Узбекистон ички сувлари
O`zbekiston suv resurslari
Download 151 Kb.
|
O’zbekiston ichki suvlari suv va suv resurislari.
4.O`zbekiston suv resurslari.
Orol dengizi suvi sathining pasayishi tufayli uning atrofidagi hududlarda yanvarning o`rtacha harorati pasayib, iyulniki ortib bahorda sovuq tushish vaqti 12 kunga surilsa, aksincha kuzgi sovuq tushish vaqti 12 kun avval boshlanmoqda. Haroratning taqsimlannshi. Haroratning taqsimlanishi O`zbekistonda radiao`iyaga, havoning gorizontal almashinuvi (advetik) va yyer usti tuzilishi kabi omillarga bog`liq. Ma`lumki, yozgi haroratning taqsimotida quyoshning ahamiyati katta bo`lib, undan kelayotgan issiqlik yildanyilga deyarli o`zgarmaydi, binobarin, yozgi harorat jumhuriyatimizda turg`un bo`lib, qishdagidek o`zgaruvchan emas. Shu sababli O`zbekistonda yoz oylarida (iyulavgust) haroratning farqi 3° atrofida. Lekin qishda harorat shimoldan sovuq havoning, janubdan esa issiq tropik xavoning bostirib kirishiga bog`liqligi tufayli dekabrfevral oylari orasidagi farqi 8°dan oshishi mumkin. O`zbekiston hududida issiqlikning taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo`lish uchun avvalo yillik o`rtacha haroratning joylashishini bilish zarur. O`zbekiston tekislik qismida o`rtacha yillik harorat shimoli-g`arbdan janubisharqqa qarab ko`tarilnb boradi. Agar Qoraqalpog`istonda yillik o`rtacha harorat (Churukda—8,6°, Nukusda—11,0°, To`rtko`lda —12,4°) 8,6—12,4° atrofida bo`lsa, BuxoroQorako`l vohasida (Shofirkonda—14,2°, Qorako`lda—14,8°) 14,2—14,8°, jumxuriyatimizning Surxondaryo vodiysida (Denovda—15,9°, Termizda—17,8°, SHerobodda —18,0°) esa 15,9— 18°ni tashkil etadi. Demak, O`zbekistonda eng salqin joy Ustyurt platosida, eng issiq joy esa Surxon-SHerobod vohasida joylashgan. Bu hodisa jumhuriyatimizning tog`li qismida buziladi. Chunki yuqoriga ko`tarilgan sari harorat pasayib boradi. Shu sababli Ohangaron platosining 2300 m baland qismida o`rtacha yillik harorat 4,0° bo`lsa, Turkiston tizmasining 3200 m baland qismida — 0,1°, G`arbiy Tyanshan tog`larining 3700 m baland qismida esa — 6,5° dir. O`zbekistonda qish obhavosi o`zgaruvchan bo`lib, eng sovuq harorat yanvar oyida kuzatiladi. Yanvar oyining o`rtacha harorati ham jumhuriyatimizning tekislik qismida shimoli-g`arbdan janubga qarab o`zgarib, ko`tarilib boradi: Churukda—11,1°, Nukusda—6,9°, Urganchda—5,1°, Shofirkonda—1,5°, Qorako`lda—0,4°, Qarshida —0,2°, SHerobodda —3,6°. Ushbu ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, O`zbekistonning tekislik qismida Surxon-SHerobod, vodiysi hamda Qashqadaryo viloyatining Kitob, G`uzor kabi joylaridan tashqari qolgan qismida, shuningdek tog`larida yanvarning o`rtacha harorati nol darajadan pastdir. Qishda ba`zan Arktikadan va Sibirdan sovuq havo oqimining kelishi oqibatida O`zbekiston hududida harorat juda ham pasayib ketib, eng past daraja shimoli-sharqida (Churukda —37°, Nukusda—32°, Tomdida— 31)— 29°—37°ga tushib ketadi. Bu vaqtda O`zbekistonning eng iliq hududi hisoblangan Surxon-SHerobod vodiysida ham eng past daraja harorat (SHerobodda —20°, Termizda—21°, Denovda—23°, Qumqo`rg`onda —25°) —20—25° pasayib ketib, subtropik o`simliklarga zarar yyetkazadi. O`zbekiston hududida ayrim yillari qish iliq kelib, o`simliklar vegetao`iya davrini to`xtatmaydi. Bunday qish «vegetao`iyali qish» deb yuritiladi va u ko`proq O`zbekistonning janubida (umumiy qishning 80—100% tashkil etadi) kuzatiladi, aksincha shimolida esa «vegetao`iyali qish» umumiy qishning 0—5% ini tashkil etadi, xolos. Xulosa O`zbekiston daryolarining yana sanoat tarmoqlarini, maishiy-kommunal xo`jalikni suv bilan ta`minlashdagi ahamiyati katta. Hozir jumhuriyat sanoat tarmoqlari, maishiy-kommunal xo`jaligi va boshqa sohalarni suvga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish uchun daryolardan yiliga 7,5—8,0 km3 suv olmoqdalar. O`sha suvning 15% sarflansa, kolgan 85% ifloslangan yoki qisman tozalangan holda tabiiy havzalarga qaytib qo`shilmoqda. O`zbekiston daryolarining energetik ahamiyati ham katta bo`lib, umumiy poteno`ial gidroenergoresursi 8,76 mln. kVt ga teng. Shuning 0,6 mln. kVt qismi Surxondaryo, 1,8 mln. kVt qismi Chirchiq (Chirchiq daryosining umumiy poteno`ial gidroenergoresursi 2,30 mln. kVt bo`lib, qolgan 0,50 mln. kVt Qirg`iziston hududidadir), 0,7 mln. kVt qismi Zarafshon (Zarafshonning qolgan 2,0 mln. kVt Tojikiston hududida) 0,4 mln. kVt qismi Sirdaryo (qolgan 4,5 mln kVt boshqa jumhuriyatlar hududida), qolgani jumhuriyatimiz boshqa daryolari zimmasiga to`g`ri keladi. O`zbekiston gidroenergoresurslaridan bir qancha GESlar qurib foydalanilmoqda. Bularning eng muhimlari Chirchiq daryosida kurilgan 19 GES (eng kattasi Chorbor GES), Sirdaryoda Farhod GES va boshqalar. Hozircha O`zbekiston daryolarida qurilgan GESlar ishlab chiqarayotgan energiya jumhuriyat daryolarining umumiy gidroenergoresurslarining faqat 3,2% tashkil etadi xolos. O`zbekiston daryolarining yana baliq ovlashda, rekrao`ion maqsadda, qisman bo`lsada kema qatnovida ham ahamiyati bor. So`nggi vaqtlarda jumhuriyatimizdagi sug`oriladigan yyerlarning meliorativ holatini yaxshilash tufayli zovur-drenaj suvlari miqdorini ko`payishi, zavod-fabrikalardan, kommunal xo`jalikdan, transport va sog`lomlashtirish tashkilotlaridan va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos-oqova suv miqdorini ortishi, ularning daryolarga oqizilishi tufayli daryo suvining tabiiy holati buzilib, ifloslanib bormoqda. Daryo suvlarining har xil ximikatlar va tuzlar bilan ifloslanishida zovur-drenaj suvlarining salmori katta. Hozir O`zbekistonda zovur-drenajlarning umumiy uzunligi 60 ming km. bo`lib, ulardan yiliga 13—14 km3 ifloslangan qaytarma suv vujudga kelmoqda. Ularning bir qismi sug`oriladigan yyerlardan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga chiqarib tashlansa, qolgan qismi suv havzalariga qo`shilib uni ifloslamoqda. O`zbekiston daryo suvlarining ifloslanishida zavod-fabrika, kommunal xo`jalik, transport va sog`lomlashtirish tashkilotlaridan chiqayotgan 300—350 mln. kub. metr iflos oqovalar ham sababchidir. Hozircha jumhuriyat va viloyat ixtiyoridagi 42 shaharning 29 tasidagina kanalizao`iya va tozalash inshootlari mavjud. Qolgan 13 shahardagi ishlatilgan iflos oqovalar to`g`ridan-to`g`ri suv xavzalariga tashlanmoqda, Buning ustiga jumhuriyatimizning go`zal manzarali joylarida qurilgan dam olish uylari, lagerlar va boshqa korxonalardan chikayotgan iflos suvlar markazlashgan kanalizao`iyaga ulanmaganligi, tozalovchi inshootlarning yo`kligi tufayli tabiiy havzalarga qo`shilib ketmoqda. O`zbekiston daryo suvlarining ifloslanishi oqibatida, suvning tabiiy holati buzilib, yashil suv o`tlarining, baliqlarning kamayib ketishiga, sug`oriladigan yyerlardagi ekinlarning o`sishiga va natija oqibatda kishilar salomatligiga salbiy ta`sir etmoqda. Hatto sanoatlashgan joylardan oqib o`tadigan Chirchiq, Zarafshon kabi daryo suvlari tabiiy holda ichishga yaroqsiz bo`lib qoldi. O`zbekiston daryo suv boyliklarini bundan buyon toza saklash uchun ekin dalalaridan chiqayotgan zovur-drenaj suvlarini iloji boricha tabiiy havzalarga tashlashni man etish; zovur-drenaj suvlarini yig`ib, Amudaryo va Sirdaryoga parallel magistral zovur qazib Orolga oqizishga erishish; qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi biologik uslubda kurashishni joriy etish; zavod-fabrika, maishiy-kommunal va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos-oqova suvlarni tozalab, so`ngra suv havzalariga tashlashga erishish zarur. Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling