Узбекистон Республикаси Олий ва Урта махсус


Mavzu: Riniyatoifa bo`limi- Rhyniorhyta


Download 0.71 Mb.
bet5/49
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#230617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Mavzu: Riniyatoifa bo`limi- Rhyniorhyta

Reja:


  1. Riniyasimonlar tuzilishi, ular eng daslabki Yuksak o`simliklar ekanligi.

  2. Bo`limning qazilma holda saqlangan vakillari.

  3. Ularni o`rganishning ilmiy ahamiyati.

Bu bo`limga mansub o`simliklar ildizsiz, poyasi dixatomik shoxlangan, bargsiz bo`lishi bilan xarakterlanadi. SHoxlarining uchki qismida bir xil sporalar beruvchi sporangiylar bo`ladi. Gametofitlari rangsiz, er ostida rivojlanadi, bir uyli ya`ni anteridiy va arxegoniylari bitta tanada hosil bo`ladi. Spermatozoidlari ko`p xivchinli. Bu bo`lim vakillari ilk bor quruq muhitda o`sishga moslashgan eng qadimgi Yuksak o`simliklardir. Ular gorizontal joylashgan o`q (ildizpoya) va undan Yuqoriga qarab chiqqan shoxlardan tashkil topgan. Uchki qismida sporangiylar xosil buladi. Bu bo`limga mansub o`simliklar bizgacha etib kelgan emas. Qadimgi geologik davrlarda yashab, so`ng yo`qolib ketgan. U 1 ta ajdod va 2 ta qabiladan iborat. Bu o`simliklar Poleozoy erasining devon davrida qisqa vaqt yashagan xolos. Ular xozirgi vaqtda faqatgina qazilma xoldagina uchraydi. Ularga mansub turlar dastlab SHotlandiyadan topilgan. Keyinchalik esa ular boshqa joylarda ham yashaganligi ma`lum bo`lgan (Avstraliya, Xitoy, SHimoliy Amerika). Bu o`simliklarni ingliz olimlari Kidston va Langlar (1917-1924) batafsil o`rganishgan.

Bu bo`limga kiruvchi o`simliklar orasida o`z davrida bir muncha keng tarqalganlaridan Rhynia major hisoblanadi. U tashqi va ichki tuzilishining soddaligi bilan xarakterlanadi. Bo`yi 50 sm, Yug’onligi 5 mm bo`lib, botqoqliklarda o`sgan. Tanasining er ostki qismi ildiz poyaga aylanib, rizoidlar hosil qilgan. Tananing markaziy qismi protostel tipida bo`lib, u kslema va floemadan tashkil topgan. Tana sirtdan epidermis bilan qoplangan. epidermisda og’izchalar joylashgan. Bularni bo`lishligi Yuksak o`simliklar ekanligini bildiradi.

Xorneya- Hornea. Bu xam riniyaga o`xshash o`simlik bo`lib, xar ikkisi xam bir xilda – botqoqliklarda o`sgan va ularni koldiqlaridan torf xosil bo`lgan. Xorneya tanasining biroz kichikligi, ildizpoyasi kalta va tuganakli bo`lishi bilan raniyadan farq kilgan. Bu ham bir xil kattalikdagi spora hosil qilgan. Tana tuzilishi xam raniyaga o`xshash.

1937 yili Lang tomonidan yana bir o`simlik Ko`ksoniya-Cooksonia BuYuk Britaniyadan topildi. Keyinchalik CHexoslovakiya, Markaziy Kozog’iston, AQSH, g’arbiy Sibirdan topilgan.

Psilofiton- Psilophyton princes. Bu o`simlik Devon davri yotqiziklariga xos bo`lib, dastlab D. Dauson tomonidan 1859 yili o`rganilgan. Buning ham tanasi dixotomik shoxlangan, buyi 1-2 metrga etadigan yirik o`t o`simlik. Tanasida barglar bo`lmagan, lekin bigizsimon o`simtalar bilan qoplangan. Bular ham bir xil sporalar hosil qilish yo`li bilan ko`paygan. Ichki tuzilishi ham oldingilarga o`xshab ketadi. Sporangiyalari shoxlarining uchki qismida bir nechta bo`lib joylashgan.

Riniyassimonlarga mansub o`simliklar topilguncha qadar Yuksak o`simliklar ichida «Yo`sinsimonlar eng qadimgi» deb hisoblangan. Keyingi riniyasimonlarni topilishi va ularni o`rganilishi Yuksak o`simliklarning kelib chiqishiga, ularning filogeniyasini to`g’ri hal qilishga yordam beradi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling