgina ular tomonidan, tovar yetkazib berishning arizada kо‘rsatilgan qiymatlariga tayanib qolmaslik zarur.


    1. Download 91.02 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling