Uzavtoyo„l dak “Avtomobil yo„llardan foydalanish holatini tahlil qilish” boshqarmasining nizomi


VII. Avtomobil yo„llardan foydalanish bo„yicha bosh mutaxassisning vazifalari


Download 283.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi283.17 Kb.
#1478139
1   2   3   4   5
Bog'liq
56ed35becc3a3

VII. Avtomobil yo„llardan foydalanish bo„yicha bosh mutaxassisning vazifalari. 
7.1. O‟zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo„llari to„g„risida”gi Qonuni, sohaga 
oid O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‟zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, hamda umumfoydalanuvdagi 
avtomobil yo„llaridan foydalanish va ularni rejalashtirish bo„yicha me‟yoriy qoidalarni, 
ishlab chiqarish, xisobotlarni yuritishni va boshqa sohaga oid xujjatlarni bilishi, 
O‟zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llari tarmog„i to„g„risida 
tushunchaga ega bo„lishi, xisobotlar tayyorlash, axborotlar bankidan foydalanishni, 
qo„shimcha kiritishni, saqlashni bilishi lozim. 
7.2. Boshqarma bosh mutaxassisi lavozimiga tegishli oliy ma‟lumotga va kamida 3 
yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali mutaxassis boshqarma boshlig„ining tavsiyasiga 
ko„ra kompaniya boshqaruvi raisi tomonidan tayinlanadi. 
7.3. Quyidagilar boshqarma bosh mutaxassisining asosiy vazifalari xisoblanadi. 
7.3.1. Xizmat doirasiga oid barcha masalalar bo„yicha xujjatlar tayyorlaydi va 
boshqarma boshlig„ining topshiriqlarini o„z vaqtida, puxta, sifatli va samarali bajarilishini 
ta‟minlaydi; 


7.3.2. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarini mavsumiy (baxorgi-kuzgi) texnik 
ko„rik jadvalini tuzish, boshqarma boshlig„iga Boshqaruv tomonidan tasdiqlash uchun 
taqdim etish va unda faol ishtirok etish; 
7.3.3. Umumfoydalanuvdagi va avtomobil yo„llarda xarakat havfsizligini ta‟minlash 
bo„yicha 22 ko„rsatkich hisobotlarini qabul qilish va kompaniya bo„yicha 
umumlashtirilgan hisobot tayyorlash; 
7.3.4. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarini ta‟mirlash va saqlash ishlari 
rejasini bajarilishi to„g„risidagi 7-D hisobotini yo„l tashkilotlaridan qabul qilish va 
kompaniya bo„yicha umumlashtirilgan xisobot tayyorlash; 
7.3.5. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarining joriy ta‟mirlash va saqlash 
ishlari bo„yicha davlat loyihalarida ishtirok etish; 
7.3.6. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarini kishki mavsumga tayyorgarligi 
to„g„risida joylarda qilinayotgan ishlar haqida axborot tuzish; 
7.3.7. “O‟zavtoyo„l” DAK tasarrufidagi avtomobil yo„llari va ulardagi sun‟iy 
inshootlar hamda xarakat xavfsizligi elementlarining yil yakuni bo„yicha avtomobil 
yo„llar pasportiga o„zgartirish kiritishini ta‟minlash va nazorat etish; 
7.3.8. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llar mintaqasini ko„kalamzorlashtirish 
(daraxtlar va gul ko„chatlar ekish) bo„yicha yo„l korxonalari ishini muvofiqlashtiradi, 
oylik ma‟lumotlarni jamlab, taxlil qilib, natijalari bo„yicha boshqarma boshlig„iga taqdim 
etadi; 
7.3.9. Joriy ta‟mirlash va saqlash ishlari uchun ajratilgan mablag„larni bosh 
iqtisodchi bilan birgalikda maqsadli yo„naltirilayotganini nazorat qiladi va boshqarma 
boshlig„iga axborot beradi; 
7.3.10. Bosh mutaxassis O‟zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini, 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 
farmoyishlari, Xukumatning kapital qurilish soxasidagi me‟yoriy-huquqiy xujjatlari 
talablarini, “O‟zavtoyo„l” DAK buyruqlarini, yo„riqnomalari va ko„rsatmalarini, 
amaldagi me‟yoriy xujjatlarini, boshqarma boshligining va o„rinbosarining og„zaki yoki 
yozma ko„rsatma, topshiriq va buyruqlarini o„z vaqtida amaldagi me‟yoriy xujjatlar 
asosida bajaradi. 
7.3.11.Boshqarma faoliyatiga daxldor masalalar bo„yicha yozishmalar, xujjatlarni 
tayyorlaydi va imzolashga taqdim qiladi. 
7.3.12 Ichki mehnat tartibi va ishlab chiqarishdagi ijro qoidalariga to„liq amal qiladi. 
7.3.13. Qurish, qayta qurish va ta‟mirlash ishlari tugagan ob‟ektlarni foydalanishga 
topshirishda ishchi qabul komissiyalari tarkibida ishtirok etadi. 
7.3.14. O‟zining iqtisodiy va texnik saviyasini muntazam ravishda oshirib boradi va 
ularni ish faoliyatida qo„llaydi. 
7.4. Bosh mutaxassisning javobgarligi: 
7.4.1. Ushbu yo„riqnomada ko„rsatilgan vazifalarini bajarilishiga, oylik, choraklik va 
yillik xisobotlarni boshqarma boshlig„i o„rinbosari bilan birgalikda o„z muddatida 
topshirilishiga; 
7.4.2. Boshqarma faoliyati bilan bog„liq bo„lgan xukumat qarorlari va 
farmoyishlarining, kompaniya kengashi va Boshqaruvining qarorlarini, Boshqaruv raisi 
va uning o„rinbosarlari buyruq va farmoyishlarini, kompaniya bo„yicha chiqarilgan 
direktiv ko„rsatmalarning bajarilishiga; 
7.4.3. Boshqarma faoliyati bilan bog„liq masalalarda kompaniya raxbariyatiga 
berilgan ma‟lumotlarni to„g„riligi va tezkorligiga; 


7.4.4. Boshqarmaga yuborilayotgan xujjatlar bo„yicha tezkor va malakali qarorlar 
qabul qilinishiga; 
7.4.5. Boshqarma ishlab chiqarishiga va mexnat intizomiga rioya qilinishiga;

Download 283.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling