Узбекистон Республикаси Олий ва Урта махсус


Download 0.71 Mb.
bet9/49
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#230617
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Plaunsimonlar ajdodi - Lycopodiopsida

  • Polushniksimonlar ajdodi – Isoetopsida

    1. Plaunsimonlar ajdodi. Bu ajdodga mansub o`simliklarning hammasi o`tsimon bo`lib, ularni rivojlangan va keng tarqalgan davri Devonga to`g’ri keladi. Ularning qoldiqlari toshko`mir konlarini hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ajdodning o`ziga xos hususiyatlaridan biri, bu teng sporalilikdir. Gametofit ikki jinsli bo`lib tuproq ostida rivojlanadi. Ajdod quyidagi qabilalarga bo`linadi :

    1. Asteroksilonnamalar qabilasi – Asteroxylonales.

    Bular plaunlar orasida eng qadimgi va soddasi hisoblanadi. Asteroksilonlar dastlab riniyatoifalar bo`limiga taalluqli deb qarab kelingan. Ammo ularni mayda bigizsimon barglarini bo`lishi, poyaning ichki tuzilishi sifonostel tipdaligi, ildizga o`xshash o`simtalarni hosil bo`lishi Plaunsimonlarga yaqinligidan darak beradi. Ular bitta oila, ikkita turkumdan iborat. Har ikkala turkum ham bundan 400 mln. yil ilgari ko`rib yo`kolib ketgan. Faqat ularni qoldiqlari devon davrining o`rta qatlamlaridan SHotlandiya, FRG, Xitoy, Avstraliya va boshqa joylardan topilgan.

    2.Protolepidodendronamolar qabilasi – Protolepidodendrales.

    Bular ham qazilma holda uchraydigan o`simliklardir. Ularning qoldiklari devon va silur davrlaridan topilgan. Bu o`simliklarning bo`yi 25-40 smga etadigan o`tlar bo`lib, barglari poyada ketma-ket joylashgan. Barglari to`kilganda poyada izlar qoldirgan.


    1. Likopodiumnamolar qabilasi – Lycopodiales.

    Bu qabila vakillari o`rmonlarda zax va soya joylarda uchraydi. Hozirgi vaqtda ular keng tarqalgan, tanasi to`liq qismlarga ajralgan, ko`p yillik o`t o`simliklardir. Sporalari bir xil, gametofiti tuganaksimon, er ostida yashaydi. Likopodiumlarni 400 ga yaqin turi bo`lib, ular ko`prok tropik mintaqalarda tarqalgan. O`rta Osiyoda uchramaydi. Ularning keng tarqalganlaridan biri likopodium klavatum (Lycopodium clavatum). U erda yotib o`sadi, uzunligi 1-3 m. ga etadi. YUqoriga qarab o`sgan shoxlarining bo`yi 30 sm. ga etib boradi. SHoxlari dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari bigizsimon tuzilishga ega. Poyaning ichki tuzilishi kslema, floema, peretsikl, entoderma va epidermadan iborat.


    Download 0.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling