Узбекистонда илм-фан ва таълим мавзусидаги илмии конференция им и


LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZARIY


Download 55.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi55.61 Kb.
#1817323
1   2   3
Bog'liq
LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZAR

LINGVOKULTUROLOGIYANING TARIXIY VA NAZARIY
ASOSLARI
24 Aprel 2020 yil 
"O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim" 2-sonli konferensiyasi
Shayxislamov Nursulton Zamon o‘g‘li 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika 
instituti O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi 
yo ‘nalishi 2-bosqich talabasi 
nurs ulto ns hayxis la mov@g mail.com
Annotatsiya: Bugungi kunda jahon miqyosda filologiyaning yangi turlari 
paydo bo ‘Imoqda. Ulardan biri lingvokulturologiyadir. Quyidagi maqolada ushbu 
zamonaviy tilshunoslik sohasining qisman nazariy asoslari va bir qancha 
olimlarning fikrlari bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: lingvokulturologiya, tilshunoslik, sxema, madaniyat konteksti, 
etnografiya, psixolingvistika
Lingvokulturologiya tilshunoslikdagi nisbatan yangi soha bo‘lib, til va 
madaniyatning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirini o‘rganadi. Hozirgi zamonaviy 
tilshunoslikda til va madaniyatning bir-biriga ta’sirini o‘rganish muhim masala 
bo‘lib qoldi. Buning sababi jahon miqyosidagi muammolarning globallashuvi, har 
xil masalalarni hal etishda turli xalqlarning universal va o‘ziga xos bo‘lgan fe’l- 
atvori 
va 
munosabatlarini 
hisobga 
olish 
zarurati, 
madaniyatlararo 
tushunmovchiliklar paydo bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan vaziyatlarni oldindan 
bilish ehtiyoji, kommunikativ faoliyatning asosida yotgan madaniy boyliklarni 
belgilash va aniqlashning muhimligidir.
Birinchi marta til va madaniyatning bog‘liqligi XX asrning boshida 
amerikalik tilshunos R.Lado sxemasida belgilangan. Uning sxemasida A va B 
shaxlasr o‘rtasidagi muloqot qanday tarzda o‘tishi kerakligi ko‘rsatilgan edi. XX 
asrning 90-yillariga kelib esa lingvokulturologiya fani rus tilshunosligida ancha 
keng o‘rganildi, bu sohada ayniqsa V.N.Teliya, V.V.Vorobev, N.I.Tolstoy, 
Y.D.Apresyan, 
Y.A.Yakovleva, 
V.A.Maslova 
va 
boshqalarning 
ishlari 
ahamiyatlidir [1-6]. Ular o‘z tadqiqotlarida tilda o‘z aksini topgan va mustahkam 
o‘rnashgan xalq madaniyatining namoyon bo‘lishini yoritganlar. XX asrning 
oxirida Moskvada quyidagi to‘rt lingvokulturologik maktablar vujudga keldi:
1) 
Y.S.Stepanovaning 
lingvokulturologik 
maktabi. 
Bu 
maktab 
metodologiyasi bilan E.Benvenistaning nazariyasiga yaqin bo‘lib, uning maqsadi 
madaniyatni o‘zgarmas holda diaxronik jihatdan ta’riflashdir;
"Oriental Art and Culture" ilmiy-uslubiy jurnali
186


24 Aprel 2020 yil
"O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim" 2-sonli konferensiyasi
2) N.D.Arntyunova maktabi. Har xil zamon va xalqlarga tegishli bo‘lgan 
matnlarda olingan madaniyatning universal atamalarini tadqiq etadi;
3) V.N.Teliya maktabi. Bu maktab Rossiyada va xorij davlatlarida 
frazeologizmlarning lingvokulturologik tahlili bilan shug‘ullanuvchi Moskva 
maktabi sifatida ma’lum bo‘lgan maktabdir.
4) V.V.Vorobev, V.M.Shaklein va boshqalar tomonidan Rossiya xalqlar 
do ‘ stligi universitetida yaratilgan, E.M.Vereshagin va V.G.Kostomarovlarning 
nazariyasini davom ettirayotgan lingvokulturologiya maktabi.
Lingvokulturologiyaning eng asosiy xususiyati u yoki bu hodisani ham 
madaniyat 
kontekstida 
barobar 
ravishda 
kuzatishidan 
iboratdir. 
Lingvokulturologiyaning asosiy obyekti madaniyat va tilni faoliyat jarayonida 
o‘zaro bog‘lanishi, o‘zaro ta’siri va bu o‘zaro ta’siri sharhini til ma’lumotlari 
asosida 
bir 
butun 
tizimli 
yaxlitlik 
sifatida o‘rganishdan 
iboratdir. 
Lingvokulturologiya predmeti sifatida til birliklari, nutq faoliyati elementlari va 
insonning nutqiy xulqi ishtirok etadi, bular madaniyatga tegishli omillar orqali 
aniqlanadi va bu masala o‘z navbatida til belgilarining madaniy semantikasini o‘z 
ichiga qamrab oladi.
V.V.Vorobev lingvokulturologiyani quyidagicha ta’riflaydi:
“ ... lingvokulturologiya - bu sintez qiluvchi shakldagi majmuiy ilmiy fan, bu 
fan madaniyat va tilning faoliyatini o‘zaro aloqa va hamkorlikda o‘rganib, bu 
jarayonni til va tildan tashqari (madaniy) mazmun birliklarining mukammal va 
yagona tarkibda tizimli uslublar yordamida hamda zamonaviy yo‘nalishlar 
madaniy me’yorlarga (normalar va umumbashariy qadriyatlarga) qaratilganligini 
aks ettiradi”
V.A.Maslova shunday deydi: “Lingvokulturologiya - bu lingvistika va 
kulturologiya tutashgan joyda vujudga kelgan fan bo‘lib, tilda o‘z aksini topgan va 
unda qayd etilgan va xalq madaniyatining namoyon bo‘lishini tadqiq etuvchi 
hamda til jarayonlarida ishtirok qiluvchi, jonli milliy tilda mujassam bo‘lgan 
moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganuvchi gumanitar fandir. Tilning asosiy 
(fundamental) vazifalaridan biri - madaniyatni vujudga keltirish (yaratish), 
rivojlantirish, saqlash va namoyish etish vositasi bo‘lishini qanday qilib amalga 
oshishini aniqlab, ta’riflashga imkon yaratadi. Uning maqsadi til madaniyatni o‘z 
birliklarida saqlab namoyish etuvchi usullarini (metodlarini) o‘rganishdir”
Tilshunoslikning yangi sohasi bo‘lgan lingvokulturologiya haqida o‘zbek 
tilshunos 
olimlarining ham fikrlari mavjud. Bugungi kundagi o‘zbek 
tilshunosligining taniqli nazariyotchi olimi, filologiya fanlari doktori, professor 
Ravshanxo‘ja Rasulov ham o‘z fikrini aytib o‘tgan. U shunday degan: 
“Lingvokulturalogiya 
tilshunoslik, 
madaniyatshunoslik, 
etnografiya,
"Oriental Art and Culture" ilmiy-uslubiy jurnali
187


24 Aprel 2020 yil
"O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim" 2-sonli konferensiyasi
psixolingvistika sohalari asosida shakllandi. U madaniyat, etnos, milliy mentallik 
bilan o‘zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida 
o‘rganadi”.

Download 55.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling