Uzoq va qisqa muddatli harajatlar va harajatlar egri chizig’ining shakllanishi


Download 57.32 Kb.
bet15/16
Sana03.12.2023
Hajmi57.32 Kb.
#1801264
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mavzu “uzoq va qisqa muddatli harajatlar va harajatlar egri chi-fayllar.org

XULOSA


Iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib boruvchi tarmoqqa aylanib borish tamoyili mavjud boMadi, chunki ortiqcha ustama foyda kam foydali tarmoqlardan yangi korxonalarni jalb qiladi. Ammo, tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo boMishi o'z-o'zini cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulotning bozor narxini pasaytiradi. Vaqt o'tishi bilan narx o'z darajasiga etmaydi va iqtisodiy foyda yo'qoladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo'qqa chiqaradi. Iqtisodiy foyda nolga teng bo`lganda, bozor talabi va taklifining bunday nisbati, bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini aniqlaydi. Shu vaziyatda tarmoq o'zining «ishlab chiqarish muvozanatli hajmiga» etadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o'zgarishlar ro'y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. 0 'z -o ‘zidan aniqki, tarmoq zarar ko'rganda korxona bunday tarmoqda qatnashishga qiziqmaydi. Aksincha, vaqti kelib tarmoqdagi mavjud. bo'lgan korxona o'zining faoliyatini to'xtatgan yoki ancha yuqori foyda keltiruvchi boshqa tarmoqqa o'tgan boMur edi. Ammo, bunday holda, zarar ko'rgan tarmoq mahsulotining bozor taklifi bozor talabiga nisbatan qisqaradi va shu bilan mahsulotning narxi zarar yo'qolguncha yana osha boshlaydi. Natijada, tarmoq o'zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va barqarorlashtiradi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabining alohida muhim rolini ta’kidlash lozim. Iste’molchilar pul daromadlarini sarflash orqali tovarlar bozoriga talab bildiradi. Agar bunday talab bildirish etarli darajada ko'p miqdorda to'plansa, korxona shu mahsulotni ishlab chiqarishga tayyor bo'ladi.

Iste’molchi talabining ko'payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi korxonaning zarar ko‘rishiga va vaqti kelib qiyin ahvolga tushib qolgan tarmoqning qisqarishiga olib keladi.




Download 57.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling