“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Download 146.11 Kb. Pdf ko'rish
|
PwbzYBpXi4DY9B4DXL5XXXNkGVi3vTs9Jp10F4Wy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. SAMARALI MULOQOTNING TASHKIL ETUVCHILARI
2.
SAMARALI MULOQOT Samarali muloqot – ma‘lum bir natija va maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi kommunikatsiyadir. "Samaradorlik" tushunchasi "natijalilik" ma’nosini bildiradi. Muloqot, kommunikatsiya Samarali muloqot Tushuncha Bu axborot almashinuvi jarayoni va natijasidir. Bu savodli tashkil etilgan va o‘tkazilgan muloqot (o‘zaro muloqot) bo‘lib, tomonlarga kutilgan natijalarga erishish imkonni beradi (bu “ma’lumot almashish”dan ko‘ra kengroq tushuncha, jarayon). Maqsad Asosan muloqot jarayonining o'zi. Barcha ishtirokchilarning ma’lum bir (kutilgan yo‘ki imkoniyat bolgan) natijalarga erishishlari. Shunday qilib, muloqot (kommunikatsiya) va samarali muloqot o‘rtasidagi asosiy farq - bu aniq natijaga yo‘nalganlikning yo‘qligi yoki kamligi. 3. SAMARALI MULOQOTNING TASHKIL ETUVCHILARI: Muloqotda samaradorlikka erishish uchun, ya’ni bu muloqot samarali bo‘lishi uchun, quyidagi tashkil etuvchilari zarur: 1. Muloqat maqsadi Agar tomonlarda aniq belgilangan maqsadlar bo‘lsa va ular o‘zaro manfaatli bo‘lishsa, u holda muloqot (muloqot) samaradorligi oshadi. 2. Tomonlar manfaati Agar tomonlarda o‘zaro munosabat va hamkorlik qilishga qiziqishlari va istaklari bo‘lsa, ular ushbu o‘zaro qiziqishni barcha bosqichlarda hisobga olsalar, u holda muloqot va muloqotning samaradorligi oshadi. 3. Tomonlar zaxirasi (inson, moddiy, moliyaviy, intellektual va vaqt). Tomonlar aloqa jarayonida ham, undan keyin ham foydalanishlari mumkin bo‘lgan real, aniq zaxiralarni bilishlari va ko‘rib chiqishlari kerak. 4. Muloqat shart - sharoitlari Maqsadga qarab, aloqa belgilangan formatda, joyda, norasmiy yoki rasmiy sharoitda (va hkz) olib boriladi. 5. Qatnashchilarning ruhiy holati Muloqot ishtirokchilarining psixologik holati muloqot samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. Muloqot jarayonini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, salbiy yoki ijobiy “rangga bo‘yashi” va h.k.z. Samarali muloqotning tashkil etuvchilarini bilish va o‘zaro munosabatning barcha bosqichlarida hisobga olish kerak: 1) muloqotga tayyorgarlik bosqichida; 2) muloqot jarayoni bosqichida; 3) muloqot natijalarini tahlil va sintez qilish bosqichida. Agar inson muloqotdan oldin 5 ta tashkil etuvchilari bo‘yicha hech bo‘lmasa ma’lum foizda tayyorgarlik ko‘rsa, u holda muloqot samaradorligi oshadi. Download 146.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling