Узбекистонда илм-фан ва таълим мавзусидаги илмии конференция им и
LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZARIY
Download 55.61 Kb. Pdf ko'rish
|
LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZARIY
ASOSLARI 24 Aprel 2020 yil "O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim" 2-sonli konferensiyasi Shayxislamov Nursulton Zamon o‘g‘li Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi yo ‘nalishi 2-bosqich talabasi nurs ulto ns hayxis la mov@g mail.com Annotatsiya: Bugungi kunda jahon miqyosda filologiyaning yangi turlari paydo bo ‘Imoqda. Ulardan biri lingvokulturologiyadir. Quyidagi maqolada ushbu zamonaviy tilshunoslik sohasining qisman nazariy asoslari va bir qancha olimlarning fikrlari bayon etiladi. Kalit so‘zlar: lingvokulturologiya, tilshunoslik, sxema, madaniyat konteksti, etnografiya, psixolingvistika Lingvokulturologiya tilshunoslikdagi nisbatan yangi soha bo‘lib, til va madaniyatning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Hozirgi zamonaviy tilshunoslikda til va madaniyatning bir-biriga ta’sirini o‘rganish muhim masala bo‘lib qoldi. Buning sababi jahon miqyosidagi muammolarning globallashuvi, har xil masalalarni hal etishda turli xalqlarning universal va o‘ziga xos bo‘lgan fe’l- atvori va munosabatlarini hisobga olish zarurati, madaniyatlararo tushunmovchiliklar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan vaziyatlarni oldindan bilish ehtiyoji, kommunikativ faoliyatning asosida yotgan madaniy boyliklarni belgilash va aniqlashning muhimligidir. Birinchi marta til va madaniyatning bog‘liqligi XX asrning boshida amerikalik tilshunos R.Lado sxemasida belgilangan. Uning sxemasida A va B shaxlasr o‘rtasidagi muloqot qanday tarzda o‘tishi kerakligi ko‘rsatilgan edi. XX asrning 90-yillariga kelib esa lingvokulturologiya fani rus tilshunosligida ancha keng o‘rganildi, bu sohada ayniqsa V.N.Teliya, V.V.Vorobev, N.I.Tolstoy, Y.D.Apresyan, Y.A.Yakovleva, V.A.Maslova va boshqalarning ishlari ahamiyatlidir [1-6]. Ular o‘z tadqiqotlarida tilda o‘z aksini topgan va mustahkam o‘rnashgan xalq madaniyatining namoyon bo‘lishini yoritganlar. XX asrning oxirida Moskvada quyidagi to‘rt lingvokulturologik maktablar vujudga keldi: 1) Y.S.Stepanovaning lingvokulturologik maktabi. Bu maktab metodologiyasi bilan E.Benvenistaning nazariyasiga yaqin bo‘lib, uning maqsadi madaniyatni o‘zgarmas holda diaxronik jihatdan ta’riflashdir; "Oriental Art and Culture" ilmiy-uslubiy jurnali 186 24 Aprel 2020 yil "O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim" 2-sonli konferensiyasi 2) N.D.Arntyunova maktabi. Har xil zamon va xalqlarga tegishli bo‘lgan matnlarda olingan madaniyatning universal atamalarini tadqiq etadi; 3) V.N.Teliya maktabi. Bu maktab Rossiyada va xorij davlatlarida frazeologizmlarning lingvokulturologik tahlili bilan shug‘ullanuvchi Moskva maktabi sifatida ma’lum bo‘lgan maktabdir. 4) V.V.Vorobev, V.M.Shaklein va boshqalar tomonidan Rossiya xalqlar do ‘ stligi universitetida yaratilgan, E.M.Vereshagin va V.G.Kostomarovlarning nazariyasini davom ettirayotgan lingvokulturologiya maktabi. Lingvokulturologiyaning eng asosiy xususiyati u yoki bu hodisani ham madaniyat kontekstida barobar ravishda kuzatishidan iboratdir. Lingvokulturologiyaning asosiy obyekti madaniyat va tilni faoliyat jarayonida o‘zaro bog‘lanishi, o‘zaro ta’siri va bu o‘zaro ta’siri sharhini til ma’lumotlari asosida bir butun tizimli yaxlitlik sifatida o‘rganishdan iboratdir. Lingvokulturologiya predmeti sifatida til birliklari, nutq faoliyati elementlari va insonning nutqiy xulqi ishtirok etadi, bular madaniyatga tegishli omillar orqali aniqlanadi va bu masala o‘z navbatida til belgilarining madaniy semantikasini o‘z ichiga qamrab oladi. V.V.Vorobev lingvokulturologiyani quyidagicha ta’riflaydi: “ ... lingvokulturologiya - bu sintez qiluvchi shakldagi majmuiy ilmiy fan, bu fan madaniyat va tilning faoliyatini o‘zaro aloqa va hamkorlikda o‘rganib, bu jarayonni til va tildan tashqari (madaniy) mazmun birliklarining mukammal va yagona tarkibda tizimli uslublar yordamida hamda zamonaviy yo‘nalishlar madaniy me’yorlarga (normalar va umumbashariy qadriyatlarga) qaratilganligini aks ettiradi” V.A.Maslova shunday deydi: “Lingvokulturologiya - bu lingvistika va kulturologiya tutashgan joyda vujudga kelgan fan bo‘lib, tilda o‘z aksini topgan va unda qayd etilgan va xalq madaniyatining namoyon bo‘lishini tadqiq etuvchi hamda til jarayonlarida ishtirok qiluvchi, jonli milliy tilda mujassam bo‘lgan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganuvchi gumanitar fandir. Tilning asosiy (fundamental) vazifalaridan biri - madaniyatni vujudga keltirish (yaratish), rivojlantirish, saqlash va namoyish etish vositasi bo‘lishini qanday qilib amalga oshishini aniqlab, ta’riflashga imkon yaratadi. Uning maqsadi til madaniyatni o‘z birliklarida saqlab namoyish etuvchi usullarini (metodlarini) o‘rganishdir” Tilshunoslikning yangi sohasi bo‘lgan lingvokulturologiya haqida o‘zbek tilshunos olimlarining ham fikrlari mavjud. Bugungi kundagi o‘zbek tilshunosligining taniqli nazariyotchi olimi, filologiya fanlari doktori, professor Ravshanxo‘ja Rasulov ham o‘z fikrini aytib o‘tgan. U shunday degan: “Lingvokulturalogiya tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, "Oriental Art and Culture" ilmiy-uslubiy jurnali 187 24 Aprel 2020 yil "O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim" 2-sonli konferensiyasi psixolingvistika sohalari asosida shakllandi. U madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o‘zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o‘rganadi”. Download 55.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling