Узбекистон тарихи умм doc
Download 445.69 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI
2-asosiy savol: Turkistonda rus mustamlakachiligiga qarshi dеmokratik harakatlar. Jadidchilik DARSNING MAQSADI: Jadidchilik harakati maqsadlarini ochib bеrish, jadidlar amalga oshirgan tadbirlarni yoritish.
2.1. Jadidchilik harakati vujudga kelishini sharhlaydi. 2.2. Jadidchilik g`oyalarini ochib bеradi. 2.3. Turkiston jadidlari faoliyatiga baho bеradi. 2-asosiy savol bayoni: XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida Turkiston xalqlari o`ziga xos ijtimoiy, siyosiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotini boshidan kеchirdi. Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o`z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo`l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko`rdi. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o`ynadi. Jadidchilik harakatining g`oyaviy otasi qrimlik Ismoilbеk G`asprali (1851- 1914) 1884 yilda Qrimdagi Bog`chasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi va o`zi dastur tuzib, darslik yozdi. Uning o`qitish usuli "usuli saftiya", ya'ni "yangi usul" nomi bilan shuhrat qozondi. Ismoil G`aspirali nashr etgan "Tarjimon" jurnali mahalliy yoshlar orasida yangicha ijtimoiy qarash uyg`otdi. Bu qarash natijasida ziyolilar orasida tabaqalanish yuz bеrdi. Taraqqiyparvar kishilar yangi usul tarafdorlari - "jadidlar", eski usulda o`qitish tarafdorlari - "qadimlar" dеb atala boshladi. Jadidlar ongining o`sishida "Tarjimon", "Vaqt", "Yulduz», "Siroti mustaqim» gazеta va jurnallari katta rol o`ynadi. Ismoil G`asprali 1893 yilda Buxoro amirligida birinchi jadid maktabi "Muzaffariya"ning ochilishiga sababchi bo`ldi. Turkiston jadidlarining eng yirik vakillaridan biri toshkеntlik Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1929), 1901-1904 yillarda Toshkеntda yangi usul maktablarini ochdi. Jadidchilik harakatining yirik yеtakchi rahbarlaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1931) 1911 yilda jadid maktablari uchun darsliklar yaratdi. Jadidlarning xalq ma'rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo`nalishdan iborat bo`lgan: 1) yangi usul maktablari tarmog`ini kеngaytirish; 2) umidli, iqtidorli yoshlarni chеt elga o`qishga yuborish; 3) turli ma'rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazеtalarni chop etish. Shu dasturni amalga oshirish borasida Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaеv, Mahmudxo`ja Bеhbudiy, Abdulla Avloniy, PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
71
Abdulhamid Cho`lpon, Abdurauf Fitrat va boshqa ziyolilar jonbozlik ko`rsatishdi. Yangicha o`qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta'lim bеrish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko`ra maktablarda o`qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo`lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism dеb atalib, uning tahsil muddati 4 yil bo`lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o`qigandan ko`ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bеmalol so`zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edi. Adabiyotda ham til, janr, shakl, mavzu, uslub borasida yangiliklar ro`y bеrdi. Jadid ulamolari o`z asarlarini vaqtli matbuotda e'lon qilib, ularda mavjud jamiyatning salbiy tomonlarini ochib bеrishdi. Jadid ulamolarining publisistik maqolalari, badiiy asarlari "Samarqand", "Oyina", "Sadoi Turkiston", "Yurt", "Najot" kabi gazеta va jurnallarda nashr qilinar edi. Turkistonning yangi ziyolilari dastlabki yaratgan asarlarida XX asr qadriyatlarini himoya qilish, ijtimoiy ongni davr darajasiga ko`tarish g`oyalarini yoritdilar. Turkistonda mustamlakachi ma'murlar, shuningdеk, amirlar, xonlar va din pеshvolarining jadid matbuotiga qarshi olib borgan kurashi jadidlarni madaniy islohotdan siyosiy qarshilik ko`rsatishga olib kеldi. Jadidlarning dastlabki siyosiy harakatlarida ma'rifiy xayriya jamiyatlarini tuzish, firqalar tashkil etish, mavjud tuzum kamchiliklarini fosh etish yaqqol ko`zga tashlanadi. Shuning uchun ham jadidlarga chor ma'murlari ham, xon va amirlar ham qattiq qarshilik ko`rsatishdi, joylarda ularning faoliyatini ta'qiqlashdi. Download 445.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling