Узбекистон Республикаси Кишлок ва Сув хужалиги


Tabiiy sharoiti va iqlimi


Download 1.91 Mb.
bet2/15
Sana07.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1437438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
SXI kurs ishi Samarkand

Tabiiy sharoiti va iqlimi. Toshkent viloyati Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlari hamda sharqdan Namangan, janubiy g'arbdan Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh. Viloyatning shimoliy-sharqiy va sharqiy qismini Chotqol, Qurama, Pskom va Ugom tizma tog'lari tashkil qiladi. Hududining katta qismi janub va janubiy g'arbga tomon Sirdaryoga qiya tushgan tog'oldi tekisligidan iborat. Viloyat yuqori seysmik zonada joylashgan. Iqlimi kontinental. Qishi nam, nisbatan yumshoq, yozi issiq, quruq. Bahorda va yozgi mavsumda jala yomg'irlar, momaqaldiroq va do'l yog'ishi, shuningdek shamolning sezilarli kuchayishi kuzatiladi. Vegetatsiya davri tekisliklarda qariyb 215 kun. Asosiy daryolari Sirdaryo (Samarqand viloyatida uzunligi 120 km) va uning viloyatdan o'tuvchi irmoqlari Chirchiq (Pskom bilan birga) hamda Ohangaron. Tekislikda bo'z tuproq, tog'oldilarida (500-600 m balandlikgacha) - tipik bo'ztuproq, undan yuqorida chimli-qo'ng'ir, o'tloqi - dasht tuproqlar tarqalgan. Daryoning quyi qismida, shuningdek er osti suvlari er yuzasiga yaqin joylarda, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar bor. Tekislik qismi haydalib, ekin ekiladi. Faqat Sirdaryo sohillarida to'qayzorlar bor. Tog'larda 1200-1400 metr balandlikgacha tog' dashtlari, undan yuqorida archazorlar uchraydi. Ohangaron vodiysida buta o'simliklari o'sadi. Tabiati qushlarga va hayvonlarga, suvlari baliqlarga boy bo'lib, Chotqol tog'-o'rmon qo'riqxonasi joylashgan. Viloyatda ilmiy-texnikaviy salohiyatdan samarali foydalanish tufayli ishlab chiqarish kuchlari bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlanib bormoqda. Viloyatda sanoat, qurilish, transport, aloqa, qishloq xo'jaligi, xususiylashtirish, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar, tadbirkorlik va mehnat bozori, ijtimoiy sohalar ancha rivojlangan.
Qishloq va suv xo'jaligi. Asosiy tarmoqlari: paxtachilik, g'allachilik, bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va chorvachilikdan iborat. 2012 yilda qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 248 646,8mlrd.so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 106,7 foizga o'sdi. Dehqonchilikdan olingan yalpi mahsulot 1946,8 mlrd.so'mga yoki o'tgan yilga nisbatan 103,6 % teng bo'lib, umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotning 12 % tashkil etdi. Chorvachilikdan olingan yalpi mahsulot 1307,1 mlrd.so'mga yoki o'tgan yilga nisbatan o'sish sur'ati 107,2 % teng bo'lib, umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotning 40,2 % tashkil etdi. Chorvachilik yo'nalishi asosan go'sht, sut, tuxum ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Viloyatda sabzavot, meva va uzumni qayta ishlash korxonalari ancha rivojlangan. Jumladan, Bo'stonliq tumanidagi «Agromir-G'azalkent» agrofirmasi, Qibray tumanidagi «Yangi Toshkent konserva» MChJ, Zangiota tumanidagi «Mehnat» agrofirmasi, Yangiyo'l tumanidagi «Agromaks invest plyus» agrofirmasi. O'zbekistonning g'alla mustaqilligiga erishish uchun hamda respublika aholisini don va non mahsulotlari bilan to'liq va uzluksiz ta'minlash maqsadida viloyatda boshoqli don ekinlarini etishtirishga kattae'tibor qaratilgan. Qishloqda tadbirkorlikni rivojlantirib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'liq ta'minlash maqsadida 6177 ta fermer xo'jaliklari faoliyat ko'rsatmoqda. Fermer xo'jaliklari tomonidan 8,0 ming tonna go'sht, 33,6 ming tonna sut, 81,9 mln. dona tuxum, 240,5 ming tonna paxta xom-ashyosi, 572,7 ming tonna donli ekinlar, 119,1 ming tonna kartoshka, 644,7 ming tonna sabzavot, 96,5 ming tonna poliz, 87,2 ming tonna meva va rezavorlar, 79,0 ming tonna uzum etishtirildi. Viloyatda ko'pgina sug'orish inshoatlari, kanallari hamda Chorvoq, Ohangaron va Toshkent suv omborlari mavjud.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling