Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual va fizikaviy stendlar hamda ishlab chiqarishdagi namunalar va maketlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
ASOSIY QISM
1-modul. Fanga kirish
1-mavzu: “Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari” faniga kirish. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari. Sanoat korxonalarida qo‘llaniladigan texnologik o‘lchashlar va asboblar to‘g‘risida umumiy ma'lumot. Texnologik o‘lchash va asboblar sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari. Fanning vazifalari. (2 soat)
2-modul. O‘lchash. O‘lchash usullari va vositalari.
2-mavzu: O‘lchash vositalari va tizimlari. O‘lchash xatoliklari. O‘lchash to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar. O‘lchashlarning tasnifi. O‘lchash usullari. Nazorat qilish vositalari va sistemalarining stukturasi va ularning umumiy tashkil etuvchilari. Datchiklarni, o‘zgartkichlarni, axborotlarni uzatish va avtomatik nazorat qilish tizimlarini va ikkilamchi asboblarni ishlash sxemalari va strukturaviy sxemalari. (2 soat)
3-modul. Haroratni o‘lchash va nazorat qilish usullari va asboblari.
3-mavzu: Haroratni nazorat qilish. Termometrlar
Umumiy tushunchalar. Harorat shkalalari. Harorat o‘lchash vositalarining tasnifi. Suyuqlikli termometrlar. Mexanik termometrlar. Manometrik termometrlar. Termoelektrik termometrlar va ularning ishlash prinsiplari. Turlari. Uzaytiruvchi elektrod simlar. Magnitoelektrik millivoltmetrlar. Potensiometrlar. Avtomatik potensiometrlar. Termoelektr yurituvchi kuch (EYuK) ni me'yorlashtiruvchi o‘zgartkichlar. Qarshilik termometrlari. Ularni ulash usullari. Logometrlar. Muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan ko‘prik sxemalar. Avtomatik muvozanatlashgan ko‘prik sxemalar. (2 soat)
4-mavzu: Pirometrlar va ularning turlari. Nurlanuvchi pirometrlar. Issiqlik nurlanishiga asoslangan harorat o‘lchash vositalari. Kvazimonoxromatik va fotoelektrik pirometrlar. Spektral nisbatli va to‘liq nurlanish pirometrlari. Umumiy tushunchalar va ularning ishlash prinspi. Maxsus harorat o‘lchash termometrlari. Ularning tasnifi va xatoliklari.(2 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |