Узбекистон Республикаси Олий ва Урта махсус


Mavzu: Qirqbo`g’imtoifa bo`limi-Eqvisetophyta


Download 0.71 Mb.
bet13/49
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#230617
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Mavzu: Qirqbo`g’imtoifa bo`limi-Eqvisetophyta.
Reja:

    1. Qirqbo`g’imlilarni o`ziga xos belgilari, ularning kelib chiqishi va tarqalishi.

    2. Bo`limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari.

    3. Ahamiyati.

1. Bu bo`lim vakillari poyasining to`g’ri tartib bilan bo`g’im va bo`g’im oralig’iga bo`linishi bilan boshqa Yuksak sporali o`simliklardan farq qiladi. Ularning bo`g’imlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovqasimon bo`lib, joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovqasimon joylashib, ular ham o`z navbatida bo`g’imlarga bo`lingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali bo`lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta`sir kiladi. YAna xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil kilish bilan chegaralanadi, bu jixatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. SHuning uchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo`lim turlari Poleozoy erasining Toshko`mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan. Ularni daraxt, buta shakildagilari Yuqolib ketib, bizning davrimizgacha etib kelgan emas, faqat keyinroq paydo bulgan, ko`p yillik o`to`simliklargina bizgacha etib kelgan. QYrqbo`gimlilarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma`lum. Ular dunyoning Avstraliya va YAngi Zellandiya orollaridan tashqari barcha erlarda uchraydi. Urta Osiyoda 6 turi uchraydi.

QYrqbug’imlilar kelib chiqishiga kura Riniofitlarga borib taqaladi. CHunki ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (Mikrofilliya). evalYutsion nuqtai nazardan bu bo`lim ham tupik hisoblanadi.

2. Bu bo`lim 3 ajdodga bo`linadi:

1. Gieniyasimonlar ajdodi - Hyeniopsida

2. Ponabargsimonlar ajdodi Sphenophylopsida;

3. Qirqbug’im simonlar ajdodi – Egvisetopsida;

1.Gieniyasimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari to`lig’icha Yuqolib ketgan, devon davrida yashagan, bo`yi 70-90 smga etadigan buta o`simlaklar bo`lgan. Ajdod ikkita oilaga bo`linadi:

1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae

2. Kalomofitondoshlar – Calamophytaceae

1. Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o`simlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali dixotomik shoxlangan. YUqori shoxdagi barglari xalqasimon, pastdagilari esa ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular egilgan holatda bo`ladi.

2. Kalomofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu o`simlik ham Gieniyaga o`xshash, undan farqi, tanasi aniq bo`g’imlarga bo`linmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. Sporangiyalari faqat ikkitadan bo`lib joylashgan.

2.Panabargsimonlar ajdodi. Bu ajdod o`simliklari ham Poleozoy erasining Devon davridan to Mezoydoy erasining trias davrigacha yashagan, hozirda qirilib yo`qolib ketgan o`simliklardir. Ponabarglilar ajdodining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi. Bu o`simlikni poyasi uzun, ingichka (nozik), bo`g’im va bo`g’im oraliklarga bo`lingan. Bo`g’imlarida ponasimon barglar xalkasimon bo`lib joylashgan. Poyasi ingichka bo`lganligidan boshqa daraxt o`simliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud. SHuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida ko`paygan. Sporalari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda vujudga kelgan.

3. Qirqbo`g’imsimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari poyasining rosmana bo`g’im va bo`g’im oraliqlariga bo`linganligi bilan xarakterlanadi. Bu ajdod ikkita qabilaga bo`linadi.



  1. Download 0.71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling