Uztelecom bishkent filiali


ABONENT SHARTNOMASINI TUZISH TARTIBI VA XIZMAT KO‘RSATISH


Download 96.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana02.11.2023
Hajmi96.98 Kb.
#1739275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
UZTELECOM BISHKENT FILIALI.Elbek.

ABONENT SHARTNOMASINI TUZISH TARTIBI VA XIZMAT KO‘RSATISH 
SHARTLARI
3.1. Abonent shartnomasini tuzish uchun Abonent tanlangan telekommunikatsiya 
xizmatlari turi hamda Mobil elektron to‘lov xizmatlarining xususiyatidan kelib 
chiqib, Operatorga quyidagi bandlarda ko‘rsatilgan tartibda hujjatlarni taqdim etadi. 
Abonent o‘ziga tegishli hujjatlarni Operatorga/Dilerga taqdim etishi bilan 
Operatorga/Dilerga yoki Uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori 
ishtirokchisi)ga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Abonent 
haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan, uning shaxsiga doir maʼlumotlarni qayta 
ishlashga rozilik bildiradi va Abonent tomonidan Abonent shartnomasi imzolanishi 
uning shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘plash, qayta ishlashga ruxsat berganligini 
tasdiqlovchi 
huquqiy 
harakat 
hisoblanadi. 
3.1.1. Mobil aloqa xizmatiga ulanish uchun: 
- jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun – shaxsini tasdiqlovchi hujjat; 
- yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, 
yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa 


ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy- huquqiy tashkilot bo‘lgan 
Abonentlar uchun – davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnoma 
va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa identifikatsiya hujjatlari; 
3.1.2. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatiga 
ulanish 
uchun: 
- jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun - shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, shu 
jumladan, ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lgan 
shaxs tomonidan – ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi 
hujjat, egasi bo‘lmagan shaxs tomonidan – doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga 
olinganligini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan 
– ijara shartnomasi nusxasini taqdim etgan holda (bunda ijara shartnomasida ijara 
muddati davomida, ijaraga oluvchi tomonidan telekommunikatsiya xizmatlariga 
ulanish huquqi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim), 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 
voyaga yetmaganlar – o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining 
yozma 
roziligi 
(notarial 
tartibda 
tasdiqlangan); 
- yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, 
yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa 
ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy - huquqiy tashkilot bo‘lgan 
Abonentlar uchun – davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnoma 
va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa identifikatsiya hujjatlari, ushbu xizmat turi 
ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lsa, ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan 
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs 
tomonidan ijara shartnomasi nusxasini taqdim etgan holda (bunda ijara 
shartnomasida 
ijara 
muddati 
davomida, 
ijaraga 
oluvchi 
tomonidan 
telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish huquqi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim). 

Download 96.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling