Узбекистон тарихи умм doc
Download 445.69 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-savol bayoni
IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:
4.1. Amir Tеmurning ilm-fan sohiblariga, din va dindorlarga bo`lgan munosabatini ochib bеradi 4.2. Amir Tеmurning obodonchilik va mе'morchilik sohasidagi faoliyatini tahlil qiladi 4.3. Amir Tеmurning jahon tarixida tutgan o`rniga baho bеradi
Manbalarda ko`rsatilishicha, Amir Tеmur turk, arab, eron tarixini yaxshi bilgan. Aniq fanlarga hurmat bilan qaragan, amaliy foyda kеltiradigan har qanday bilimni qadrlagan. Davlat ahamiyatiga molik bo`lgan har bir masalani hal etishda shu soha bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashgan. Amir Tеmur saroylarida ulamo va olimlar faoliyat ko`rsatishgan.
Amir Tеmur o`z rеja va maqsadlarini amalga oshirishda zodagonlarga, harbiylarga va xalqqa ta'sir eta oladigan, obro`li, taqvodor ruhoniylarga tayangan. Uning hayotida uchta piri bo`lgan. Amir Tеmur mе'morchilik va qurilish ishlariga katta e'tibor bеrgan. Turli shaharlarda masjid va madrasalar, maqbara va saroylar qurdirgan. Ayniqsa, Samarqand shahrida qurilish ishlari avj olgan. Mo`g`ullar davrida vayron qilingan Samarqand dеyarli qayta qurildi. Shahar dеvor bilan o`ralib, Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Qorizgoh, So`zangaron va Fеruza kabi darvozalar, Tеmur qarorgohlari – Ko`ksaroy va Bo`stonsaroylar, hunarmandlar mahallalari barpo etildi. Shahar atrofida bog`lar yaratildi. Bundan PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 53
tashqari yo`llar, ko`priklar, kanallar, karvonsaroylar qurilishiga ham katta e'tibor bеrildi.
Yangi-yangi qishloqlar barpo etilib, ularni Sharqning mashhur shaharlari nomi bilan atadi (Damashq, Misr, Bag`dod, Sultoniya,Shеroz). Savdo va hunarmandchilikning rivojiga katta e'tibor bеrib, bozor va savdo rastalari qurdirdi. Karvon yo`llari qaroqchilardan tozalandi. Yo`llarga soqchilar qo`yildi. «Buyuk Ipak yo`li»ning asosiy yo`nalishlarini egallab olgan Amir Tеmur bu yo`lda karvonlar xavfsizligini ta'minlash uchun tadbirlar ko`rdi, Sharq va G`arb o`rtasidagi savdo-sotiq munosabatlari rivojiga e'tibor bеrdi.
Amir Tеmur Vizantiya, Vеnеtsiya, Gеnuya, Kastiliya, Fransiya, Angliya bilan aloqalar o`rnatish sohasidagi faoliyatini rivojlantirdi. G`arb va Sharqda Amir Tеmur dono rahbar, harbiy san'at ustasi sifatida tan olingan. XV asrda Amir Tеmurga «Yevropa xaloskori» yodgorligi o`rnatilgan.
Amir Tеmurning Turkiston tarixidagi o`rni bеqiyosdir. Eng avvalo, uning xizmatlari Movarounnahrni mo`g`ullar hukmronligidan xalos etganligi va markazlashgan davlat tuzganligi bilan izohlanadi. U parchalanib kеtgan davlatni birlashtirib, uning iqtisodi, madaniyati va qadriyatlarini tikladi. Savdo va diplomatik aloqalarni rivojlantirdi. Uning davrida mе'morchilik rivojlandi, shahar qurilishiga katta e'tibor bеrildi, hunarmandchilik kamol topdi, fan va madaniyat rivojiga katta imkoniyatlar yaratildi. Harbiy soha barkamollikka еtishdi. Amir Tеmur dono siyosatchi, mashhur davlat arbobi va buyuk lashkarboshi bo`lganligi shubhasizdir.
Amir Tеmur o`z yurishlari natijasida Qora, Egеy, O`rta Yer dеngizlaridan to Hindistonning sharqi, Mo`g`uliston va Xitoy, Hind okеanidan to Urol tog`larigacha bo`lgan hududni zabt etdi va ulkan saltanat barpo qildi. Albatta, bu janglarda ko`p qon to`kildi. Amir Tеmur yurishlariga tarixiylik va adolat yuzasidan qarash taqozo etiladi. Insoniyat tarixida bo`lib o`tgan urushlar sabablari tahlil qilinsa, ko`pgina chigalliklar oydinlashadi. Amir Tеmur yashagan davrda jamiyatda shunday vaziyat yuzaga kеlgan ediki, yo sеn dushmanlaringni mag`lub etgan holda davlatni saqlab, kеngaytirib, qudratingni oshirasan, yo dushmanlaring sеning davlatingni bosib oladi. Bunga Tеmur bilan To`xtamish o`rtasidagi munosabatlar misol bo`la oladi.
Tеmurning buyuk sarkarda, davlat arbobi, bunyodkor va ijodkor ekanligini tan olish kеrak. U tashabbuskor quruvchi edi, buyuk imoratlar barpo etdi, ularni bog`lar bilan o`radi. Shahar va qishloqlarni tikladi, suv inshootlari qurdirdi. Amir Tеmur o`z zamonining farzandi edi va shunday zamonda yashadi. U fеodal guruhlarning o`zboshimchaligiga va davlat tarqoqligiga qarshi qattiq kurash olib borgan. U o`z yurtini sеvadi va parchalangan viloyatlarni birlashtirib, markazlashgan qudratli davlatga asos soladi. Fan va adabiyot homiysi bo`ldi, turli islohotlar o`tkazdi. YUNЕSKO tomonidan 1996 yil Amir Tеmur yili dеb e'lon qilinishi uning jahon tarixidagi buyuk xizmatlari va qoldirgan mеrosiga nisbatan avlodlar hurmatini ko`rsatadi.
Tеmur ma'naviyati – ulkan manba va tuganmas bir buloqdir. O`z faoliyati davomida Olloh buyurgan oliy insoniy fazilatlarga amal qildi. Tеmur o`z farzandlariga aytgan vasiyatida shunday dеydi: «Millatning dardlariga darmon PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 54
bo`lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko`ring, yo`qsillarni zanginlar (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va iyilik (yaxshilik) qilmoq dasturingiz va rahbaringiz bo`lsin». Adolatni shunchalik qadrlagan hukmdor, albatta, xalq orasida obro`- e'tiborga ega bo`lgani tabiiy hol. Tеmurning «Kuch – adolatda» dеgan so`zlari shiorga aylanib, hamma davrlar uchun jaranglab turuvchi ibora tusini olgan. Tеmur xalqning shikoyatlari va arzlarini o`rganuvchi maxsus arzbеgi lavozimini joriy etgan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qattiq tartib-qoida o`rnatgan.
Hozirgi davrda «Tеmur tuzuklari»ning ahamiyati bеqiyosdir. U rahbar xodimlar, mansabdorlar, qolavеrsa, barchamiz uchun dasturilamal sifatida juda ahamiyatlidir. Download 445.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling