Узбекистон Республикаси Сирдарё вилояти Сардоба тумани


III. Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari


Download 0.75 Mb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1403481
1   2   3
Bog'liq
Мустакил иш Moliyaviy siyosatning mazmuni va printsiplari (копия) 2

III. Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari

Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida vositalaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo‘ladi. Shunga asosan ta’kidlash joizki, yigirmanchi asrda jamiyatning taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi masala bo‘yicha moliya nazariyasining asosiy yo‘nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va D.Rikardolar konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqlamog‘i lozim va jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga berilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi asrning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi.


Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi. XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining siklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi.
Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o‘sdi; qo‘shimcha talab shakllantirildi;
MD miqdori ko‘paydi;
ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi va h.k. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari hajmining oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o‘zida davlat daromadlari miqdorining oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko‘rildi.
Daromad solig‘i davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari qo‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi.
Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o‘rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli tarzda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘ygan va buning ustiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Haqiqatan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida o‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvining kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat kreditining rivojlanishini belgilab berdi.
Uzoq va o‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o‘zining ahamiyati bo‘yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi.
Buning natijasida MDni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neo-klassik yo‘nalishi moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini belgilab berdi.
Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan voz kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta kursini, ssuda kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi.
Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurilish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi. Ayni davrda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati boshqa zamonaviy nazariyalar yordamida amalga oshirilib, bu nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining qo‘shilib ketganligidan iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik va ham neokeynschilik tizimining turli-tuman elementlaridan foydalanishyapti.
Sovet davlatida va sotsialistik orientatsiyada (yo‘nalishda) bo‘lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818- 1881) va V.I.Leninning (1870-1924) nazariy konsepsiyalari ta’sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari haqidagi markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini – moliyaviy markazlashtirishni – belgilab berdi. Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining to‘planishinigina emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda davlatning yakka hokimligini ko‘zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi.
Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo‘jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo‘lib qoldi. Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan to‘liq moliyalashtirdi.
Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barcha sohalariga davlat rejalari yordamida bevosita rahbarlik qildi.
Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat (umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi.
Shunga muvofiq ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o‘tdi. Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo‘ldiki, davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shakllantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimining barcha qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
Bunday moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo‘lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o‘tilishini, sovet davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan sotsial-iqtisodiy muammolarning yechilishini kafolatladi.
Bu moliyaviy siyosatni yyetarli darajada samarali bo‘lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, fuqarolar urushidan, chet el harbiy intervensiyasidan meros bo‘lib qolgan favqulodda murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yyetarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, urushda g‘alaba qozondi va qiyosiy qisqa muddatlarda urushdan vayron bo‘lgan xalq xo‘jaligini tikladi.
II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g‘arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi.
Bir vaqtning o‘zida sotsialistik lager mamlakatlariga juda katta miqdorda moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi:
• ularning taraqqiyotida sotsialistik orientatsiyani (yo‘nalishni) ta’minlash uchun;
• sotsialistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun;
• kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun. Bu maqsadlarga erishish uchun xomashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz qazib chiqarishni o‘ta yuqori sur’atlarda amalga oshirish talab etildi.
Yangi qazilma boyliklarini o‘zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo‘lishini taqozo etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni o‘zlashtirish, o‘sha hududlarga katta miqdorlarda ishchi kuchini ko‘chirish (mehnatga haq to‘lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) bilan bir qatorda yangidan neft va gaz quvurlarini qurish yordamida amalga oshirildi.
Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo‘lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish MDni tegishli tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtayi-nazaridan urushdan keyingi davrning moliyaviy siyosat va uni amalga oshirish choralarini nosamarali deb aytish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hukumat rasmiy hujjatlarida aholi turmush darajasi oshayotganligini bayon etish, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bo‘lishiga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to‘lashning darajasiga va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va yyengil sanoat, fuqarolik qurilishi va iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Agar harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq to‘lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo‘lishiga qaramasdan, hatto unda ishlayotgan aholi ham o‘zining iste’mol talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi.
Shuning uchun ham iste’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliyaviy siyosatning samaradorligini salbiy baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir:
• taqsimlash munosabatlarining subyektlarini, ya’ni moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
• yuridik shaxslar va aholining o‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;
• birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
• moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. Moliyaviy siyosat o‘ta nozik va ko‘p qirrali tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elementlari bo‘yicha tabaqalanishi moliyaviy tizimning rivojlanganligiga va uning ayrim bo‘g‘inlarining mustaqilligiga bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi bizga mustaqil moliyaviy siyosatni yuritishga imkon berdi. Qisqa fursatlarda O‘zbekiston moliyaviy siyosatning tamoyillari ishlab chiqildi va u izchillik bilan amaliyotga joriy etila boshlandi. Yangi moliyaviy siyosatning asosiy mazmuni shundaki, u davlatning iqtisodiyot tarmoqlarini har taraflama rivojlantirish orqali xalqning yuqori turmush darajasini ta’minlash vazifasiga xizmat qilishga yo‘naltirilgan.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling