yil tashkil etilgan. Oldin bu maydon lenin maydoni deb nomlangan.
14. Mustaqillik maydonining to„rida joylashgan Mustaqillik va ezgulik monumenti haqida nimalarni bilasiz?
1992-yil Mustaqillik monumenti o‗rnatildi. Ramziy rashishda jahon maydonida O‗zbekiston
paydo bo‗lgani sharafiga qo‗yilgan Globus va O‗zbekiston tasviri va 2005-yil ushbu monument
oldiga farzandini bag‗riga bosib turgan ayol siymosi-Baxtiyor ona haykali o‗rnatildi va ushbu
yodgorlik Mustaqillik va ezgulik manumenti deb nomlandi.
15. “Avesto” kimlarning muqaddas kitobi va Avestoda qayd etilgan inson hayotining asosiy qoidasi bo„lishi
kerak bo„lgan g„oyalarni sanab bering? Zardushtiylik dini kitobi. Yezgu amal, ezgu fikr, Yezgu so‗z.
16. Kosmopolitlar kimlar va “O„troq hayot” deganda nimani tushunasiz? Yer yuzining hayot mavjud
bo‗lgan katta qismida uchraydigan o‗simlik va hayvonlar turi. O‗troq hayot bu bir qabila yoki
elatning bir joyda muqim yashashi degani.
17. Chingizxonga qarshi kurashlarda jasorat ko„rsatib, uni lol qoldirgan vatandoshimiz kim va u haqida
nimalarni bilasiz? Jaloliddin Manguberdini va uning Jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi
safdoshlari dushmanga qarshi yillar davomida qaxramonona kurashsalarda, ammo ona yurt
ozodligini saqlab qolishning ilojini qilolmaydilar. Eng so‗nggi Xorazmshoxning xukmdorligi 1231
yilda tugaydi. Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barxam topadi. Vatan ozodligi yo‗lida jon fido
qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O‗zbekistonda
1999 yili keng nishonlandi. Xorazmda unga xaykal o‗rnatildi, yirik ko‗cha va maydonlarga uning
nomi qo‗yildi, videofilm, pesa va dostonlar yaratildi. Jaloliddin jangda xarbiy taktika tarixida
birinchi bo‗lib dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo‗llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |