Uzoqqa otish


Download 96.69 Kb.
bet2/4
Sana03.10.2020
Hajmi96.69 Kb.
#132414
1   2   3   4
Bog'liq
1 SINF HARAKATLI O’YINLARI


OLIB QOCHAR

O’yinga tayorlash. O’yin sport zalida yoki maydonchada o’tkaziladi.o’yinni boshlash uchun sinf o’quvchilaridan 5 kishidan iborat ugil va kiz bolalar jamoalar to’ziladi. Har ikkala jamoaga maydon yoki zalni ikkala chekkasi va o’rtasiga baskedbol jarima to’pi tashlash uchun 1,5 m ga teng bittadan doira chiziladi.

O’yin tavsifi. O’yin ushbu doiradan boshlanadi, faqat doira o’rtasiga tennis kopokchalariga uhshagan latta motodan qilingan 15-20 dona koptokchalar to’plab qo’yiladi. Doira ichida koptokchalarni qo’riqlovchi sardor turadi. Boshqa komanda o’yinchilardan har safar 3 kishi hujum qilib, koptokchalarni olib qochishga tirishadilar. Lekin sardor bunga yo’l qo’ymaydi. Hujumchi o’yinchilar qancha ko’p koptokni olib qochsa, o’sha komanda g’olib deb topiladi.

Qoidalar. Qo’riqlovchi o’yinni qo’li yoki oyogi bilan hujumchilarni qaytarishi mumkin. Agar o’yinchiga tegsa , u o’yindan chiqdi deb hisoblanadi. Ularning o’rniga jamoadagi 2 ta saqlangan o’yinchilar tushadilar.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda engillik, chaqqonlik, sezgirlik jismoniy tarbiyalashga yordam beradi. Bu o’yinda diqqat ehtiborni harakatni o’zaro mosligi rivojlantiriladi. O’yinni o’ziga hos harakati tez yugurish, koptokni olib qochishdir.
OLMAHONLAR VA YONG’OQLAR

O’yin tavsifi. O’yinchilardan bittasi onaboshi qilib tayyorlanadi. Qolgan o’yinchilar maydonchaning o’zlari hohlagan joylarida 3 tadan bo’lib, qo’l ushlashib turadilar. Har bir uchlikdagi o’yinchilar kim olmahon, kim yong’oq, kim dub yong’oq bo’lishini o’zaro kelishib oladi. Rahbarning «Olmahonlar!» deb chaqirishi bilan tegishli o’yinchilar o’zlari turgan uch likdan chiqib, boshqa istalgan uchlikka turib oladilar, yahni chaqirilgan o’yinchilar bir-birlari bilan joy almashadilar. Joy almashish vaqtida onaboshi bush qolgan o’rinlardan bittasiga turib oladi vau yerdan chiqib ketgan o’yinchining nomini oladi. Joysiz qolgan o’yinchi onaboshi bo’ladi. O’yin paytida bir marta ham onaboshi bo’lmagan yoki boshqalarga nisbatan kamroq onaboshi bo’lgan o’yinchi g’olib hisoblanadi. O’yin natijalari hisoblab chikayotgan o’yinni boshlagan ishtirokchining onaboshiligi hisobga olinmaydi.

O’yinning qoidalari. 1 Uchliklardagi o’yinchilr qo’l ushlashib olgan paytda onaboshi davradan o’rin egallay olmaaydi.2 Rahbar chaqirgan o’yinchilar o’yinlarini almashtirishga majburdirlar.

Pedagogik ahamiyati. O’quvchilarda diqqat-ehtiborni, sezgirlikni, birgalikda kelishilgan holda harakat qilishni tarbiyalaydi.

Metodik ko’rsatkichlar. O’yin mobaynida bir necha marta birdaniga 2tadan o’yinchi («Olmahonlar!», «Yong’oqlar!»…) chaqirishi mumkin. O’yinning o’ziga hos harakati tez va kiska yugurishdan iboratdir.


TEZ VA ANIQ MO’LJALGA OTISH.

O’yinga tayyorlanish. O’yin uchun bitta umumiy markazga ega bo’lgan uchta aylana chiziladi. Ularning diametrlari 2,5-3,8-10 va 12-15 metrdan iborat bo’ladi.

Kichik aylana chizig’iga 7ta bo’lava yoki g’o’lacha qo’yiladi. O’quvchilar ikki komandaga bo’linadilar. Har-bir komanda o’z onaboshisini va uchta himoyachisini saylaydi.

Onaboshilar kichik va himoyachilar o’rtacha aylana qolgan o’yinchilar-to’p oshiruvchilar katta aylanada turadilar. Onaboshilar chek tashlaydi va o’yinni boshlaydigan onabosh voleybol to’pini oladi.

O’yinning tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin onaboshi to’pni o’zining oshiruvchilaridan biriga uzatadi, u esa o’z navbatida to’pni onaboshiga qaytaradi.Onaboshi to’pni ilib olgandan keyin bitta bo’lava yoki g’o’lachani urib yikitishga harakat qiladi.

Boshqa komandaning o’yinchilari esa to’pni ushlab olishga o’rinadilar, ushlab olganlaridan keyie to’pni o’z uzatuvchilariga uzatadilar, u esa onaboshisigauzatadi. To’rtta bo’lava yoki g’o’lachani oldin urib yikitgan komanda yutgan hisoblanadi.



Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda barcha o’yinchilar faol qatnashadilar. O’yin bolalarda harakat tezligini va epchillikni, tezkorlik reakstiyasini,jasurlikni, dadillikni,tan oluvchanlikni tarbiyalashga yordam beoadi. O’yinni o’ziga hos harakati to’pni anik nishonga urish.
ARQON TORTISH O’YINI.

O’yinga tayyorgarlik. Har bir komandani orqasida to’p osib qo’yilgan. O’yinchilar teng ikki komandaga bo’linadi. Arqon polga qo’yilgan.

O’yin tasnifi. O’qituvchining buyrug’idan keyin arqonni olib o’z tomonlariga tortib, osib qo’yilgan to’p boshlariga tegishiga harakat qiladi. Vazifani birinchi bo’lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi
GARDISh POYLASh.

O’yinda bir necha kishi qatnashadi. Bolalar bir devor, taxta yoki bino burchagi orqasiga yashirinib, taxtadan (temirdan yoki plastinadan) moslangan kichik elak kattaligidagi gardishni (to’rtburchak shaklida bo’lsa xam bo’ladi) chirpirak qilib tepaga ketma-ket otib turadi. Bunda gardish merganlarga qulay qilib otilishi lozim. Merganlar chirpirab uchayotgan gardishni mo’ljalga olib tosh yoki kesak otadilar. Kim gardishga ko’proq tosh (kesak) tekkiza olsa u yutgan hisoblanadi.


DON TUYISh.

Bolalar milliy taomlar tayyorlash uchun don tuyish (yanchish)da bahslashadilar. Bahs uchun tayyorlangan keli (o’g’ir) lar va tuyishga ajratilgan donlarning sifati va mikdori bir xil bo’lishi lozim. Bunda keksa momolar, tajribali kelinlar ishboshi bo’ladilar. G’oliblarni aniqlashda ham ular hakamlik qiladilar. Ovqat pishirish, bahor oylarida sumalak, halim singari milliy taomlarni tayyorlashda kelida don tuyish asosiy ish hisoblanadi.

Ajratilgan donni kelida tez tuygan bola bahsda g’olib chiqadi. Bu bahsda bola foydali mehnatga o’rganadi. Lekin bu mehnatning og’irligi yo’q, chunki bu musobaqa tarzida o’tkaziladi. Bajarilgan ish qatnashuvchiga quvnoqlik, xursandchilik, yaxshi kayfiyat bag’ishlaydi. Kelida don tuyishni yaxshi uddalagan o’g’il-qizdan uning ota-onasi ham mamnun bo’ladi.
MUShUK-SIChQON

O’ynovchilar bir-birlarini qo’llaridan ushlab doira bo’lib turadilar. Ikki onaboshi sanlanib, ulardan biri – «sichqon», ikkinchisi – «mushuk» bo’ladi. «Mushuk» doira tashqarisida, «sichqon» esa doira o’rtasida turadi. (13- rasm.)



O’yin tasviri. O’yin rahbarning signali bilan boshlanadi. «Mushuk»ning vazifasi quvish, «sichqon»niki esa, to’tqich bermaslik bo’ladi. «Sichqon» bo’tunlay erkin bo’ladi. U istasa doiradan tashqariga ham chiqishi mumkin, doirada turishlar ko’llarini ko’tarib unga yo’l buradilar, «mushuk»ni esa to’sib qoladilar. Agar «mushuk», «sichqon» to’tib olsa, boshqa mushuk-sichqon saylanib, o’yin davom etaveradi.

O’yin qoidalari: 1. Agar «mushuk» belgilangan paket ichida «sichqon»ni to’tolmasa, ularning o’ringa boshqa bolalar chiqadi. 2. «Sichqon» tez-tez doira tashqarisiga ham chiqib turishi kerak. 3. «Mushuk» doira ichiga kirayotganida yoki chiqayotganida doirada turganlarning qo’llarini uzib o’tishi mumkin.

O’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o’yin bolalarda uyushqoqlik, intizomlilik tarbiyalaydi, ularni qolishib, tez harakat qilishga o’rgatadi
ChO’PON

O’yinga tayyorlanshi, O’yin sport maydoni yoki dalada o’tkaziladi. O’yinda ko’pi bilan o’n bola qatnashishi mumkin. Ularning har birida bittadan bir metrli tayoq bo’ladi.

Barcha o’ynovchilar doira hosil qilib turadilar. Doira o’rtasida diametri 15-20 sm li chuqurcha qo’yiladi. Har bir o’yinchi ham o’z oldida diametri 10-12 sm li chuqurcha o’yadi, Onaboshi qo’lida tennis koptogi bilan doira o’rtasiga tushadida, rahbar ko’rsatgan joyda turadi. (21- rasm.)



O’yin tasviri. Ona-boshi o’z tayog’i bilan to’pni turtib, uni markaziy chuqurchaga tushirishga harakat qiladi. Boshqa o’ynovchilar unga halaqit beradilar va ayni vaqtda o’zlari ham o’sha chuqurchaga tushirishga o’rinadilar. Shuning bilan birga oldilaridagi chuqurni ham qo’riqlaydilar. Agar onaboshi tayog’ini biror o’yinchi oldidagi chuqurga tiqib olsa, u holda chuqur egasi bilan joy almashadi. Markaziy chuqurchaga eng ko’p to’p tushirgan bola birinchi o’rnini egallaydi.

O’yin qoidalari: 1. To’p chuqurchaga tushib, chiqib ketsa, tushgan hisoblanmaydi. 2. Agar onaboshi ma’lum vaqt ichida to’pni tushirolmasa yoki tayog’ini o’ynovchilardan birortasining oldidagi chuqurchasiga tiqib ololmasa, boshqa onaboshi tayinlanadi.

O’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o’yin bolalarni sezgirlik, chaqqonlik va hozirjavoblikka o’rgatadi.
QUVAShMAChOQ.

Maydon chiziq bilan chegaralab chiqiladi. Bitta onaboshi quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o’yinchilar uning atrofida doira hosil qilib turadilar.

Quvlovchi bir, ikki, uch deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib ketadilar, quvlovchi ularni quvlaydi va to’tadi. Qochayotganlar xavf tug’ilgan paytda o’tirib olishlari mumkin, o’tirib olganlarni quvlovchi to’tmaydi. Quvlovchi to’tib olgan bola onaboshi bo’ladi. O’yinni istagan vaqtgacha o’ynash mumkin.

Bu o’yinning sakrash bilan quvlashmachoq o’ynaladigan turi ham bor. Bu ham yuqorida ta’riflangandek o’ynaladi. Farqi shuki, bunda bir oyoqda sakragan 6olani to’tish mumkin emas.


2 SINF HARAKATLI O’YINLAR
UZOQQA OTISh

O’YINGA TAYYoRLANISh.O’quvchilar teng 5-8 ta komandaga bo’linadilar. Har bir komanda bir qatorga saflanib start chizig’ini orqasida turadilar.

Komandalarning birinchi bo’lib turgan o’yinchilari bittadan (ogirligi1-1,5kg) to’ldirma to’p oladilar.

O’YINNING TAVSIFI.

O’qituvchi signal berishi bilan birinchi o’yinchilar start chizig’ida turib to’pni kelishib olingan usulda (ikki qo’llab pastdan,boshlari ustidan oshirib, ung ki chap qo’l bilan) iloji boricha uzoqroq otadilar.

Ikkinchi nomerli o’yinchilar esa to’plarni tushgan joyidan otadilar. O’yin shu zaylda davom etadi. Umumiy hisobda to’pni eng uzoqqa otgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’YINNING QOIDALARI.

1.O’yinni keng, ochiq maydonda o’tkazish mahqo’l. 2.Har bir komandaga bittadan hokkey bo’lishi va to’pning tushgan joyini aniklashi kerak. 3. O’yinda hamma usuldan foydalanish mumkin.

PEDAGOGIK AHAMIYaTI.

O’yin to’pni pastdan oshirib otish va ilib olish malakalarini takomillashtirishga yordam beradi.O’yinda o’yin qatnashchilaridan diqqat, kuzatuvchanlikni, harakat reyakstiyasini tezligini harakat koordinatstiyasini tezligini talab qiladi! Har hil usulda otish qo’l mushaklarini rivojlantirishga yordam beradi.


GOZLAR-OQ QUShLAR.

O’yinga tayorlash. Maydonchaning ikki qarama – qarshi tomonlarining birida gozlar uchun uy, ikkinchi tomonida buri uchun in ajratiladi. O’ynovchilardan biri buri va koganlari gozlar bo’ladi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi «Gozlar- okqushlar!» deyishi bilan hama o’ynovchilar maydonchaga yugurib chikadilar. O’qituvchi «Gozlar-okqushlar, uyga kayting, buri tog tagida turibdi!»-deydi, O’ynovchilar baravariga «Buri u erda nima kilyapti?» deb so’raydilar. O’qituvchi «Gozlarning patini yulyapti!»- deb javob beradi. «Kanaka gozlarning patini yulyapti?»- deb surashadi o’ynovchilar. O’qituvchi «Oppokkina gozlarning. Tezrok uyga qochinglar!»- deydi. O’qituvchining shu so’zlaridan keyin hamma g’ozlar uyga qarab qochadilar. Buri esa inidan yugurib chiqib, ularni quvlay boshlaydi. O’yin ikki-uch marta takrorlandan keyin yangi onaboshi, yahni buri tayinlanadi.

O’yinning qoidalari. 1 O’qituvchi «tezrok uyga qochinglar!» deganidan keyingina qochish mumkin. 2. O’yinda maydonga hama yugurib chikishi kerak.

Pedagogik ahamiyati. Epchil, chaqqon,. Sezgirlik bilan harakat qilishga o’rgatadi. O’yinda kuch, chidamlik, kaordinastiya qobilmerini rivvojlantirishiga yordam beradi. O’yinning o’ziga hos harakati yugurish.
SAVAT YoKI YaShIKKA TO’P TUShIRISh.

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar bittadan bo’lib uch,. To’rt qatorga saflanadilar. Qatorlar soni qancha bo’lsa,. Shuncha savat (diametri 50 sm) yoki yashiklar o’rnatiladi. Savatlar qatoridan 3,,-4 metr naridagi ustunchalarga yoki darahtlarga o’rnatiladi. Qatorlar boshida birinchi bo’lib turganlarnin oyoqlari uchidan chiziq o’tkaziladi. Qator boshidagi turganlarga bittadan to’p beriladi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan qator boshida turganlar to’plarini uloktirib savatga tushirishga harakat qiladilar. Katro ohirida turganlar esa erga tushgan to’pni olib kelib navbatdagi o’ynovchilarga topshiraddilar, to’p irg’itganlar to’pni olib keluvchilar o’rniga borib turadilar. Savatga ko’proq to’p tushirgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinniing qoidalari: 1.To’pni savatga irg’itgandda chiziikdan nariga o’tish mumkin emas.Chiziqdan chiqib turgan holda savatga tushirilgan to’p hisobga olinmaydi. 2.Hamma o’ynovchilar navbat bilan savatga to’p irg’itishlari lozim.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarda basketbol elementlarini ayrim malakalari mustahkamlanadi va takomillashtiradi. Bundan tashqari o’yinda bolalarda uz kuchiga ishonish, diqqatni va tezlik reakstiyasini rivojlantirishga yordam beradi. O’yinda o’ziga hos harakati to’pni savatga tashlash.
OQ TOSh.

O’yinga tayyorlanish. O’yinda 10 dan 40 nafarga yakin o’quvchi qatnashishi mumkin. O’yin katta yalanglikda, sport maydonchasida yoki zalda o’tkaziladi. O’yinni o’tkazish uchun oddiy oq tosh kerak. Tayyorlanish. O’ynovchilar ikki komandaga bo’linadilar.Har bir komandaga onaboshi tayinlanadi.

O’yin boshlanishidan oldin o’yin rahbari yoki o’yinda qatnashayotgan o’quvchilardan biri oq toshni belgilangan joyga yashiradi.



O’yinning tavsifi. Rahbar silnal berishi bilan o’quvchilar toshni kidirish uchun oldindan belgilangan maydonga tarkalib ketadilar. Toshni topgan o’yinchi uni qarshi komanda o’yinchilariga sezdirmasdan o’zi yoki sheriklari bilan qo’ldan-qo’lga uzatib rahbarga olib kelib berishi kerak. Agar qarshi komanda o’yinchilari tosh topilganini sezib qolsalar uni qo’lga tushurishga o’rinadilar. Toshni olib borayotgan o’yinchiga qarshi komanda o’yinchisi qo’lini tekkizib olsa tosh uya o’yinchiga beriladi va u ham toshni sheriklari orasidan qo’lma-qo’l uzatib o’yin rahbariga etkazish uchun harakat qiladi. Komandalardan biri ok toshni o’yin rahbariga olib kelib bergandan keyin o’yin to’htatiladi. Toshni rahbarga keltirib bergan komanda g’olib hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda ijodiy tashabbuskorlikni, fikrlashni, chaqqonlikni tez harakatlanishni rivojlantiradi. O’yin bolalarda topqirlikni qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon beradi. O’yin bolalarda kuzatuvchanlikni va harakat reyakstiyasi tezligini talab qiladi. O’yinni o’ziga hos harakati toshni bildirmasdan qo’ldan-qo’lga uzatish va yugurish.
QURBAQA BILAN LAYLAK.

Uyiga tayorlanish. O’yin o’tkaziladigan maydoncha to’rt tomondan to’sib qo’yiladi yoki to’rt o’quvchi to’rtburchak hosil qilib ustidan sakrab o’tilishi lozim bo’lgan arqonchani ushlab turadi. To’rt tomoni to’sib yoki arqoncha bilan chegaralab qo’yilgan maydoncha «botkoklik» bo’ladi. O’ynovchilardan biri - «laylak», yahni onaboshi qilib tayinlanadi. Laylakning «UYa» si botkoklikdan bir necha qadam narirokda bo’ladi. Qolgan o’yinchilar botkoklikda turadilar.

O’yinning tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan laydak arqondan oshib, botkoklikka kiradi va qurbaqalarni ushlashga kirishadi. Qurbaqalar esa arqon ustidan sakrab o’tib laylakdan qocha boshlaydilar. Laylak ushlagan qurbaqani uz uyasiga olib ketadi. Qo’lga tushgan qurbaqalar kuyib yuboriladi. Ular botkoklikka sakrab tushib,yana o’yinda qatnashaveradilar.Laylakning qo’liga biror marta ham tushmagan o’yinchilar eng epchil o’yinchi hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1. Laylak har galgi quvishda faqat bir qurbaqani va botkoklik ichidagi qurbaqanigina ushlay oladi.2. Laylak botkoklikka kirgan paytda arqonchadan sakrab o’tishga ulgurmagan qurbaqa qo’lga tushgan hisoblanadi. 3. Botkoklikdan qurbaqalar chap berib qochishlari, yugurishlari, cho’kkayishlari va bush tortilgan arqoncha ustidan u yoki bu yokka sakrash mumkin.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarni diqqat e’tiborini, to’g’ri koordinatsiya harakatini rivojlantiradi. Bolalarda kuch, chaqqonlik, chidamlilikni, tezkorlikni, ayniqsa sakrovchanlikni rivojlantiradi va malakasini takomillashtiradi. O’yinning asosiy harakati sakrash va balandlikka sakrash hisoblanadi.
SAKROVChILAR.

O’yinga tayorlanish. Bolalar 2-4 komandaga bo’linadilar va bir qatordan bo’lib start chizig’i orqasida turadilar.Start chizig’idan 1m narida 20sm oraliqda bir necha chiziq chiziladi. Bu chiziqlar 1,2,3,4, va hokazo raqamlar bilan begilanadi.Ayni payitda shu chiziqlar ochqolar sonini bildiradi,yahni bolalar kaysi chiziqka sakrasalar, shucha ochko oladi. O’yin paytida 3-4 ta hakam saylanadi.

O’yining tavsifi. O’qituvchini signalidan so’ng birinchi o’yinchilar start chizig’idan iloji boricha uzoqroqqa sakrashga harakat qiladilar. Keyin ikkinchi, o’yinchi va hokazo bolalar sakraydilar. Hakamlar ochqolar sonini hisoblab chiqib har bir komanda qancha ochko to’plaganini aniqlaydilar va yutgan komandani e’lon qiladi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda turgan joydan uzunlikka sakrash malakasini takomillashtirishga yordam beradi. O’yin diqqatni, ziyraklikni, shijotlilikni,shaylikni rivojlantiradi. O’yin o’zini va o’rtoqlarini kuchiga ijibiy baho berishni rivojlantiradi. O’yinlagi asosiy harakatni turgan joyidan uzunlikka sakrashdir.
SIGNALNI ESHIT!

O’yinning tavsifi.Sinf o’quvchilari kolonna bo’lib maydon bo’ylab harakat qiladilar. O’qituvchi bitta chapak chalganda hamma o’quvchilar qo’llarini bellariga qo’yadilar, ikkita chapak chalganda esa qo’llarini oldinga uzatadilar. Yanglishgan o’quvchilar kolonna ohiriga o’tib, o’yinda yana qatnasha boshlaydilar. Endi mashqlar uzgartirib yuboriladi. Qolonnada o’z o’rnini tark etmagan o’quvchilar g’olib hisoblanadilar.

Pedagogik ahamiyati. O’yin yugurish, tezlikni, zehn o’tkirligini, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. O’yin bolalarda signalga tez reaksiya berishni, tezda joyni topa olishga yordam beradi.
ESHITIB TOP.

O’yinga tayyorlanish. Bu o’yin yalanglikda, dalada yoki teks ko’katzorda o’tkaziladi. O’ynovchilar oralarida 3 metrdan joy qoldirib bir qatorga saflanadilar va ko’zlarini boglaydilar. Onaboshi o’ynovchilardan tahminan 100-500 m narirokda turadi.

O’yinning tavsifi. Onaboshi signal beradi ( hushtak chaladi, karsak uradi, yoki ko’ng’irok chaladi). Hamma signal berilgan tomonga qarab yuradi va onaboshiga yakinrok kelishga harakat qiladi. Ikkinchi signal berilgach, hamma ko’z bogichini echib tashlaydi va o’zi onaboshidan qanchalik uzoqda turganini ko’radi. Onaboshiga eng yakin kelgan o’quvchi g’olib hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda diqqatni, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek o’yin qatnashchilarini chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini takomillashtiradi. O’yinni o’ziga hos harakati onaboshiga yaqinroq kelish.



AKULA HUJUMI.

O’yinga tayyorlash. O’quvchilarni bir necha guruhlarga bo’lib, ularga baliqlarni nomi beriladi. Ularning hammasi maydonchaning chetlarida chizilgan doiraning ichida turadilar. O’yinboshi «Akula» esa maydonchaning o’rtasida doirada turadi. O’qituvchining o’zi oldin «Akula» vazifasini bajaradi. U bakirib, bita yoki bir nechata baliqning atrofida yugura boshlaydilar.

O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin «Akula» esa baliqlarga hujum qiladi. «Akula»ning qo’li tekkan o’yinchi «Akula»chaga aylanadi va o’yinchilarni tutishga yordamlashadi. O’yin shu paytgacha davom etish mumkin, qachonki o’yinchilar «Akula»ga aylanib bo’lmaguncha davom etadi.

Pedogogik ahamiyati. Bu o’yinda balalar birgalikda kelishgan holda, harakat qilishni o’rgatadilar. O’yin qat’iylikni, chaqqonlikni, chidamlilikni, tezlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi.

O’yin bolalarni maydonchada joyni topa bilishni o’rgatadi va chidamlilikni tarbiyalaydi. O’yinni o’ziga hos harakatni-yunalishni uzgartirib yurugirish.

KIM KO’P OTADI.

O’yinga tayyorlash. O’ynovchilar teng ikki komandaga bo’linadilar. Har bir komandada o’yinchilar uz kapitanlarini saylab o’rtaga chiqadilar. Maydon o’rtasida turgan to’pchi birinchi bo’lib etib kelgan to’pni olgan kapitanning komandasi to’pni otishni boshlaydi. To’pni olgan komanda doira hosil qilib turadilar, ikkinchisi esa o’rtada turadi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal bergandan keyin to’pni o’yinchilar bir-birlariga oshirib, o’rtada yurgan o’yinchildar bir-birlariga oshirib, o’rtada yurgan o’yinchilarni urishga harakat qiladilar. To’p to’g’ri borib o’yinchiga tegsa otuvchi komandaga ochko beriladi. O’yin 5-6 minut uynalgandan keyin, komandolar o’rinlarini almashtiradilar. Belgilangan vaqt ichida ko’proq ochko to’plagan komanda yutgan hisoblanadi.

O’yin qoidasi. 1. To’p erga tegib, so’ngra o’yinchiga tegsa hisoblanmaydi. 2. Doiraning ichiga kirib urish man etiladi.

Pedogogik ahamiyati. O’yinda harakatchan nishonga uloqtirish malakasini, to’pni otish va ilib olishni tashabuskorlikni va mustakil harakat qilishni rivojlantiradi. O’yinni asosiy harakatni –harakatchan nishonga nishonni olish hisoblanadi.
"DURRA"O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yinni boshlang’ach sinf o’quvchilari o’ynaydilar. O’yinchilar doirahosil qilib cho’kkayib o’tiradilar. Bir o’yinchi (boshlovchi) durrani qo’liga o’ragan holda ushlab turadi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan o’yinchilar boshlarini tizzaga ko’yib ko’zlarini yumadilar. Shunda durrapi o’yinchi qshlidagi durra bilan doira chetida aylanib yurib, bildirmasdan birorta o’yinchining orqa tomoniga qo’yadi va yurishni davom ettiradi. O’yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo’yilgan o’quvchi durrani oladi va boshloshini doira cheti bo’ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doirani aylanib kechib quvayotgan o’quvchining joyiga o’tirib olishi kerak. Agar boshloshi o’tarishga ulgurmasdan quvayotgan o’yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o’yinchini quvadi. U ham o’zini joyiga o’tarib olishga harakat qiladi. O’tirib olmasa o’zi boshlovchi bo’lib qoladi. O’yin qaytadan boshlanaldi. O’yinning qachon tugashi belgilanmaydi. O’yinni 3- 6 minutgacha davom etshrish mumkin.

O’yin qoidalari. 1 O’rinsiz kolgan o’yinchi onaboshi bo’ladi. 3. durra tutgan o’yinchi onaboshini ushlab olsa o’rinlarini almashadi.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda barcha o’yinchilarni dmkkat ehtiborini, sezgilarini topkirligini harakat malakalarini tarbiyalaydi. Shu bilan birga chaqqonlik, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. O’yinni o’ziga hos harakatlari yugurish hisoblanadi.
"BEKINMACHOQ" O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yin bolalarda kuzatuvchanliq, sezgirlik va topqirlik sifatlarini tarbiyalaydi. Bu o’yin uchun butazor yoki uylar bo’lishi kerak. Marrada qoladigan o’ynovchi shunday aniqlanadi. Bir to’da bolalar baravariga:

- Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko’rdi? - deya solib qo’llarini baland ko’taradilar. Kim ko’tarishdan orqada qolsa, usha bola marrada qoladi.

O’yin tavsifi. O’yinni boshlash navbati aniqlangan keyin, qolgan bolalar yashirishga ketadilar. Qolgan o’ynovchi esa yotadi yoki yuzini devorga qilib turib bakiradi:

-Bo’ldimi? Bo’ldimi?- deydi va sanay boshlaydi. Bir, ikki, uch to’rt, besh, olti, etti ketdim. Bo’lsa ham bo’ldi - bola ko’zini ochadi, tevarak atorofni sinchiklab kuzatadi va bolalarni esa topish tomonini mo’ljaplab qidira boshlaydi. Birinchi bo’lib topgannin gismini aytadi:



-Ana, ana, Umidjonni topdim. Yoki berkingan bolalarni topsa:

-Bekinma, koch, yuzingoch, to’hta topdim va hokazo.

O’yin qoidalari.

1. Etti deb sanaguncha o’ynovchilar yashirini bo’lishlari shart.

2. Yashiringan bolani topsa u tutilgan hisoblanib marraga olib kelinadi.

3. Qolgan o’yinchilar bilintirmasdan marraga kelishlari mumkin.

4.Hamma o’ynovchi yigalib bo’lguncha o’yin davom etadi, so’ngra yangi to’gshovchi anikdanib o’yin boshlanadi.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda sezgirlik, diqqat, kuzatuvchilikni tarbiyalaydi. O’yinda chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilikni rivojlantarishga yordam beradi. O’yin o’ziga hos harakati- yugirishdir.
«DARRA» O’YINI

O’yinga tayyorlanish. O’yin bolalarda hushyorlik va tezkorlikni tarbiyalaydi. Diametri 15-20 metrli doira chiziladi. Uning ichidagi 2-3 m bo’lgan yana bita doira chiziladi. Kurha tashlab o’yin boshi aniqlanadi. Doiraning o’rtasida o’yinboshi joylashadi. Uning qo’lida echilgan arqon (ip yoki ro’mol). O’ynovchilar katta doira bo’ylab joylashadilar.



O’yin tavsifi. O’yinboshi doiraning o’rt asida tizzasiga boshini qo’yib uhlaydi. Bitta yoki bir nechta o’ynovchi uni to’rtib uyqidan uyg’otadi. U tezda joyidan turib darra u bilan o’ynovchilarni dog’lash kerak. O’ynovchilar o’yinboshiga dog’ qildirmasdan katta doiradan chiqib ketishlari lozim. Agar o’yinboshi o’ynovchini, uni kichik doiraga o’tqazib quyadi. Endi o’ynovchilar dog’langan o’yinovchini qutqarishga harakat qiladilar. O’yinboshi esa uni qo’riqlaydi u o’yinboshi bironta o’yinchin dog’lasa, uni ham birinchi dog’langanning yoniga o’tqiziladi. O’yni bita ham dog’lanmagan o’ynchi qolmaguncha davom etadi.

O’yin qoidalari.



  1. O’yinboshini darrani siltab qattiq urib dog’lamasligi kerak.

  2. o’yinboshining katta doiraga kirish mann qilinadi.

  3. Dog’langanlar tinch qo’zg’almasdan o’tirishlari shart.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda hushyorlik, sezgirlik, tezkorlik malakalarini tarbiyalaydi. O’yinda kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. O’yinning o’ziga hos harakati tez yugurishdir.
ChAQQONLAR VA MERGANLAR O’YINI

O’yinga tayyorgarlik. O’yin voleybol yoki bosketbol maydonchasida o’tkaziladi. O’ynovchilar teng ikki komandaga bo’linib 16 metr masofada bir- biriga yuzma- yuz turadilar. Ulardan 2 diametrli doira chiziladi. Har bir komandadan bittadan eng chaqqon o’yinchilar tanlab ular doira markaziga turadilar. Komandalardan bittadan to’p bo’ladi.

O’yin tavsifi. O’qituvchining signalidan so’ng ikkala komandaning o’yinchilari doira o’rtasida turgan o’yinchilar unga chap berib, o’ziga tekkizmaslikka harakat qiladilar. Shu tekkan o’yinchi yahni urgan o’yinchi bilan joy almashadilar va o’yin yana davom etadi. Merganlar 1 ball bilan taqdirlanadi. Ko’proq ochko to’plagan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yin qoidalari. 1. oraliq masofa o’qituvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin. 2. Koptokni tik turgan, cho’kkallagan holatda otish mumkin. 3. koptok tekkandan so’ng o’yinchilar joylarini almashadilar.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yinda epchillik, chaqqonlik, tezkorlik, sezgirlik, jasurlik, chidamlilik tarbiyalashga yordam beradi. O’yinni o’ziga hos harakat yugurish, sap berish, aniq nishonga otishdir.


UYSIZ QUYON O’YINI.

O’yinga tayyorgarlik. Har bir o’yinchi – «quyonni» qo’lida bittadan basketbol to’pi bo’ladi.Zalni yoki maydonchani bir tomonida quyonchalarni sonidan 2-3 ta kam bo’lgan avtomobil (uy) pokrishkalari qo’yib chiqiladi.

O’yinni tasnifi. O’qituvchining signali bo’yicha zalni yoki maydonchani ikkinchi yarmida barcha o’yin qatnashchilari topshiriq bo’yicha to’pni olib yurishni bajaradilar: 1.To’pni turgan joyda olib yurish (navbat bilan o’ng va chap qo’lda bajariladi) 2.Turgan joyda erga urilib qaytgan to’pni balandligini o’zgartirib olib yurish,(cho’qqayib o’tirgan holatda). 3.To’pni doira bo’ylab olib yurish, bunda o’yinchi turgan joyda aylanishni bajaradi.4. O’yinchi to’pni bitta nuqtada aylana bo’ylab harakat qilib olib yurish. 5. To’pni yo’nalishini o’zgartirib, ustunchalarni aylanib o’tish bilan olib yurish.

O’qituvchi o’yinchilar birorta vazifani bajarish vaqtida hushtak chalishi bilan quyonlar to’pni olib yurish bilan inni egallaydilar yoki turib olishlari kerak. Kimda kim inga turaolmasa yoki eta olmasa, u jarima ochko oladi. Agarda kim to’pni olib yurish qoidasini buzgan (ikki qo’l bilan olib yursa, yugurib ketsa) o’yinchilarga ham jarima ochko beriladi. O’qituvchining buyrug’i bilan quyonchalar yana polizda o’ynashga qaytadilar (vazifa bo’yicha to’pni olib yurishni bajaradi) O’yin bir necha marta takrorlanadi. Eng kam ochko olgan o’yinchilar o’yinda g’olib chiqqan bo’ladi. Bu o’yinda o’yinchi koptoksiz ham o’ynash mumkin, yahni maydonchida har hil umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish bilan o’ynash mumkin.



O’yining pedagogik ahamiyati. O’yin diqqatni jasoratni, zehnni tarbiyalashga yordam beradi. Kuchni tezkorlikni, chidamlilikni, koordinastion harakatni rivojlantiradi. O’yinni asosiy harakati to’pni olib yurish va o’ynalishni o’zgartirib yurish.
P A T

O’yinning tavsifi. Bu o’yinni istalgan joyda-maysazorda ham, sport maydonchasida ham, sport zalida ham o’takzish mumkin. Bolalar bir-birlariga jipslashib, aylana hosil qilib turadilar. O’yin rahbari o’yinchilardan biriga murojat qilib:

  • Bu nimaning pati?- deb so’raydi.

  • O’rdakning pati,- deb javob beradi u.

  • Bu nimaning pati?- deb so’raydi o’qituvchi yana boshqa bir o’yinchidan.

  • qarg’aning pati,- deb javob beradi u. Yana shu savol takrorlanganda o’ynovchilardan uchinchisi:

  • Ho’rozning pati,- degan javobni beradi.

O’ynovchilardan biri o’zidan oldin aytilgan qushning nomini takrorlagan o’yinchiga jarima achkosi beriladi. Aybdor, odatda, bolalar o’rtasida qo’shiq yoki sher aytib berishi, yo bo’lmasa, o’yinga tushishi kerak. Shundan keyin o’yin qaytadan boshlanadi.

O’yinning qoidalari. 1.O’novchilar har bir qushning nomini faqat bir marta aytishlari kerak. 2.O’ynovchi o’yinni o’tkazayotgan rahbarning yoki o’qituvchining savoligagina javob beradi. 3. Agar rahbar o’quvchilar zerikkani payqab qolsa, o’yinni to’htatib boshqa o’yinni boshlab yuborishi lozim.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda diqqat-etiborini, qatiylikni va ziraklikni tarbiyalashga yordam beradi. O’yinda harakat qilish vaqtida epchilik, chidamlilik, tezlikni tarbiyalashga yordam beradi.

O’yinni o’ziga hos harakteri- hozir javoblik hisoblanadi.


MERGAN O’YINI”

O’quvchilar ikii jamoaga bo’linib, yuzlari bir-biriga qaragan holda safda turadilar. O’rtaga har bir jamoadan 6-8 m narida bulava qo’yilgan bo’ladi. Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar galma-galdan to’pni bulavaga otib, uni urib tushirishga harakat qiladilar. Qaysi jamoa bulavani qo’proq urib tushirgan bo’lsa. O’sha jamoa g’olib hisoblanadi.


QUYONLAR POLIZDA O’YINI

O’yinga tayyorgarlik. Polda yoki erda avtomobil pokrishkalaridan doira hosil qilinadi. Doirani diametri 4-5 m bo’ladi. Hamma o’ynovchilar – “quyonlar”- doirani tashqarisida turadilar, o’yinboshi –“qorovul”- polizda doirani ichida turadi.

O’yin tasnifi. O’qituvchining signalidan keyin quyonlar pokrishkani ustidan sakrab-sakrab polizga to’shadilar va orqaga qaytib chiqadilar. Qorovul, doira ichiga turib, iloji boricha ko’proq quyonni ushlashga harakat qiladi. Bir necha daqiqadan keyin o’yin to’htatiladi, qo’lga tushganlar qo’llaringizni yuqoriga ko’taringlar deb aytiladi. O’qituvchi ularni sinab chiqadi va yahshi o’ynagan o’yinchilardan yangi ona boshi saylanadi. O’yin qaytadan davom etadi.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yini diqqat jasoratni, zehn o’tkirlikni tarbiyalashga yordam beradi. O’yinda tezlik va epchilikni, kuch chidamlikni, sikrovchanlikni rivojlantiradi. O’yindagi asosiy harakat chap berib yugurish hisoblanadi.
IKKI AYoZ”

Zalning qarama – qarshi tomonlarida devordan 2-3 m berida chiziq bilan qishloq uchun joy ajratiladi. Biri bolalarning yashashi uchun, ikkinchisi esa o’qishi uchun xizmat qiladi. Qishloqlar orasida dala joylashgan. Boshqaruvchi – ikki ayozdan boshqa hamma o’yinchilar bir qishloq chizig’i orasida turadi.


TULKI BILAN NA’MATAK”

O’quvchilar ikki jamoaga bo’linadilar. Birinchi jamoa o’yinchilari – “na’matak” ko’zlarini yumib, qo’llarini yon tomonga uzatgan holda ikkinchi jamoaga orqalarini o’g’irib zalning o’rtasidagi chiziqqa turadilar. Ikkinchi jamoa o’yinchilari – “tulkilar” esa chiziqning tashqarisida, zalning bir tomonida turadilar.

“Tulkilar” zalning nariga tomoniga “na’matak” tikanlariga tegib ketmaslik uchun ovoz chiqarmasdan sekingina o’tishlari kerak. “na’matak”ka tegib o’tgan “tulki” zalning bir chekkasiga chizilgan doiraga - g’orga kirib ketadi. So’ngra o’yinchilar o’z o’rinlarini almashtiradilar. Qaysi jamoa o’yinchilari zalning nariga tomoniga tinch va ehtiyotkorlik bilan o’tsa, shu jamoa o’yinda g’olib chiqqan hisoblanadi. “Na’matak” o’yinida oxirigacha ko’zlarini ochib yubormasliklari lozim. “Tulkilar” “na’mataklar”ning orasidan o’tadilar, chetlab o’tish mumkin emas. Zalning bir chekkasida turgan o’qituvchining bayroq ko’tarishi zalning u tomoniga o’tishi uchun signal hisoblanadi.
O’Z BAYROQCHASIGA

O’yinga tayyorlanish. Katta yalanglik yoki bo’tazorning o’rtasida bayroq yoki tayyocha qo’yiladi. O’ynovchilar bayroqdan 40-60m masofada yarim doira bo’lib tizilib turadilar. Ularning har birida ko’zni boylash uchun ro’molcha yoki boylag’ich bo’lishi kerak.

O’yin tasnifi. Rahbarni signali bo’yicha o’ynovchilar ko’zlarini boylaydilar. O’yin rahbari (etakchi) har-hil buyruqlarni beradi. «Chapga!», «o’ngga!», «Orqaga» va b.q. Bu buyruqni barcha bajaradi. «Hamma o’z bayroqchasiga qadamlab yuring buyrug’i berilgan» keyin, ko’zlaridan boylagichni olmasdan, rahbarni sanoqlari ostida hamma bayroq tomon yuraboshlaydilar. Rahbar 15-20 qadamdan keyin «To’hta!» buyrug’i beriladi, shundan keyin o’ynovchilar joylarida to’htaydilar va ko’zlaridan boylagichni oladilar. Bayroqqa yaqin kelgan, o’yin qatnashchilari g’olib hisoblanadi. Faqat rahbarni signali bo’yicha, bir necha marta siljishi va to’htashi mumkin.

O’yin qoidasi.1. «To’hta!» buyrug’i berilmaguncha ko’zdan boylog’ichni echish va qarash man etiladi. Siljish vaqtida ko’zni ochib qaragan o’yinchilar o’yindan chiqariladi. 2. Buyruqni bajarmagan, o’yin qatnashchilari, o’yindn chiqariladi. 3. Bayroqqa faqatgina rahbarni sanog’i ostida yurishlari mumkin. 4. Rahbar bayroqni yon tomnida turishi kerak, buyruq berilgan vaqtda, o’ynovchilar tovush chiqqan tomonga nishonni ola bilmasliklari kerak.
BOYO’G’LI

Mavzu. Maydonchada “boyo’g’li” yashaydigan joy ajratiladi. O’ynovchilardan biri boyo’g’li bo’ladi. “Boyo’g’li”dan boshqa hamma o’yinchilar maydonchada tarqalib yuradilar. Ular qo’ngizchalar, kapalaklar, baqalar va kichik qushchalar rolini bajaradilar. Boyo’g’li o’z uyasida turadi. Uning rahbari “Qorong’i tushyapti!” deyishi bilan qo’ngizchalar va kapalaklar ketayotgan joylarida to’htaydilar yoki biror buyumni orqasiga berkinib olib, jim turadilar. Boyo’g’li”.....tushyapti” so’zi aytilib bo’lgach, ovga chiqadi. U o’yinchilarni qaysi biri qimirlayotganini sezsa, o’shani oldiga boradi va uning qo’lidan ushlab olib o’z uyasiga olib ketadi. Bir oz o’tgach uning rahbari “Kun chiqdi!” – degan signalni beradi va hamma qungizchalar, kapalaklar, baqalar,shuningdek boyo’g’li uyasiga qamalgan o’ynovchilar yana maydonchada yura boshlaydilar, emaklaydilar, sakraydilar va har hil harakatlar qiladilar. Huddi shu tarkibda o’yin davom ettiriladi. Biror marta boyo’g’li qo’liga tushmagan o’yinchilar eng chaqqon va ehtiyotkor o’yinchi hisoblanadi. Bir oz vaqit o’tgandan so’ng yangi boyo’g’li tayinlanadi.

O’yinni qoidalari. 1. “Boyo’g’li”faqat bir o’yinchina uzoq vaqit davomida tahqib qilish munki emas. 2. Boyo’g’lining qo’lidan chiqib qochish ham munkin emas.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda, to’htashni, to’htab qolishni tarbiyalashga yordam beradi, shu bilan bir vaqitda u ziyraklikni, qahtiylikni,dadilikni tarbiyalashga yordam beradi. O’yin har bir o’yinchiga o’zining ijobiy tashabbuskorligini namoyon qilishga yordam beradi. Bolalar o’yinda tashqiliy ravishda jamoa bo’lib, signal bo’yicha harakat qilishga o’rgatadalar. O’yinni o’ziga hos harakatlari yugurish, sakrash va raqs qoidalari.

Metodik ko’rsatmalar. O’yin rahbari bolalarga kapalaklar, qo’ngilar havf tug’ilgan hollarda harakatsiz jim turish bilan cheklanmay o’z ranglariga mos joylarni topib ( daraht shohlari va to’qaylar tagiga, daraht po’stlog’ining chuqur chalariga) berkinishlarini aytib qo’yish ham foydalidir. O’yinni musiqa jo’rligida o’tkazish ham bo’ladi. Sho’h-shag’dam mo’zika( masalan andijon polkasi va boshqalar) kunni sokin va muloim mo’zika to’kli ifodalash munkin. O’yinni o’ziga hos harakatlari o’z hohshi bilan tanlab bajariladigan harakatlar, bir joydan ikkinchi joyga turib o’tish, sakrab-sakrab yurish va turishdir.
BAYROQChANI OLIB KEL

O’yinga Tayyorlanish. O’quvchilar teng 3-4 komandaga bo’linib bir kishilik qatorda start chizig’i oldida saf tortib turadilar Maydonchaning qarama-qarshi tomonida har bir komanda qarshisida ustunlarga uyachalar o’rnatilgan bo’lib ularga komandadagi o’quvchilrning soniga qarab bayroqchalar tikib qo’yiladi

O’yinning tavsifi. Signal berilishi bilan komandalarning birinchi turgan o’yinchilri ustuncha tomon yugurib borib bittadan bayroqcha olib va yana orqaga o’z joylariga yugurib kelib ikkinchi o’yinchilarni yelkasiga qo’l tekkizadilar va qator orqasiga borib turadilar Ikkinchi turgan bolalar ham uning o’zini qaytaradilar va hokazo Estafedani birinchi bo’lib tugatgan komanda g’olib komanda hisoblanadi

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yin bolalarni signalga tezda javob berishini va bir vaqtda harakat qilishga o’rgatadi Ubolalarda ijodiy faoliyatni o’zlarini harakatlarini o’rtoqlari harakati bilan birgalikda harakat qilishga o’rgatadi va eshitish qobiliyatini rivojlantiradi.


QIRQ TOSH

O’yinga tayorlash. O’yin maysazorda, sport zalida yoki maydonchada ham o’tkaziladi. Start chizig’idan boshlab uzunasiga har bolani hisobga olib (6-6, 10-10, 20-20 va h.k ) bir metrdan aniq parallel chiziiqlar belgilaniladi. Har bir bola tosh o’rniga bittadan lattadan tikilgan koptakchani qo’liga ushlab tayorlanib turadi.

O’yinning tavsifi. Hakam yoki o’qituvchining hushtagiga binoan har bir bola belgilangan har bir metrga yugurib borib toshni yoki koptokni qo’yib, o’z joyiga qaytib olib keladi. Ohirgi o’yinchi toshini olib borib qaytgandan so’ng yana biri o’z toshini yugurib borib qaytib olib keladi. Qaysi komanda birinchi bo’lib o’z koptokchalarini terib olib kelsa, o’sha komanda g’olib deb hisoblanadi.

Qoidalar: chiziqdan chiqish, koptokchani boshqa o’yinchilarga uzatish, oldindan start chizig’idan chiqish man etiladi.

Pedagogih ahamiyati. O’yinda tezkorlik reakstiyasini, aniq mo’jjalga olish, harakatlarni o’ziga mosligini, tez fikirlashni o’rgatadi. Chunki o’yinni komandali bo’lganligi uchun jismoniy his qilishni rivojlantiradi. O’yin o’ziga hos harakati koptokni doiraga aniq qo’yish va olib kelish
OLIB QOCHAR

O’yinga tayorlash. O’yin sport zalida yoki maydonchada o’tkaziladi.o’yinni boshlash uchun sinf o’quvchilaridan 5 kishidan iborat ugil va kiz bolalar jamoalar to’ziladi. Har ikkala jamoaga maydon yoki zalni ikkala chekkasi va o’rtasiga baskedbol jarima to’pi tashlash uchun 1,5 m ga teng bittadan doira chiziladi.

O’yin tavsifi. O’yin ushbu doiradan boshlanadi, faqat doira o’rtasiga tennis kopokchalariga uhshagan latta motodan qilingan 15-20 dona koptokchalar to’plab qo’yiladi. Doira ichida koptokchalarni qo’riqlovchi sardor turadi. Boshqa komanda o’yinchilardan har safar 3 kishi hujum qilib, koptokchalarni olib qochishga tirishadilar. Lekin sardor bunga yo’l qo’ymaydi. Hujumchi o’yinchilar qancha ko’p koptokni olib qochsa, o’sha komanda g’olib deb topiladi.

Qoidalar. Qo’riqlovchi o’yinni qo’li yoki oyogi bilan hujumchilarni qaytarishi mumkin. Agar o’yinchiga tegsa , u o’yindan chiqdi deb hisoblanadi. Ularning o’rniga jamoadagi 2 ta saqlangan o’yinchilar tushadilar.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda engillik, chaqqonlik, sezgirlik jismoniy tarbiyalashga yordam beradi. Bu o’yinda diqqat ehtiborni harakatni o’zaro mosligi rivojlantiriladi. O’yinni o’ziga hos harakati tez yugurish, koptokni olib qochishdir.
OLMAHONLAR VA YONG’OQLAR

O’yin tavsifi. O’yinchilardan bittasi onaboshi qilib tayyorlanadi. Qolgan o’yinchilar maydonchaning o’zlari hohlagan joylarida 3 tadan bo’lib, qo’l ushlashib turadilar. Har bir uchlikdagi o’yinchilar kim olmahon, kim yong’oq, kim dub yong’oq bo’lishini o’zaro kelishib oladi. Rahbarning «Olmahonlar!» deb chaqirishi bilan tegishli o’yinchilar o’zlari turgan uch likdan chiqib, boshqa istalgan uchlikka turib oladilar, yahni chaqirilgan o’yinchilar bir-birlari bilan joy almashadilar. Joy almashish vaqtida onaboshi bush qolgan o’rinlardan bittasiga turib oladi vau yerdan chiqib ketgan o’yinchining nomini oladi. Joysiz qolgan o’yinchi onaboshi bo’ladi. O’yin paytida bir marta ham onaboshi bo’lmagan yoki boshqalarga nisbatan kamroq onaboshi bo’lgan o’yinchi g’olib hisoblanadi. O’yin natijalari hisoblab chikayotgan o’yinni boshlagan ishtirokchining onaboshiligi hisobga olinmaydi.

O’yinning qoidalari. 1 Uchliklardagi o’yinchilr qo’l ushlashib olgan paytda onaboshi davradan o’rin egallay olmaaydi.2 Rahbar chaqirgan o’yinchilar o’yinlarini almashtirishga majburdirlar.

Pedagogik ahamiyati. O’quvchilarda diqqat-ehtiborni, sezgirlikni, birgalikda kelishilgan holda harakat qilishni tarbiyalaydi.

Metodik ko’rsatkichlar. O’yin mobaynida bir necha marta birdaniga 2tadan o’yinchi («Olmahonlar!», «Yong’oqlar!»…) chaqirishi mumkin. O’yinning o’ziga hos harakati tez va kiska yugurishdan iboratdir.


ChUMChUQLAR

O’yinning tavsifi. Diametri 5-8mli katta aylana («Don» sepilgan joy) chiziladi. Bitta onaboshidan boshqa o’yinchilar-chumchuqlar bo’ladi va aylana atrofiga joylashadilar. Onaboshi yahni katta qush aylananing o’rtasida turadi..

Chumchuqlar bir oyolab sakrab-sakrab goh aylananing ichiga kiradilar, goh chiqib ketadilar. Katta qush aylana ichida yuguradi, aylana ichkarisidagi chumchuqlarga qo’l tekkizib ularni chukiydi va donni terib eyishlariga yo’l qo’ymaydi. Katta qush cho’qigan chumchuqlar ham o’yinni davom etiraveradilar. Chumchuqlar katta qushga chap berib, aylana ichida uzoqroq turishga harakat qiladilar. Rahbar chukilgan chumchuqlarni aniklab beradi.Onaboshi bir marta ham qo’lini tegiza olmagan o’yinchilar eng chaqqon hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1 oyoqni 3 marta sakragandan keyingina almashtirish mumkin. 2 Onaboshi o’yinchilarga faqat aylana ichidagina qo’l tigizishi mumkin.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda sakrovchanlik, sezgirlik, chaqqonlik o’ziga harakatlari bilan chap berishni tarbiyalashga yordam beradi.O’yinni o’ziga hos kiska-kiska tez sakrashi va yugurishlardan iborat.

Metodik ko’rsatmalar. O’yinni 30-daqiqagacha davom ettirish mumkin.O’yinni bir necha marta qaytarish (Har-bir qaytarish oldidan o’ynovchilar bir daqiqadan dam olishlari) mahqul. Rahbar o’yin vaqtida hamma o’ynovchilarning faol qatnashayotganini kuzatish maqsadida atrofda aylanib yurishi kerak.


UChLIK O’YINI

O’yinga Tayorlanish. O’quvchilarning hammasi uch kishidan (4-5 komanda) bo’linib start chizig’ida turadilar. Har bir uchlikning ro’parasigi 8-10 metr masofada aylana chiziladi.

O’yinning tavsifi. O’qituvchining signalidan so’ng uchlikning boshida birinchi bo’lib turganlar chambarakni boshida yuqori ko’tarib olib, aylana tomon yugurib, uning atrofidan aylanib qaytib keladilar va chambarakni ikkinchi o’yinchiga beradilar va hokazo. Uchliklar to’liq o’yinchilar bilan dastlabki holatiga kelgan komandaga ikki ochko beriladi. O’yin yana davom etadi. Endi uni ikkinchi keyin uchinchi o’yinchi boshlaydi. Ko’p ochko to’plagan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinning qoidalari: 1. Yugurish vaqtida chiziqni bosish man etiladi. 2. Aylananing atrofidan to’g’ri aylanib o’tish kerak. 3. Chambarakni pastga tushirmaslik kerak.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinni ochiq havoda va zalda o’tkazish munkin. Bu o’yin o’rtoqli hissini, birgalashib tez harakat qilishga, harakatni mosligini,jamoa oldida o’zlarini harakatlariga javob berishni tahminlaydi.
OVChILAR

O’yinga tayorlanish. O’yinni olib borish uchun 2-3 onaboshi, yahni ovchilar tayinlanadi. Ovchilarda bittadan koprok bo’ladi. Qolgan o’yinovchilar – “tulkilar” maydonchada yugurib yuradilar.

O’yinning tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan tulkilar o’z joylarida to’htab qoladilar va ovchilar ham joylaridan kimirlamasdan otib tulkilarning birontasiga tegizishga harakat qiladilar. Har bir o’yinchiga tekkan har bir koptok uchun bittadan jarima ochkosi beriladi. Koptokni urish natijasi hisoblab chikilgandan keyin yangi ovchilar tayinlanadi va o’yin takrorlanadi. Koprok tegmagan yoki boshqalarga qaraganda karmok tekkan o’yinchilar eng chaqqon o’yinchilar hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1. Tulkilardan kaysi biri uchib kelayotgan koptokni ushlab olsa, to’p o’sha o’yinchiga tekkan hisoblanadi.

2. Tulkilar o’zlariga to’pni tegdirmaslik uchun har hil harakatlar qilishlari mumkin. 3. Koptok bilan faqat oyoqqa urish mumkin. 4. O’ynovchilar o’yini yahshi urganib olganlaridan keyin ovchilar koptkni chap qo’li bilan irg’itishlari kerak.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda harakatlanuvchi nishonga to’g’ri uloqtirish va kotokni otishi, ilib olish malakasini takomillashtiriladi. O’yinda o’yin qatnishchilarini mustaqillikka va tashabuskorligini rivojlantiradi.O’yinni o’ynovchilarni o’rtoqlik hisiyotini, o’zini shahsiy qiziqishini jamoani umumiy vazifasiga bo’ysunishga, o’zini o’zi baholashni va o’rtoqlarini kuchini ijobiy baholashni tarbiyalashga yordam beradi. To’pni ro’lini bajaruvchi bosiqligi, qathiyligi va ovchi aniv nishonga ura bilishni va o’zini kuchiga ishona bilishni egallashlari kerak. O’yinda harakat qilishganda epchillik va tezlikni rivojlantirishga yordam beradi. O’yin o’ziga hos harakatli harakatlanuvchi nishonga koptokni uloqtirish hisoblanadi.


TO’PNI OYoQLAR ORASIDAN O’TKAZISh

O’yinga tayorlanish. Start chizig’i o’rtasida 3-4 komanda saf tortib turadi. Barchakomandalar bir- biridan 2-3 m masofada turib, bir kishilik qatorga joylashadilar. O’yinchilar orasidagi masofa 1-2 qadam bo’lib, ular tizzalarini bukilgan rezina to’p bo’ladi. Ular engashib, to’pni erga qo’ygan holda ushlab turadila.

O’yinning tavsifi. Siglal berilishi bilan birinchi o’yinchi to’pni oyoqlar orasidan dumalatib, orqaga uynaltiradi. Ikkinchi o’yinchi ham to’pga faqat barmrklarini tekkizgan holda uni orqaga yunaltiradi. Uchinchi o’yinchi ham to’pga faqat barmoklarini tekkizgan holda uni orqaga aylantiradi va hokazo. Eng ohirida turgan o’yinchi to’pni olish bilan ung tomondan yugurib borib qator oldiga birinchi bo’lib turadi va darhol oyoqlarini kerib, to’pni yana shunday vaziyatda orqaga yunaltiradi. O’yinni birinchi boshlangan o’yinchi qator ohiriga etib borgandan so’ng to’pni olib yugurib uz joyiga keladi va uni yukoriga kuradi. O’yinni birinchi tugatgan komanda g’olib hisblanadi. Agar o’yin vaqtida to’p tashqariga chiqib ketsa, aybdor bola to’pni olib, o’z joyiga keladi, sengra qoidani buzmay turib, to’pni yunaltiradi.

Qator ohirida turgan o’yinchilar to’pni oyoqlari orasidan orqaga o’tib ketmasligi uchun qo’llari bilan to’pning yo’lini to’sib turishlari lozim.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yin o’yinchilarda aniq, tezlikni, epchillik harakatni tarbiyalashga yordam beradi.U o’yin qatnashchilaridan diqqatni bir joyga to’plashni talab qiladi. Bolalarda to’pni uzatish malakasini takomillashtiradi va umumiy koordinastiyani rivojlantiradi. Oyoqlar orasidan to’pni uzatish o’yini o’ziga hos harakati: turli-tuman usulda to’pni tez uzatish, navbatbilan dam olish bilan qisqa-qisqa zo’r berib yugurish.
NINA, IP VA TUGUNChA

O’yinga tayorlanish. O’ynovchilar qo’l ushlashib, aylanda hosil qilib turadilar. Uchta o’ynovchi aylanadan tashqarida kema-ket turadi. Bo’larning oldingisi “ninacha”, ikkinchisi “ip” va uchinchisi “tuguncha” bo’ladi.

O’yinning tavsifi. Nina har tomonda yugurib yuradi. Ip bilan tuguncha ham uning ketigan ergashib yurishadi. Agar ip chigallashib (boshqa tomonga ketib) qolsa yoki uni tuguncha ushlasa, o’yin qaytadan boshlanadi va yangi nina, ip hamda tuguncha tayinlanadi.

O’yinning qoidalari. O’ynovchilar qo’llarini kutarib, nina, ip va tugunchaga yo’l ochib turishlari lozim.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda intizomni, diqqatni, sezgirlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Metodik ko’rsatma. Eng epchil ziyrak o’quvchilar nina qilib tashlash kerak. Nina, ip va tuguncha qilib tashlagan o’quvchilar uzoq vaqt hato qilmay yuguraversalar, boshqa o’yinchilar ham o’yinda faol qatnashtirish mavsadida ularni almashtirish mumkin.


TEZ VA ANIQ MO’LJALGA OTISh

O’yinga tayyorlanish. O’yin uchun bitta umumiy markazga ega bo’lgan uchta aylana chiziladi. Ularning diametrlari 2,5-3,8-10 va 12-15 metrdan iborat bo’ladi.

Kichik aylana chizig’iga 7ta bo’lava yoki g’o’lacha qo’yiladi. O’quvchilar ikki komandaga bo’linadilar. Har-bir komanda o’z onaboshisini va uchta himoyachisini saylaydi.

Onaboshilar kichik va himoyachilar o’rtacha aylana qolgan o’yinchilar-to’p oshiruvchilar katta aylanada turadilar. Onaboshilar chek tashlaydi va o’yinni boshlaydigan onabosh voleybol to’pini oladi.

O’yinning tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin onaboshi to’pni o’zining oshiruvchilaridan biriga uzatadi, u esa o’z navbatida to’pni onaboshiga qaytaradi.Onaboshi to’pni ilib olgandan keyin bitta bo’lava yoki g’o’lachani urib yikitishga harakat qiladi.

Boshqa komandaning o’yinchilari esa to’pni ushlab olishga o’rinadilar, ushlab olganlaridan keyie to’pni o’z uzatuvchilariga uzatadilar, u esa onaboshisigauzatadi. To’rtta bo’lava yoki g’o’lachani oldin urib yikitgan komanda yutgan hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda barcha o’yinchilar faol qatnashadilar. O’yin bolalarda harakat tezligini va epchillikni, tezkorlik reakstiyasini,jasurlikni, dadillikni, tan oluvchanlikni tarbiyalashga yordam beoadi. O’yinni o’ziga hos harakati to’pni anik nishonga urish.
ARQON TORTISh O’YINI

O’yinga tayyorgarlik. Har bir komandani orqasida to’p osib qo’yilgan. O’yinchilar teng ikki komandaga bo’linadi. Arqon polga qo’yilgan.

O’yin tasnifi. O’qituvchining buyrug’idan keyin arqonni olib o’z tomonlariga tortib, osib qo’yilgan to’p boshlariga tegishiga harakat qiladi. Vazifani birinchi bo’lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi.
EChKILAR VA ChO’PONLAR

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar ikki komandaga bo’linib, chek tashlash yo’li bilan bir komanda - «Takalar», ikkinchisi «cho’ponlar» bo’ladi. Keyin diametri 8 metrli aylana chiziladi. «Takalar» aylana ichida, «cho’ponlar» tashqarida turadi.

O’yin tasviri: Rahbarning signali bilan «cho’ponlar» dan biri bir oyoqda sakrab aylanaga kiradi va sakrab yurib, ko’proq «takaga» qo’l tekkizishga urinadi. Birmuncha vaqtdan keyin ikkinchi «cho’pon» kiradi. Birinchi «cho’pon» esa, joyiga borib turadi. O’yin toki hamma «takalar» to’tilib bo’lguncha davom etadi. Keyin komandalar o’rin almashtiradilar. «Takalar»ni tezroq to’tib tamomlagan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yin qoidalari: 1. «Takalar»ning aylanadan chiqib ketishlari mumkin emas. 2.Qo’l tekkan bola o’yindan chiqib skameykada o’tiradi. 3.«Taka» to’tayotgan cho’pon goh chap, goh o’ng oyog’ida sakrashi mumkin.

O’yin varianti. Ma’lum miqdorda «taka» to’tilgandan keyin komandalar joy almashtirishlari ham mumkin. Bunda kam vaqt ichida belgilangan miqdorda «Taka»ni to’tgan komanda yutgan hisoblanadi.

MUShUK-SIChQON

O’ynovchilar bir-birlarini qo’llaridan ushlab doira bo’lib turadilar. Ikki onaboshi sanlanib, ulardan biri – «sichqon», ikkinchisi – «mushuk» bo’ladi. «Mushuk» doira tashqarisida, «sichqon» esa doira o’rtasida turadi. (13- rasm.)



O’yin tasviri. O’yin rahbarning signali bilan boshlanadi. «Mushuk»ning vazifasi quvish, «sichqon»niki esa, to’tqich bermaslik bo’ladi. «Sichqon» bo’tunlay erkin bo’ladi. U istasa doiradan tashqariga ham chiqishi mumkin, doirada turishlar ko’llarini ko’tarib unga yo’l buradilar, «mushuk»ni esa to’sib qoladilar. Agar «mushuk», «sichqon» to’tib olsa, boshqa mushuk-sichqon saylanib, o’yin davom etaveradi.

O’yin qoidalari: 1. Agar «mushuk» belgilangan paket ichida «sichqon»ni to’tolmasa, ularning o’ringa boshqa bolalar chiqadi. 2. «Sichqon» tez-tez doira tashqarisiga ham chiqib turishi kerak. 3. «Mushuk» doira ichiga kirayotganida yoki chiqayotganida doirada turganlarning qo’llarini uzib o’tishi mumkin.

O’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o’yin bolalarda uyushqoqlik, intizomlilik tarbiyalaydi, ularni qolishib, tez harakat qilishga o’rgatadi.
ChO’PON

O’yinga tayyorlanshi, O’yin sport maydoni yoki dalada o’tkaziladi. O’yinda ko’pi bilan o’n bola qatnashishi mumkin. Ularning har birida bittadan bir metrli tayoq bo’ladi.

Barcha o’ynovchilar doira hosil qilib turadilar. Doira o’rtasida diametri 15-20 sm li chuqurcha qo’yiladi. Har bir o’yinchi ham o’z oldida diametri 10-12 sm li chuqurcha o’yadi, Onaboshi qo’lida tennis koptogi bilan doira o’rtasiga tushadida, rahbar ko’rsatgan joyda turadi. (21- rasm.)



O’yin tasviri. Ona-boshi o’z tayog’i bilan to’pni turtib, uni markaziy chuqurchaga tushirishga harakat qiladi. Boshqa o’ynovchilar unga halaqit beradilar va ayni vaqtda o’zlari ham o’sha chuqurchaga tushirishga o’rinadilar. Shuning bilan birga oldilaridagi chuqurni ham qo’riqlaydilar. Agar onaboshi tayog’ini biror o’yinchi oldidagi chuqurga tiqib olsa, u holda chuqur egasi bilan joy almashadi. Markaziy chuqurchaga eng ko’p to’p tushirgan bola birinchi o’rnini egallaydi.

O’yin qoidalari: 1. To’p chuqurchaga tushib, chiqib ketsa, tushgan hisoblanmaydi. 2. Agar onaboshi ma’lum vaqt ichida to’pni tushirolmasa yoki tayog’ini o’ynovchilardan birortasining oldidagi chuqurchasiga tiqib ololmasa, boshqa onaboshi tayinlanadi.

O’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o’yin bolalarni sezgirlik, chaqqonlik va hozir javoblikka o’rgatadi.
UCh ChOPAR OT

O’yinga tayyorlanish. Qatnashuvchilar gruppalarga bo’linadilar. Har gruppada to’rttadan bola bo’lib, bularning uchtasi «ot», biri «aravakash» bo’ladi. Hamma «otlar» bir jonga to’planib turishadi.

O’yin tasviri. Rahbarniig komandasi bilan «aravakashlar» uch «otni» aravaga qo’shadidar («ot»larning o’zi, arg’amchini ushlab turishadi). Qo’shilgan «uch ot» turli komandani bajaradi, «Qadamlab yur» deyilsa — qadamlab yuradi, «elib yur» deyilsa — yuguradi, «sakrab yugur» deyilsa sakrab-sakrab tez yuguradi. Rahbar qo’qqisdan «obqoch» deb komanda bersa, «otlar» maydon bo’ylab yuguradilar. «Aravakashlar» o’zlarining «uch otlar»ni» to’tib olishlari kerak. Qaysi aravakash oldin to’tsa, eng yaxshi aravakash hisoblanadi.

O’yin qoidalari: 1.»Otlar» maydonda ma’lum chegaradan chetga chiqmasliklari kerak. 2. Komandani bajarmagan bola bir mino’tga o’yindan chiqariladi.

O’yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o’yin bolalarni chaqqon, epchil qiladi. Ularni kelishib harakat qilishga o’rgatadi.


Download 96.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling