Узбек шевашунослиги фани
LAHJALARNING BOSHQA TIL KATEGORIYASIGA
Download 0.57 Mb.
|
portal.guldu.uz-O’ZBEK DIALEKTOLOGIYASI
LAHJALARNING BOSHQA TIL KATEGORIYASIGAMUNOSABATI. MILLIY TIL VA MAHALLIY LAHJALAR. Tillar o’zaro hamkorlik, bir-birini boyitish yo’li bilan rivojlanib bormoqda. Faqat qardosh turkiy tillar emas, balki boshqa tillar ham bir- birlarini boyitishi, bir-birlari bilan oziqlanishiga turli yo’llar bilan harakat qiladilar. Xuddi shu sababli ona tilimizga turli tarixiy davrlarda so’zlar, atamalar va ular tarkibida qo’shimchalar, grammatik xususiyatlar o’zlashgan. O’z navbatida o’zbek tili boshqa tillarga samarali ta`siri borligi sezilib turadi. Chunki A. Qodiriy aytganidek, «Tillar bir-birlaridan qarz olmasdan yashay olmaydilar». Movarounnahrdagi eng qadimgi xalqlardan biri hisoblangan o’zbeklar o’zining ko’p asrlik hayoti davomida boy adabiyot va madaniyatni vujudga keltirdi. Ular o’zining ona tili – o’zbek tilini asrlar davomida ardoqlab va taraqqiy ettirib kelgan. O’zbek tili hamda uning lahja va shevalari jamiyat taraqqiyoti tufayli vaqt o’tishi bilan o’zgarib, taraqqiy etgan va turli shakllarga ega bo’lib kelgan. Bu fikr taraqqiyotning so’nggi davrlarida vujudga kelgan milliy tilga ham bevosita aloqadordir. Milliy tilning shakllanib borishi feodalizmning emirilishi va kapitalizmning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lsa ham, uning unsurlari uzoq vaqtlar shakllangan va rivojlanib kelgan. Tarixiy ma`lumotlarning dalolat berishicha, o’zbeklarda VII asrgacha urug’-urug’ bo’lib yashaganlar. Urug’chilik davri kishilik jamiyatining kichik, oddiy va boshlang’ich uyushmasi sanalar edi. Shu bilan birga, u davrlarda kabilalarga xos belgilar ham paydo bo’la boshlagan. O’zbeklar VII – IX asrlarda esa qabila- qabila bo’lib hayot kechirganlar. Bu qabilalarda qabilalar ittifoqiga xos bo’lgan ko’pgina belgilarning shakllanganligi ma`lum. O’sha tarixiy davrlarda qabilalarning har biri o’zlariga xos tillarga ega bo’lgan. Har bir lahja mohiyat e`tibori bilan bir qabilaning tili bo’lib xizmat qilgan. Qadimgi zamonlarda ajdodlarimiz urug’-urug’, qabila- qabila bo’lib hayot kechirgan ekanlar, ular boshqa urug’lar va qabilalardan farq qiluvchi o’z tillariga ega bo’lganlar. qabilalarning keyinchalik bir-birlari bilan aralashib, qo’shilib ketishlari natijasida ularning tillari ham aralashib, qo’shilib ketgan. Bu, avvalo, qabilalar ittifoqlari tillari va so’ngra xalq tilining shakllanishiga olib kelgan. Bu o’z navbatida o’zbek adabiy tili, so’ngra milliy tilning shakllanishi va taraqqiyot jarayonini belgilab berdi. O’zbek millati va milliy tilning tashkil topish jarayoni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga to’g’ri keladi. O’tgan asrning 60 – yillaridan boshlab Movarounnahrda millat va milliy tilning yuzaga kelishiga zamin hozirlandi. Chunki O’zbekistonda amalda feodal tarqoqlik barham topdi. Xonliklar (Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklari) tugatildi. Bu o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy zamin birligini ta`minlashda asosiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston va umuman Movarounnahrga temiryo’l o’tkazilib, xalqlar o’rtasidagi aloqa apcha keng darajada yoyila boshladi. O’zbekistonda paxta etishtirishni rivojlantirish vaShu bilan bevosita bog’liq holda paxta va yog’ zavodlari singari sanoat tarmoqlari vujudga keltirildi. Sharqshunos olimlar o’z asarlari bilan fanning turli tarmoqlarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shdilar. O’zbek milliy tilining shakllanishiga zamin hozirlashda Muqimiy, Furqat, Zavqiy, H. H. Niyoziy, A. Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon kabi shoir va yozuvchilarning g’oyat katta xizmatlari bo’lganligini qayd etish lozim. Bu sohada E. Bertel`s, E. Polivanov kabi olimlarning ham hissalari bor. Shunday qilib XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekistonda xo’jalik, madaniyat va adabiyot sohalarida birmuncha o’sish va rivojlanish ko’zga tashlandi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling