Uzluksiz ta’lim


Download 39.65 Kb.
Sana30.12.2022
Hajmi39.65 Kb.
#1072591
Bog'liq
Loyiha


#... - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim sohasidagi davlat xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi
+ SHaxs
- Ta’lim
- Fan
- Uzluksiz ta’lim
- Barcha javoblar to’g’ri

# ...faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qiladi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring?


+Novatsiya
- Innovatsiya
-Modernizatsiya
- Isloxot
-Yangilash

# "VEN" diagrammasi qanday organayzerlar qatoriga kiradi?


+Taxliliy
- Analiz
-Sintez
- Taqqoslash
-To’g’ri javob yo’q

# "Klaster" so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ifodalangan?


+ Bog’lam
- Ketma-ketlik
- O’lcham
- Bog’liq
- Zinama-zina

# "Kreativlik" tushunchasining lug’aviy ma’nosini toping.


+ Yaratish
- Bunyod etish
-Kashf qilish
- Ijod qilish
- Barcha javoblar to’g’ri

# "T" sxema qanday organayzerlar qatoriga kiradi?


+Taxliliy
- Sintez
- Analiz
- Taqqoslash
-To’g’ri javob yo’q

# "Texnologiya" tushunchasining ta’rifini ayting.


+ Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuasi.
- Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun pedagogika soxasida qo’llaniladigan usul va metodlar majmuasi.
- Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun ijtimoiy soxalarda qo’llaniladigan usul va metodlar majmuasi.
- Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan usul.
- Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan meto-

# ...- ba’zi murakkab ishlanmalarni yaratish bo’yicha hujjatlar yig’indisi.


+ Loyiha
- Model
- Dars ishlanmasi
- Reja
- Hujjat

# ...grafik organayzeri asosida marraga kim birinchi chiqish texnologiyasining sxematik tuzilishi bo’yicha o’tilgan mavzularni mustahkamlash samarali hisoblanadi.


+ Zinama-zina
- Klaster
- FSMU
- Baliq skeleti
- Nilufar guli

# "O’qituvchilar va murabbiylar kunini nishonlash to’g’risida" O’zbekiston Respublikasining Qonuni qachon e’lon qilindi?


+ 1996 yil 21 dekabrda
- 1997 yil 21 dekabrda
- 1996 yil 22 dekabrda
- 1997 yil 21 dekabrda
- 1996 yil 21 oktyabrda

# SWOT tahlil metodining maqsadi nimadan iborat?


+ Interfaol ish shakllarini tatbiq etishga qaratilgan bo’lib, muammoning kuchli, kuchsiz tomonlari imkoniyatlarini tahlil etishga yo’naltirilgan.
- Interfaol ish shakllarini tatbiq etishga qaratilgan bo’lib, muammoning o’xshashlik tomonlari imkoniyatlarini tahlil etishga yo’naltirilgan.
- Interfaol ish shakllarini tatbiq etishga qaratilgan bo’lib, muammoning qarama-qarshi tomonlari imkoniyatlarini tahlil etishga yo’naltirilgan.
- Interfaol ish shakllarini tatbiq etishga qaratilgan bo’lib, muammoning yechimi imkoniyatlarini tahlil etishga yo’naltirilgan.
- Interfaol ish shakllarini tatbiq etishga qaratilgan bo’lib, muammoning kelib chiqish imkoniyatlarini tahlil etishga yo’naltirilgan.

# Agar grafik organayzerlarni o’qituvchi tayyor (to’ldirilgan) holda qo’llasa qanday vazifani bajaradi?


+Vosita
- Usul
- Yo’l
-Echim
- SHakl

# -Blum taksonomiyasini ketma-ketligini to’g’ri o’rnating?


+ Bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, sintez, baholash.
- Tushunish, bilish, qo’llash, tahlil, sintez, baholash.
- Bilish, tushunish, qo’llash, sintez, baxolash, taxlil.
- Tushunish, bilish, tahlil, sintez, baholash, qo’llash.
- Bilish, qo’llash, tushunish, sintez, taxlil, baholash.

# Bilim - .....lar tizimidan iborat. Jumlani to’ldiring.;


+ Tushuncha
- Malaka
- Ko’nikma
-Kompetentsiya
- G’oyalar

# Bilimlarni muammoli bayon qilish, ta’lim oluvchilarni izlanishga undash, kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish. Ular ...-


+ Muammoli ta’lim turlari
- Muammoli ta’lim tizimlari
- Muammoli ta’lim texnologiyalari
- Muammoli ta’lim loyixalari
- Barcha javoblar to’g’ri

# Bolonьya deklaratsiyasiga a’zo davlatlari ta’limi asoslanadigan tizimi-


+ Modul-kredit tizimi
- Mustaqil ta’lim tizimi
- An’anaviy ta’lim tizimi
- Zamonaviy ta’lim tizimi
- Xamkorlikdagi ta’lim tizimi

# Boshlang’ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqish -


+ Loyihalash
- Rejalashtirish
-Modellashtirish
- Konspektlashtirish
- Tizimlashtirish

# Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi talablari asosida belgilangan nashr qanday o’quv adabiyoti?


+ Darslik
- Metodik qo’llanma
- Didaktik material
- Dars ishlanma
- Badiiy adabiyot

# Davlat ta’lim standartlarini qaysi davlat organi tasdiqlaydi?


+ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi
- Davlat test markazi
- Vakolatli davlat organi
- Adliya vazirligi

# Darsning qanday turlarini bilasiz?


+ Yangi o’quv materialini o’rganish darsi; bilim, ko’nikma va malakani takomillashtirish darsi; umumlashtirish va sistemalashtirish darsi; bilimni nazorat qilish darsi; kombinatsiyalashgan darslar.
- Yangi o’quv materialini o’rganish darsi; bilim, ko’nikma va malakani takomillashtirish darsi; umumlashtirish va sistemalashtirish darsi.
- Yangi o’quv materialini o’rganish darsi; umumlashtirish va sistemalashtirish darsi; bilimni nazorat qilish darsi; kombinatsiyalashgan darslar.
- Bilim, ko’nikma va malakani takomillashtirish darsi; umumlashtirish va sistemalashtirish darsi; bilimni nazorat qilish darsi; kombinatsiyalashgan darslar.
- Barcha javoblar to’g’ri.

# Modul kredit tizimi (ESTS)da kreditlar yig’indisi bir o’quv yilida -


+ 60 ta
- 50 ta
- 40 ta
- 30 ta
- 90 ta

# Modul kredit tizimi (ESTS)da kreditlar yig’indisi bir semestrda -


+ 30 ta
- 60 ta
- 40 ta
- 50 ta
- 90 ta

# Illyustrativ metoddan foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat?


+ Ko’rish va eshitish madaniyatini shakllantirish
- Sezish va his qilish madaniyatini shakllantirish
- Talaffuz qilish madaniyatini shakllantirish
- Tinglash madaniyatini shakllantirish
- Barcha javoblar to’g’ri

#Radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan innovatsiyalar-....


+ Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra ta’lim innovatsiyalarining turlari
- Kiritilgan o’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra ta’lim innovatsiyalarining turlari
- Kiritilgan o’zgarishlarning kelib chiqishiga ko’ra ta’lim innovatsiyalarining turlari
- Kiritilgan o’zgarishlarning qo’llanilishiga ko’ra ta’lim innovatsiyalarining turlari
- Kiritilgan o’zgarishlarning tarixiga ko’ra ta’lim innovatsiyalarining turlari

# Vaqtga asosan nazorat turlari nechta?


+ 3 ta
- 2 ta
- 4 ta
- 5 ta
- 6 ta

#. ...... - fanning bir bo’limi, katta qismi o’tib bo’linganidan keyin tashkil etiladigan nazorat turi.


+ Oraliq nazorat
- Joriy nazorat
- Yakuniy nazorat
- Kundalik nazorat
- Amaliy nazorat

# ...... - o’quv fanini to’liq o’rganish natijasida tashkil etiladigan nazorat turi.


+ Yakuniy nazorat
- Oraliq nazorat
- Joriy nazorat
- Kundalik nazorat
- Test nazorati

# Buyuk olim, pedagogika fanlari doktori V.P. Bespalkoning fikricha, o’quvchilarning fanni o’zlashtirish ko’rsatkichi K_α≥____ ijobiy deb hisoblagan. Tushirib qoldirilgan miqdor qiymatini toping. (Bu yerda K_α - o’zlashtirishning sifat ko’rsatkichi)


+ 0,7
- 0,8
- 0,5 dan yuqori
- 0,6 dan yuqori
- 0,9

# Mamlakatimizdagi uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarini tartiblangan.


1) Maktabgacha ta’lim. 2)Umumiy o’rta ta’lim. 3) Oliy ta’lim. 4) O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi. 5) Maktabdan tashqari ta’lim. 6) Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. 7) Oiladagi ta’lim. 8) Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash.
+ 1, 2, 4, 3, 6, 8, 5, 7
- 1, 2, 3, 4, 6, 5, 8, 7
- 1, 2, 7, 6, 3, 8, 5, 4
- 2, 1, 7, 4, 3, 6, 8, 5
- 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8

# Ob’ektning yangi talablar, me’yorlar, texnik ko’rsatmalar, sifat ko’rsatkichlariga mos ravishda yangilanishi -......


+ Modernizatsiya
- Innovatsiya
- Novatsiya
- Texnologiyalashtirish
- Loyihalashtirish

# Ta’lim innovatsiyalarining asosiy turlari nechta?


+ 4 ta
- 3 ta
- 5 ta
- 6 ta
- 7 ta

# Pedagoglarda innovatsion yondashuvning bosqichlari nechta?


+ 4 ta
- 3 ta
- 5 ta
- Juda ko’p
- 2 ta

# Metodika so’zi ..... degan ma’noni beradi. Tushirib qoldirilgan so’zni toping


+ grekcha so’z bo’lib, "yo’l"
- lotincha so’z bo’lib, "yo’l"
- grekcha so’z bo’lib, "usul"
- lotincha so’z bo’lib, "usul"
- Inglizcha so’z bo’lib, "yo’l"

# Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchanlikni olib borish imkonini yaratadigan interfaol usul bu-......


+ "B-B-B" jadvali
- "T" sxemasi
- FSMU metodi
- Keys
- "Insert" usuli

# Bir-birini kesadigan ikki yoki undan ortiq doiralarda qo’llaniladigan grafik organayzerni belgilang.


+ Venn diagrammasi
- Klaster usuli
- Nilufar guli usuli
- "T" sxemasi
- "B-B-B" jadvali

# Grafik organayzerlar berilgan qatorni belgilang. FSMU(1), B-B-B chizmasi(2), venn diagrammasi(3), Sinkveyn metodi(4), klaster(5), Aqliy xujum(6), insert chizmasi(7).


+ 2,3,5, 7
- 1, 2, 4, 5,
- 2, 3, 6, 7
- 1, 4, 3, 2
- 3, 5, 7, 6, 4

# Interaktiv so’zining ma’nosi nima?


+ Inglizcha "inter" - "birgalikdagi" va "act" - "harakatlanish"
- Lotincha "inter" - "birgalikdagi" va "act" - "harakatlanish"
- Grekcha "inter" - "birgalikdagi" va "act" - "harakatlanish"
- Inglizcha "inter" - "o’zaro" va "act" - "xamkorlik"
- Lotincha "inter" - "o’zaro" va "act" - "xamkorlik"

# Interfaol metod berilmagan qatorni aniqlang.


+ Ma’ruza
- Klaster
- Sinkveyn
- Seminar trening
- Maxorat darsi

# Interfaol metod tushunchasiga berilgan ta’rifni aniqlang.


+ O’quv jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, bir vaqtning o’zida ham professor-o’qituvchi, ham talabani faollashtirishga yo’naltirilgan o’qitish usullari majmui.
- O’quv jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, bir vaqtning o’zida ham professor-o’qituvchi, ham talabani faollashtirishga yo’naltirilgan o’qitish tizimlari majmui.
- O’quv jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, bir vaqtning o’zida ham professor-o’qituvchi, ham talabani faollashtirishga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari majmui.
- O’quv jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, bir vaqtning o’zida ham professor-o’qituvchi, ham talabani faollashtirishga yo’naltirilgan o’qitish loyixalari majmui.
- O’quv jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, bir vaqtning o’zida ham professor-o’qituvchi, ham talabani faollashtirishga yo’naltirilgan o’qitish vositalari majmui.

# Qaysi javobda ta’lim texnologiyalari o’ziga qamrab oladigan elementlar ko’rsatilg.


+ Ta’lim jarayoni ishtirokchilari, maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari, vositalari, natijasi va uni nazorat qilib baholash
- Ta’lim oluvchi, maqsadi, mazmuni, shakli, vositalari, natijasi va uni nazorat qilib baholash
- Ta’lim beruvchi, maqsadi, mazmuni, shakli, vositalari, natijasi va uni nazorat qilib baholash
- Maqsadi, mazmuni, shakli, metodlari, vositalari, natijasi va uni nazorat qilib baholash
- Ta’lim jarayoni ishtirokchilari, shakli, metodlari, vositalari, natijasi va uni nazorat qilib baholash

# Pedagogik texnologiya nima?


+ Muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir
- Muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir
- Aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir
- Muayyan loyiha asosida aniq maqsadga yo’naltirilib, tashkil etilgan pedagogik faoliyatdir
- Muayyan dastur asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir

# "Texnologiya" atamasi qanday ma’noni bildiradi?


+ Mohirlik, ustalik
- Uddaburonlik
- CHaqqonlik
- San’atkorlik
- Barcha javoblar to’g’ri

# "Har kim bilim olish huquqiga ega Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir." Bu O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining nechanchi moddasi?


+ 41-modda
- 40-modda
- 39-modda
- 42-modda
- 43-modda

# Mulьtimedia nima?


+ ovozli va videoinformatsiyali ma’lumotli umumlashgan dastur
- Kompьyuter grafikasi
- Turli animatsiyalar
- Audio va video qurilmalarning bir ko’rinishi
- Barcha javoblar to’g’ri

# Ta’limga oid domen nomi bu..


+ Edu
- Gov
- Com
- Exe
- Org

# "Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar kerak" - iborasi Islom Karimovning qaysi asaridan olingan?


+ "Barkamol avlod orzusi"
- "O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat"
- "O’zbekiston mustaqillika erishish ostonasida"
- "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch"
- Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q

# Pedagog shaxsiga to’g’ri berilgan ta’rifni toping.


+ Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi shaxs yoki ta’lim tarbiya jarayonini o’rganuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan shug’ullanuvchi mutaxassi-
- Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi shaxs yoki ta’lim tarbiya jarayonini o’rganuvchi va shug’ullanuvchi mutaxassi-
- Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan shug’ullanuvchi mutaxassi-
- Yosh avlodga ta’lim berish bilan shug’ullanuvchi shaxs yoki ta’lim tarbiya jarayonini o’rganuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan shug’ullanuvchi mutaxassi-
- Yosh avlodga tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi shaxs yoki ta’lim tarbiya jarayonini o’rganuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan shug’ullanuvchi mutaxassi-

# Joriy nazorat bu ...


+ Ta’lim oluvchini fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
- Ta’lim oluvchini fan bo’limlari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
- Ta’lim oluvchini fan yakunlari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
- Ta’lim oluvchini ma’ruza mashg’ulotlari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.
- Ta’lim oluvchini o’quv yili yakuni bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli.

# Inglizcha so’zdan olingan bo’lib, berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod qanday nomlanadi?


+ Blits-so’rov.
- Klaster
-Insert
- Zinama-zina
- Nilufar guli

# Innovatsiya nima?


+ Boshqarish ob’ektini yaxshilash, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy yoki boshqa turdagi samara olish maqsadlarida yangilikni joriy etishning natijasi.
- Boshqarish ob’ektini yaxshilash, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy yoki boshqa turdagi samara olish maqsadlarida medernizatsiyani joriy etishning natijasi.
- Boshqarish ob’ektini yaxshilash, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy yoki boshqa turdagi samara olish maqsadlarida loyixani joriy etishning natijasi.
- Boshqarish ob’ektini yaxshilash, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy yoki boshqa turdagi samara olish maqsadlarida texnikani joriy etishning natijasi.
- Boshqarish ob’ektini yaxshilash, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnikaviy yoki boshqa turdagi samara olish maqsadlarida texnologiyani joriy etishning natijasi.

# Interaktiv ta’lim nima?


+ Xamkorlikdagi va faol ishtirokdagi ta’lim.
- An’anaviy ta’lim turi
- Ta’lim oluvchi bilan ta’lim beruvchining faoliyati
- Ta’lim turi
- Seminar-trening

# Kompetentsiya qaysi javobda to’g’ri berilgan?


+ Ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo’llash qobiliyati.
- Ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, malaka va ko’nikmalarni qo’llash qobiliyati.
- Ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tajribalarni qo’llash qobiliyati.
- Ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar va shaxsiy sifatlarni qo’llash qobiliyati.
- Ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun barcha bilimlarni qo’llash qobiliyati.

# Yangilanayotgan jarayonning tarkibi va texnologiyasini zamon talablari asosida turli takomillashtirishlarni kiritish yo’li bilan o’zgartirish bu-....... deyiladi.


+ Modernizatsiya
- Innovatsiya
- Novatsiya
- Loyihalashtirish
- Modellashtirish

# Modernizatsiya so’zi qaysi tildan olingan va qay ma’noni anglatadi?


+ Frantsuzcha "moderme" so’zidan olinib, "zamonaviy" degan ma’noni bildiradi.
- Inglizcha "moderm" so’zidan olinib, "zamonaviy" degan ma’noni bildiradi.
- Lotincha "moderme" so’zidan olinib, "zamonaviy" degan ma’noni bildiradi.
- Frantsuzcha "moderme" so’zidan olinib, "yangilash" degan ma’noni bildiradi.
- Inglizcha "moderme" so’zidan olinib, "yangilash" degan ma’noni bildiradi.

# O’z pedagogik faoliyatini o’zgartirishga bo’lgan ehtiyoj; innovatsion faoliyat motivatsiyasi asosida yangilikni sezish, o’rganish, bilish; tanlab olingan yangilikni pedagogik faoliyatiga


moslashtirish va qo’llash loyihasini ishlab chiqish, loyiha natijasini oldindan ko’ra olish; yangilikni amalga oshirishdagi ob’ektiv va sub’ektiv to’siqlarni bartaraf etishning jarayoniy-instrumental ta’minotini yaratish va yangilikni joriy etish; innovatsion faoliyat natijalarini tahlil qilish va loyihaga tuzatishlar kiritish bilan bu faoliyat yordamida o’z
kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirishga erishish; ilg’or tajribani ommalashtirish orqali innovatsion faoliyatning shaxsiy mohiyatga ega bo’lishi, o’z pedagogik faoliyatiga bo’lgan qarashlarining o’zgarishi bu - ........ Jumlani to’ldiring.
+ O’qituvchining innovatsion faoliyati mazmunini tashkil etadi.
- O’qituvchining innovatsion faoliyati maqsadini tashkil etadi.
- O’qituvchining innovatsion faoliyati tarkibini tashkil etadi.
- O’qituvchining innovatsion faoliyati turlarini tashkil etadi.
- O’qituvchining innovatsion faoliyati bosqichlarini tashkil etadi.

# Taqdimotlar, animattsion roliklar, o’yinlar, videoilovalar, mulьtimediya-galereyalar, audioilovalar va web uchun ilovalar bu - ...........


+ mulьtimediya ilovalaridir.
- mulьtimediya vositalaridir.
- mulьtimediya turlaridir.
- mulьtimediya tizimlaridir.
- mulьtimediya texnologiyalaridir.

# ...........- bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animattsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompьyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.


+ Mulьtimediya vositalari
- Mulьtimediya ilovalari
- Mulьtimediya jarayonlari
- Mulьtimediya turlari
- Mulьtimediya ko’rinishlari

# Mulьtimediyaning apparat-dasturiy vositalari keltirilgan javobni toping.


+ tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalar, ovoz yozish va ovoz taxrirlash vositalari.
- video yozish va video taxrirlash vositalari, ma’lumot tashuvchilar, manipulyatorlar.
- "virtual borliq" vositalari, mulьtimediyaning dasturiy vositalari.
- ovoz yozish va ovoz taxrirlash vositalari, video yozish va video taxrirlash vositalari.
- Barcha javoblar to’g’ri

# -Blum va uning shogirdi R.N.Gagnelar tomonidan aniqlangan va ular fikriga ko’ra test topshiriqlarining qiyinchilik darajasi bo’yicha turlarini belgilang.


+ Prodkutiv, reproduktiv, qisman izlanishli va ijodiy.
- Reproduktiv, qisman izlanishli, ijodiy va ochiq testlar.
- Produktiv, qisman izlanishli, ijodiy va yopiq testlar.
- Ochiq va yopiq testlar
- Adaptiv testlar

# O’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish jarayoni to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating.


+ Yillik va yarim yillik rejalashtirish
- Tematik, xar bir mashg’ulotni rejalashtirish
- Yillik, tematik va kundalik rejlashtirish
- Yillik, yarim yillik, joriy rejalashtirish
- Tematik, yillik, xaftalik, oylik rejalashtirish

# O’quvchilarning informatika fani bo’yicha bilimlarni egallash bosqichlarini belgilangan.


+ Idrok etish; o’quv materialini idrok etish; yod olish va mustahkamlash; bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda ishlatishga o’rgatish.
- O’quv materialini idrok etish; yod olish va mustahkamlash; bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda ishlatishga o’rgatish.
- Idrok etish; yod olish va mustahkamlash; bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda ishlatishga o’rgatish.
- Idrok etish; o’quv materialini idrok etish; yod olish va mustahkamlash; bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda ishlatishga o’rgatish; baholash.
- Idrok etish; o’quv materialini idrok etish; yod olish va mustahkamlash.

# Ta’lim innovatsiyalari turlari va ularning tarkibiy qismlari o’rtasidagi moslikni o’rnating.


Turlari: 1)Faoliyat yo’nalishiga ko’ra 2) Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra 3) O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra 4) Kelib chiqish manbaiga ko’ra
Tarkibiy qismlari: a) radikal innovatsiyalar. b) o’zlashtirilgan innovatsiyalar. v) modifikatsiyalangan innovatsiyalar. g) tizim innovatsiyalari. d) jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar. e) modul innovatsiyalar. k) pedagogik jarayonda qo’llaniladigan innovatsiyalar. j) kombinatsiyalashgan innovatsiyalar. f) ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar. n) tarmoq innovatsiyalari
+ 1-k,f; 2-a,j,v; 3-n,g,e; 4-d,b
- 1-k,f; 2-d,j,v; 3-n,g,e; 4-a,b
- 1-n,f; 2-a,j,b; 3-k,g,e; 4-d,v
- 2-k,f; 1-a,j; 3-n,e; 4-d,b
- 3-g,f; 2-b,j,v; 1-n,k,e; 4-d,a

# Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonda tatbiq etish bosqichlarini tartiblang.


1) O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 2) Muammoni taxlil asosida aniqlash. 3) O’zgarishlarni amalga oshirish. 4) Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyixalash.
+ 2, 4, 1, 3
- 2, 4, 3, 1
- 1, 2, 3, 4
- 1, 3, 2, 4
- 1, 3, 4, 2

# Taьlim oluvchilarning o’quv jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda bir tizimga solingan bilim, ko’nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi - ........... deyiladi?


+ Taьlim mazmuni
- Ta’lim maqsadi
- Taьlim turlari
- Taьlim shakllari
- Barcha javoblar to’g’ri.

# Oliy taьlimda talaba imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, o’qish muddatini qisqartirish, uzaytirish yoki kunduzgi, kechki, sirtqi kabi taьlim shakllarini tanlashi yoki qo’shimcha boshqa kasblarni egallashi huquqiga ega bo’lishiga qonuniy asos yaratish - ....... deyiladi.


+ Taьlimning liberallashuvi
- Ta’limning differentsiyalashtirish
- Taьlimni integratsiyalash
- Taьlim individuallashtirish
- Barcha javoblar to’g’ri.

# Tadqiqot metodi o’z oldiga asosan nechta maqsadni qo’yadi?


+ 2
- 3
- 4
- 5
- 6

# Tadqiqot metodi afzalliklari soni to’g’ri keltirilgan javobni ko’rsating.


+ 10
- 7
- 8
- 9
- 11

# Talabalarning mustaqil ishlari tizimi to’g’ri keltirilgan javobni ko’rsating.


+ 2
- 3
- 4
- 5
- Juda ko’p

# .......... - o’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.


+ Ta’lim vositalari
- Ta’lim metodlari
- Taьlim shakllari
- Taьlim tizimi
- Taьlim texnologiyalari

# Taьlim vositalari necha turga bo’linadi?


+ 3
- 2
- 4
- 5
- 6

# ............ - fikriy jarayonlarni ko’rgazmali taqdim etish vositasi.


+ Grafikli organayzerlar
- Yordamchi vositalar
- Qo’shimcha materiallar
- Didaktik materiallar
- To’g’ri javob yo’q
# ........ - yangilanayotgan jarayonning tarkibi va texnologiyasini zamon talablari asosida turli takomillashtirishlarni kiritish yo’li bilan o’zgartirish.
+ Modernizatsiya
- Innovatsiya
- Novatsiya
- Modifikatsiya
- Ratsionalizatsiya

# ......... - yangilanayotgan jarayonni o’zgartirish maqsadida uning ko’rinishini almashtirishni nazarda tutadi, buning natijasida jarayonning yangi jihatlari ochiladi.


+ Modifikatsiya
- Innovatsiya
- Novatsiya
- Modernizatsiya
- Ratsionalizatsiya

# ......... - yangilanayotgan jarayonning butun tarkibini takomillashtirishda namoyon bo’ladi


+ Ratsionalizatsiya
- Innovatsiya
- Novatsiya
- Modernizatsiya
- Modifikatsiya

# Yangi taxrirdagi O’zbekiston Respublikasining "Taьlim to’g’risida"gi Qonuni qachon qabul qilingan


+ 2020 yil 23 sentyabrь
- 1997 yil 29 avgust
- 2019 yil 23 sentyabrь
- 2020 yil 23 oktyabrь
- 2020 yil 23 noyabrь

# Yangi taxrirdagi O’zbekiston Respublikasining "Taьlim to’g’risida"gi Qonuni necha bob va necha moddadan iborat?


+ 11 bob, 75 modda
- 5 bob, 34 modda
- 7 bob, 128 modda
- 4 bob, 34 modda
- 10 bob, 76 modda

# Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kursining asosiy vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating


+ Bo’lajak o’qituvchilarda informatikani o’qitishda paydo bo’ladigan muammolarni hal qilishni tarbiyalash, mustaqil o’quv jarayonining, uslubiy ijodiyotning ko’nikmalarini shakllantirish
- Muammolarni maqsad, vazifa va fanning mazmuni bo’yicha umumlashtirish, klassifikatsiyalashning asosiy shakllarini ishlab chiqish masalalarini tushuntirish, test topshirish
- Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, o’quvchilarning yoshiga qarab alohida pedagogik uslublarning qo’llanilish samarasini tushuntirish, tekshirish va ko’rib chiqish, attestatsiyadan o’tkazish
- Klassifikatsiyalashning asosiy shakllarini ishlab chiqish masalalarini tushuntirish, bilimlarni tekshirish va mustahkamlash, malaka oshirish kursini o’tash
- Barcha javoblar to’g’ri

# Ta’limning mazmuni deganda nimani tushunasiz?


+ Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning o’quv jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda bir tizimga solingan bilim, ko’nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
- Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning o’quv jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan mavzulari tushuniladi.
- Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning o’quv jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda bir tizimga solingan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlari tushuniladi.
- Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning o’quv jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda bir tizimga solingan fan sohasi tushuniladi.
- Barcha javoblar to’g’ri

# Didaktika so’zi ma’nosi nima?


+ Didaktika - grekcha didaktikos so’zidan olingan bo’lib, "o’qitaman, o’qishni o’rgataman" ma’nolarini anglatadi
- Didaktika - lotincha didaktikos so’zidan olingan bo’lib, "o’qitaman, o’qishni o’rgataman" ma’nolarini anglatadi
- Didaktika - inglizcha didaktikos so’zidan olingan bo’lib, "o’qitaman, o’qishni o’rgataman" ma’nolarini anglatadi
- Didaktika - grekcha didaktikos so’zidan olingan bo’lib, "o’zgarish" ma’nosini anglatadi
- Didaktika - grekcha didaktikos so’zidan olingan bo’lib, "o’qitaman, o’qishni o’rgataman, o’qiyman" ma’nolarini anglatadi

# O’qitish metodikasi nima?


+ O’qitish metodikasi - bu o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuidir.
- O’qitish metodikasi - bu o’quv - didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan nazorat usullaridir.
- O’qitish metodikasi - bu o’quv - didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun talabalar bilimini nazorat qilishda qo’llaniladigan usullar majmuidir.
- O’qitish metodikasi - bu ta’lim jarayonini boshqarish.
- O’qitish metodikasi - bu o’quv - didaktik materiallaridan foydalanish orqali nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan nazorat usullaridir.

# O’qituvchining pedagogik faoliyati strukturasi qanday algoritm tartibida keltirilgan?


+ O’qituvchining pedagogik faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:
1.Tarbiyachilik. 2.Tashkilotchilik. 3.Kommunikativ 4.Pertseptiv 5.Informatsion 6. Didaktiv. 7. Yo’naltiruvchi.8. Safarbar etuvchi. 9. Rivojlantiruvchi. 10. Kreativ. 11.Gnostik (tadqiqotchilik).
- O’qituvchining pedagogik faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:
1.Tarbiyachilik. 2.Tashkilotchilik. 3.Kommunikativ 4.Informatsion 5. Didaktiv. 6. Yo’naltiruvchi. 7. Rivojlantiruvchi. 8 Kreativ. 9.Gnostik (tadqiqotchilik).
- O’qituvchining pedagogik faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:
1.Tarbiyachilik. 2.Kommunikativ 3.Pertseptiv 4.Informatsion 5. Yo’naltiruvchi. 6. Safarbar etuvchi. 7. Rivojlantiruvchi. 8. Kreativ.
- O’qituvchining pedagogik faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:
1.Tashkilotchilik. 2.Kommunikativ 3.Pertseptiv 4.Moxirlik. 5.Informatsion 6. Didaktiv. 7. Safarbar etuvchi. 8 Rivojlantiruvchi. 9. Kreativ. 10. Gnostik (tadqiqotchilik).
- O’qituvchining pedagogik faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin:
1.Kommunikativ 2.Pertseptiv. 3.Uddaburonlik. 4.Tarbiyachilik. 5.Informatsion 6. Didaktiv. 7. Yo’naltiruvchi. 8. Safarbar etuvchi. 9. Rivojlantiruvchi. 10. Kreativ. 11.Gnostik (tadqiqotchilik).

# Innovatsiya nima?


+ Innovatsiya (inglizcha innovation)- yangilik kiritish, yangilik demakdir
- Innovatsiya (lotincha innovation ) - yangilik kiritish, yangilik demakdir.
- Innovatsiya (kirilcha innovation) - yangilik kiritish, yangilik demakdir.
- Innovatsiya (ruscha innovation ) - yangilik kiritish, yangilik demakdir.
- Innovatsiya (inglizcha innovation)- o’zgartirish demakdir

# Interfaol so’zi qanday ma’noni anglatadi?


+ Interfaol ("Inter"-bu o’zaro, "act"-harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishni anglatadi.
- Interfaol ("Inter"-bu o’zaro, "act"-harakat qilmoq) - yangilik kiritish ma’nosini anglatadi.
- Interfaol ("Inter"-bu o’zaro, "act"-harakat qilmoq) - darsda faol bo’lishni anglatadi.
- Interfaol ("Inter"-bu o’zaro, "act"-harakat qilmoq) - o’zaro tajriba anglatadi.
- To’g’ri javob keltirilmagan

# O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya qanday jarayon?


+ O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
- O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan hujjatlardir.
- O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan innovatsiyalar.
- O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan nazoratlar.
- O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va rejalashtirilgan jarayondir.

# Pedagogik innovatsiya nima?


+ Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta’limda sifatiy o’zgarishlar qilib, yuqori samadorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir.
- Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni egallangan bilimlarini nazorat qilishdan iboratdir.
- Pedagogik innovatsiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning extiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir
- Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni tarbiyalashdan iboratdir.
- Pedagogik innovatsiya - bo’lajak mutaxassislarni ishlashga tayyorlovchilar bo’lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta’limda sifatiy o’zgarishlar qilib, yuqori samadorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir.

# Virtual - so’zining ma’nosi?


+ Virtual - lotincha so’zdan olingan bo’lib, reallikni aks ettiruvchi ma’nosini anglatadi
- Virtual - yunoncha so’zdan olingan bo’lib, reallikni aks ettiruvchi ma’nosini anglatadi
- Virtual - inglizcha so’zdan olingan bo’lib, reallikni aks ettiruvchi ma’nosini anglatadi
- Virtual - ruscha so’zdan olingan bo’lib, reallikni aks ettiruvchi ma’nosini anglatadi
- Virtual - inglizcha so’zdan olingan bo’lib, reallik ma’nosini anglatadi.

# "Virtual borliq" atamasi qachon qaerda o’ylab topilgan?


+ "Virtual borliq" atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jaron Lanier tomonidan o’ylab topilgan.
- "Virtual borliq" atamasi 1960 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jaron Lanier tomonidan o’ylab topilgan.
- "Virtual borliq" atamasi 1980 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Bayron tomonidan o’ylab topilgan.
- "Virtual borliq" atamasi 1975 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Bayron tomonidan o’ylab topilgan.
- To’gri javob yo’q.

# Virtual borliq nima?


+ Virtual borliq - bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bulib, u atrof-muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil ilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi.
- Virtual borliq - inglizcha so’zdan olingan bo’lib, reallikni aks ettiruvchi ma’nosini anglatadi.
- Virtual borliq - bu atrof-muhitni turli tasavvur ilish
- Virtual borliq - bu real hosil qilinadigan axborot muhiti bulib, u atrof-muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi.
- To’g’ri javob yo’q

# Immersivlik deganda nima tushuniladi?


+ Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o’zini faraz qilishini tushunish lozim
- Immersivlik deganda odamning real hayotda o’zini faraz qilishini tushunish lozim
- Immersivlik deganda odamning real borliqda o’zini faraz qilishini tushunish lozim
- Immersivlik deganda hodisalarni faraz qilishni tushunish lozim
- Immersivlik deganda mashg’ulotlarni faraz qilishni tushunish lozim

# Virtual borliq turlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?


+ 1. Passiv virtual borliq - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi; 2. Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan midorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan stsenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi; 3.Interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muxitni foydalanuvchi o’zi boshqara olishidir;
- 1. Passiv virtual borliq - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi; 2. Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan midorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan stsenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi; 3. Interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muxitni foydalanuvchi o’zi boshqara olishidir; 4. Virtual borliq - inglizcha so’zdan olingan bo’lib, reallikni aks ettiruvchi ma’nosini anglatadi.
- 1. Passiv virtual borliq - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi; 2. Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan midorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan stsenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi; 3. Interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muxitni foydalanuvchi o’zi boshqara olishidir; 4. Virtual - yunoncha so’zdan olingan bo’lib, reallikni aks ettiruvchi ma’nosini anglatadi.
- 1. Passiv virtual borliq - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi; 2. Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan midorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan stsenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi;
- Barcha javoblar to’g’ri

# Virtual borliqning asosiy xususiyatlarini ko’rsating.


+ Ta’sir doirasining kengligi; Yuqori vizuallashganligi; Uch o’lchovli muhit.
- Ta’sir doirasining kengligi; Yuqori vizuallashganligi;
- Yuqori vizuallashganligi; Uch o’lchovli muhit
- Ta’sir doirasining kengligi;Yuqori vizuallashganligi;Sezuvchanligi
- To’gri javob yo’q.

# "Innovatsion ta’lim" tushunchasi birinchi bor qachon, qaerda qo’llanilgan?


+ "Innovatsion ta’lim" tushunchasi birinchi bor 1979 yilda "Rim klubi"da qo’llanilgan
-"Innovatsion ta’lim" tushunchasi birinchi bor 1989 yilda Rimda qo’llanilgan
- "Innovatsion ta’lim" tushunchasi birinchi bor 1999 yilda "Rim klubi"da qo’llanilgan
- "Innovatsion ta’lim" tushunchasi birinchi bor 1969 yilda Rimda qo’llanilgan
- "Innovatsion ta’lim" tushunchasi birinchi bor 1969 yilda Yunonistonda qo’llanilgan

# O’quvchining bilish faoliyati deganda qanday faoliyat tushuniladi?


+O’quvchining bilish faoliyati deganda: o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash; to’plangan axborotlarni qayta ishlash; o’rganilgan axborotlarni (ma’lumotlarni) qo’llash kabi uchta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi.
-O’quvchining bilish faoliyati deganda: to’plangan axborotlarni qayta ishlash; o’rganilgan axborotlarni (ma’lumotlarni) qo’llash kabi ikkita bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi.
-O’quvchining bilish faoliyati deganda o’rganilgan axborotlarni (ma’lumotlarni) qo’llash kabi faoliyat tushuniladi.
-O’quvchining bilish faoliyati deganda: o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash; to’plangan axborotlarni qayta ishlash; o’rganilgan axborotlarni (ma’lumotlarni) qo’llash ; to’garaklarni tashkillash kabi to’rtta bosqichdan iborat faoliyat tushuniladi.
- To’g’ri javob yo’q

# Venn diagrammasi qanday metod?


+Ushbu metod ikki yoki undan ortiq katta o’lchamdagi o’zaro kesishuvchi aylanalar asosida tuziladi.
-Ushbu metod ikki yoki undan orti katta o’lchamdagi o’zaro kesishuvchi to’g’ri chiziqlar asosida tuziladi.
-Ushbu metod bitta katta o’lchamdagi aylana asosida tuziladi.
-Ushbu metod ikki yoki undan orti uchburchaklar asosida tuziladi.
- Ushbu metod ikki yoki undan ortiq katta o’lchamdagi o’zaro kesishuvchi tekisliklar asosida tuziladi.

# FSMU texnologiyasi qanday bosqichlardan iborat?


+ F - fikringizni bayon eting. S - fikringiz bayoniga sabab ko’rsating. M - ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring.U - fikringizni umumlashtiring.
- F - fikringizni bayon eting. S - fikringiz bayoniga savol ko’rsating. M - ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring. U - fikringizni umumlashtiring.
- F - fikringizni bayon eting. S - fikringiz bayoniga savol ko’rsating. M - ko’rsatgan sababingizni asoslovchi mashq keltiring. U - fikringizni umumlashtiring.
- F - fikringizni bayon yeting. S - fikringiz bayoniga sabab ko’rsating. M - ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring. U - fikringizni o’stiring
- F - farazingizni bayon eting. S - fikringiz bayoniga savol ko’rsating. M - ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring. U - fikringizni umumlashtiring

# SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim qanday ta’lim?


+ SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim - talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, uziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim
- SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim - o’quvchining bilish faoliyatini shakllantiradi
- SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim - talabaning fikrlarini asoslovchi ta’lim
- SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim - tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan miqdorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan stsenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi
- SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim - fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, uziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim

# Siz qaysi fandan nazorat topshirmoqdasiz?


+ Informatikani o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
- Informatika fanini o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
- Informatikani o’qitish texnologiyalari
- Informatikani o’qitishni loyihalashtirish
- Informatika o’qitish metodikasi.

# Ushbu semestrda shu fan bo’yicha qancha xajmda ma’ruza, laboratoriya va seminar mashg’ulotlari o’rganish rejalashtirilgan?


+ 16 soat ma’ruza, 14 soat laboratoriya va 6 soat seminar mashg’ulotlari.
- 16 soat ma’ruza, 12 soat laboratoriya va 6 soat seminar mashg’ulotlari.
- 16 soat ma’ruza, 16 soat laboratoriya va 8 soat seminar mashg’ulotlari.
- 16 soat ma’ruza, 14 soat laboratoriya va 8 soat seminar mashg’ulotlari.
- 18 soat ma’ruza, 14 soat laboratoriya va 6 soat seminar mashg’ulotlari.

# Ta’lim ishtirokchilarini sinf tarzida o’qitish ilk bor kim tomonidan taklif etilgan?


+ Yan Amos Komenskiy
- Benjamin Blum
- Gagne
- Konstantin Ushinskiy
- Bespalьko

# Muammoli ta’limning dastlabki tushunchasi ......... xisoblanadi.


+ Muammo
- Fikr.
- Tushunch+
- Me’yoriy hujjat
- Vosita
Download 39.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling