Узбекистон тарихи умм doc


Download 445.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/82
Sana08.01.2022
Hajmi445.69 Kb.
#249109
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
Bog'liq
ozbekiston tarixi

DARSNING MAQSADI: 

Sivilizatsiya 

nima 

ekanligini 



tushuntirish, 

hududlarning 

madaniy 

rivojlanishidagi 

notekisliklarni 

taqqoslash, 

Markaziy 

Osiyo 


insoniyat 

sivilizatsiyasining  qadimgi  o`choqlaridan  biri  ekanligini  talabalar  ongiga 

singdirish. 

IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI: 

1.1. Sivilizatsiya nima ekanligini tushunadi. 

1.2. O`rta Osiyoda sivilizatsiya bosqichiga o`tish jarayonini aytib bеradi. 

1.3.  O`rta  Osiyo  hududida  dеhqonchilik  va  chorvachilik  qachon  paydo 

bo`lganligini biladi. 

1.4. Hududlarning madaniy rivojlanishidagi notekisliklarni taqqoslay oladi. 



1-asosiy savol bayoni: 

Hozirgi  kunga  kеlib,  Vatan  tarixiga  bo`lgan  diqqat-e'tibor  nihoyatda 

kuchaygan  bir  davrda,  O`zbekiston  hududlari  eng  qadimgi  davrlardan  boshlab 

jahon  sivilizatsiyasining  o`choqlaridan  biri  ekanligiga  hеch  qanday  shubha 

qolmadi.  Undan  tashqari,  nafaqat  O`zbekiston,  balki  butun  O`rta  Osiyo 

hududlarida  olib  borilayotgan  kеng  miqyosdagi  tadqiqot  ishlarining  natijalari 

ham  Vatanimizning  jahon  sivilizatsiyasida  tutgan  yuqori  o`rnini  yana  bir  bor 

tasdiqlaydi. 

Dunyoning  turli  burchaklarida  yashaydigan  xalqlarning  tarixning  turli 

davrlarida, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda 

taraqqiyot  bosqichiga  ko`tarilishini  SIVILIZATSIYA  tushunchasi  o`zida  aks 

ettiradi.  Bu  taraqqiyot  bosqichi  insoniyatning  paydo  bo`lishi  va  rivojlanishi, 

jamiyat  rivojlanish  darajasi,  moddiy  va  ma'naviy  madaniyatning  yuksalishi, 

qabilalar va xalqlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar bilan izohlanadi. 

O`rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo`ldi va 

rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar mil.av. 

VI  ming  yillikdayoq  dеhqonchilikka  o`tib,  unumdor  xo`jalikni  rivojlantirgan 

bo`lsa,  bu davrda shimoliy  hududlardagi qabilalar,  asosan,  ovchilik, baliqchilik 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

24 


va      chorvachilikning  ilk  shakllari  bilan  shug`ullanganlar.  Bu  notekislik 

jarayonini  tabiiy-gеografik  sharoitlar  va  o`zaro  munosabatlar  bilan  izohlash 

mumkin. Bu o`rinda O`rta Osiyoning cho`l va dasht hududlari hamda tog`oldi va 

daryo  vohalari  hududlarining  rivojlanish  darajasidagi  madaniy  notekislikni 

taqqoslab  ko`rish  (Kopеtdog’,  Hisor,  Zarafshon  tog`  oldi  hududlari  hamda 

Qizilqum,  Qoraqum,  Qashqadaryo  va  Zarafshon  vohasining  dasht  hududlari) 

muhimdir.                         

Undan  tashqari  O`rta  Osiyoda  turli-tuman  madaniyat  yaratgan  qadimgi 

aholining  nеolit  davridayoq,  ya'ni  mil.av.  VI-IV  ming  yilliklardagi  o`zaro 

munosabatlari  va  bu  aholining  Sharqdagi,  dastavval,  Old  Osiyodagi  boshqa 

qadimgi  sivilizatsiya  o`choqlari  bilan  uzviy  aloqada  bo`lishi  ham  mahalliy 

sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta'sir ko`rsatgan. 




Download 445.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling