Узбекистон Республикаси Олий ва Урта махсус


Download 0.71 Mb.
bet14/49
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#230617
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Kalamitnamolar qabilasi Calamitalis

  • Qirqbo`g’imnamolar qabilasi - Eqvisetales

    1. Kalamitnamolar qabilasiga mansub o`simliklar hozirgi davrida yo`qolib ketgan, Poleozoy erasining Devon, toshko`mir davrlarida yashagan o`simliklar hisoblanadi. Bularning bo`yi 30-40 metrga etadigan daraxtlar bo`lgan. SHoxlari yirik va mayda bo`lib, mayda shoxlarida, barglar xalqasimon bo`lib joylashgan. Poyasida kambiy ma`lum darajada rivojlangan.

    2. Qirqbo`g’imnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Bu qabila bitta oila- qirqbo`g’imdoshlar (Eqvisetaceae), bitta turkum qirqbo`g’im (Eqvisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Ulardan keng tarqalgani dala qirqbo`g’imi (Eqvisetum arvense). Bu o`simlik bizning sharoitimizda cho`l mintaqasidan to tog’gacha bo`lgan erlarda, buloq, ariq, ko`l va daryo bo`ylarida o`sadi. Bo`yi 20-35 (100 sm). Dala qirqbo`g’imi 2 xil novda hosil qiladi. Bahorgi (generativ) novda– qo`ng’ir rangda va yozgi–o`suvchi (vegetativ) novda–yashil rangda bo`ladi. Bahorgi novdadagi barglar reduktsiyaga uchragan. Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar hosil bo`ladi. Boshoqlar sporangiyaforlardan tashkil topgan. Sporangiyaforlar 3 qismdan iborat: a) olti qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10ta sporangiylar. Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo`lgan elaterali sporalar hosil bo`ladi. Sporalar 3 qavatdan tuzilgan: a) ichki (itina), b) o`rta (ekzina), v) tashqi (perina). Sporalar etilib tashqariga sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiksimon ipcha-o`simta (elatera) o`sib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni sochilib turushiga yordam beradi. Sporasi tashqi morfologiyasi bo`yicha bir xil bo`lsa ham, ichki fiziologiyasi va bioximiyoviy tarkibi jihatdan har-xil. SHu sababdan yangi rivojlangan gametofit ayrim jinsli bo`ladi.



    3. Ahamiyati: Dala qirqbo`g’imi dorivor o`simlik sifatida xalq tabobatida ko`p ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin, nikot alkaloidlar, kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor.

    Xalq tabobatida qirqbo`g’im damlamasi qon to`xtatuvchi, dori sifatida, o`pka sili, buyrak, Yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari er ustki qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. CHunki uning poyasi har-xil zarracha va qumlarni o`ziga singdirib olishi hususiyatiga ega.



    Download 0.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling